Qudrat Hikmat
(1925 — 1968)
Iste’dodli bolalar shoiri Qudrat Hikmat qisqa va samarali ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bag‘ishladi.
Qudrat Hikmat 1925- yilda Òoshkent shahrida dehqon oilasida tug‘ildi. Bo‘lajak shoir Quddus Muhammadiy rahbarlik qilgan adabiyot to‘garagida faol ishtirok etdi. Bu to‘garak uning she’riyat sirlarini egallashida katta rol o‘ynaydi.
Q. Hikmatning ijodiy o‘sishida Oybek, Abdulla Qahhor, Uyg‘un, Mirtemir, Quddus Muhammadiylarning murabbiylik roli katta bo‘ldi.
Qudrat Hikmat bolalar uchun 1945-yildan boshlab she’r- lar yoza boshlaydi. Uning dastlabki she’rlari bolalar va yoshlar gazetalarida hamda jurnallarida bosila boshladi.
Qudrat hikmat bir qancha vaqt Chirchiq shahar gazetasida ishladi. Shu bilan birga, mehnatdan ajralmagan holda Òoshkent davlat pedagogika institutida o‘qidi. 1957—60- yillarda O‘zbekiston badiiy adabiyot nashriyotida muharrirlik qildi. 60- yildan to umrining oxirigacha „Yosh gvardiya“ nashriyotida bo‘lim boshlig‘i sifatida yosh avlodga kitoblar chop etishda fidoyilik qildi.
Qudrat Hikmatning „Mening Vatanim“ (1950), „Baxtli bolalar“ (1951—1952), „Obodlik“ (1953), „Do‘stlik“ (1954),
„Ðîäíîé Óçáåêèñòàí“ (1955) kabi qator to‘plamlari nashr etildi. Keyinchalik „Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak“ (1963), „Soatjonning soati“ (1964), „Òoshbaqalar hujumi“ (1965), „Daydi bola“, „O‘g‘lim bilan suhbat“ (1970) singari kitoblari bilan u o‘zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga samarali hissa qo‘shdi.
208
Shoir asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Òurli yoshdagi kitobxonlar Qudrat Hikmat asarlarini se- vib o‘qiydilar, ulardan estetik zavq oladilar. Shoir o‘z asarlarida bolalarni qiziqtirgan, ularning bilgisi, eshitgisi kelgan narsa va voqealarni ixcham, o‘ynoqi, vazn va qofiyalarda ishlaydi.
Qudrat Hikmat ijodining yana bir muhim tomoni shun- daki, u bolalar tilini yaxshi o‘zlashtirgan, o‘rgangan. Shuning uchun ham uning she’rlari go‘zal va yoqimli, sodda va ravon. Qudrat Hikmat o‘zining ilk she’rlaridan biri „Mening Vatanim“da mehribon ona-Vatanning ulug‘vorligini ko‘tarinki ruh bilan kuylasa, „Bog‘cha“ she’rida bolalarni shu ulkan Vatanning quchog‘iga yetaklab kiradi. Vatan degan aziz so‘zni, uning tom ma’nosini bolalarning soya-salqin, ozoda, orombaxsh bog‘chasiga ko‘chiradi. Shu yer, kichkintoylarning
yurgan-turgan joyi ulug‘
|
Vatan
|
ekanini uqtiradi:
|
O‘rtoqjon Òurg‘un, Men bilan yurgin. Bizning bog‘chani Bir borib ko‘rgin. Òurli o‘yinchoq,
|
|
Kemamiz suzar Dengizchamizda. Miltig‘imizning O‘qlari olmos. Chegaramizga
|
Arg‘imchoq bizda.
|
|
Dushman yo‘lolmas.
|
Qudrat Hikmat halol mehnatni go‘zal hayot manbayi, u bilan kishi hurmat, e’tibor orttiradi deb ifodalaydi. Shuning uchun u o‘zining kichik kitobxonlarida yoshligidanoq mehnat ko‘nikmalarini tarbiyalashni asosiy vazifa deb biladi. „Buvim- ning deganlari“ she’rida o‘z mehnati samarasidan xursand bo‘lgan kichkintoylar obrazini yaratadi. Buni shoir Sanobar obrazida gavdalantiradi. Sanobar buvisi bilan pilla qurti tutadi va bu ishidan benihoya xursand bo‘ladi. Buning uchun uning sevinchi, buvisiga bo‘lgan muhabbati cheksizdir.
Shoir bu she’rida bolalarni mehnatsevarlikka, Vatan va xalq oldidagi burchni muqaddas deb bilishga undaydi.
Qudrat Hikmat ijodida bolalarning ona-Vatanga bo‘lgan muhabbatlari „Mening Vatanim“, „Men tug‘ilgan kun“ kabi she’rlarida yaqqol ifodasini topgan. Jumladan, „Mening Vatanim“ she’rida jonajon O‘zbekistonimizning go‘zalligi, yurtimizdagi barcha xalq aka-ukaday do‘st bo‘lib, ittifoq bo‘lib hayot kechirayotganligi o‘ynoqi misralarda aks ettirilgan:
14— Bolalar adabiyoti
209
Ko‘kday bepoyon, Boyliklarga kon, Keng paxta maydon Mening Vatanim.
Òinchlik uchun kurashga bag‘ishlab shoir „Bor bo‘lsin tinchlik“, „Yo‘qolsin urush“, „Òinchlik — obodlik“, „Òin- chlik haqida qo‘shiq“ asarlarini yaratgan. Shoir „Òinchlik haqida qo‘shiq“ she’rida:
Òinchlik juda soz, Òo‘kin-sochin yoz. O‘q tovushi chiqmas,
Yangrar qo‘shiq, soz, —
kabi misralar orqali bolalarning tinchlik haqidagi tasavvurini hayotiy detallar asosida kengaytiradi. Muallif tinchlikning hayotiy zarurat ekanligini yanada chuqurroq ochish uchun urush oqibatlarini kontrast tasvirlash yo‘lidan boradi va shu orqali urushga munosabat bildiradi:
Bo‘lsa-chi urush
O‘t tushar har yon. Òinch, shirin turmush, Bo‘ladi vayron...
Bu sira bo‘lmas, Xalqlar yo‘l qo‘ymas. Òinchlik — obodlik, Hech qachon so‘nmas.
Qudrat Hikmatning „Chovkar“, „Òoshbaqalar hujumi“,
„Qum ostida qovunlar“, „Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak“, „Ko‘milgan oltin, vaysaqi xotin va tadbirkor ovchi qissasi“, „Chirchiq farzandi“ kabi doston va ertak-dostonlarini bolalar huzur qilib o‘qiydilar va katta estetik zavq oladilar. Qudrat Hikmatning „Bobodehqon hangomasi“, „Qum ostida qovunlar“, „Òoshbaqalar hujumi“ dostonlarida bola- larning kattalar mehnatiga qiziqishlari, ulardan o‘rnak olishga
intilishlari yoritiladi.
Oz va mazmunli umr ko‘rgan Qudrat Hikmat bolalarga bag‘ishlab yigirmadan ziyod kitob yozdi. U tamomila yosh
210
kitobxon ishonchini oqlab, kishilar hurmatini qozondi. Buning evaziga u munosib taqdirlanib, el nazariga tushdi.
ALISHER VA KIÒOB
Kitobga o‘ch o‘g‘ilcham Oltin topgan singari, Chiqsa yangi bir asar O‘qir mendan ilgari.
Mayli, bo‘lsin hikoya
Yoki to‘rt yo‘l quvnoq she’r. Ayvonchada muk tushib, Sharillatar Alisher.
Qosh qorayib ketguncha Qo‘ldan tushmas kitobi. Unga yoqqan she’rlarning Hozircha yo‘q hisobi.
Olimdek serharakat, Ishga puxta berilib,
Uncha-muncha yoshlardek Oshib ketmas kerilib.
Òurna qator savolga Askar kabi doim shay. Hozirjavob bo‘lmasdi, Shuncha kitob o‘qimay.
MEN VA ALI
Men va Ali Anhorgacha
Dam olgali Òushar shov-shuv. Qo‘shni bog‘ga — Mitti bulbul, Chiqdik hali. Sayrar nuqul.
Bog‘ ichida: Istagancha
Olma, jiyda, O‘yna va kul.
Nashvatilar O‘lkamiz soz,
Pishgan juda. Òo‘kindir yoz,
Ariqda — suv Uni qancha
Xuddi ko‘zgu, Sevsak ham oz!
211
ÒOYCHOQ
Bor bir toychoq, Yo‘rtib yurar, Do‘stim har choq. Kishnab turar. Peshonasi Goh gijinglab,
Qordek oppoq. Bo‘ynin burar.
Kun oralab, Birgalikda
Yuvib-tarab, O‘sar hamdam, Qashlayman shod „Chuh“ desam gar, Qoqib qarab. Misoli par,
Òoycham bardam, Òog‘-u toshdan,
Menga hamdam. Uchib o‘tar.
KEKSA KULOL VA SHOGIRD
(Afsona)
Yoshi oltmishlardan oshgan bir mo‘ysafid kulolning uyiga o‘g‘lini boshlab kelib:
Òaqsir, peshanamda shu bitta-yu bitta o‘g‘ilcham bor. Ko‘zim tirikligida biror hunarning boshini tutsin deb, sizni qora tortib keldim, — debdi.
Kulol sopol tovoqlarning chetlarini o‘sma rangiga bo‘yab turib:
Mayli, eski oshnamiz iltimos qiladilar-u biz yo‘q deymizmi, — deb iltifot ko‘rsatibdi.
Shogird kulolnikida soz tuproq qazibdi, suv tashibdi, loy qilibdi, o‘choqqa o‘t qalabdi, xullas, ustozning aytganlarini bajo keltirib yuribdi.
Ular yasagan idish-tovoqlar xaridorlarga kundan kunga manzur bo‘lib, tez sotila boshlabdi.
Oradan bir necha qish-u yoz o‘tgandan keyin shogird
„Kulolchilikning miridan sirigacha bilib oldim, endi yugurdak bo‘lib yuramanmi“, deb o‘ylabdi-da, ustozidan javob so‘rabdi.
Kulol bo‘lsa:
O‘g‘lim, hunar injiq narsa, sabr-toqat qilib, yana biror yil qarashib-netib turganing ma’qul edi, — debdi.
Shogirdning ichi pishib ketib, qo‘yarda-qo‘ymay fotihasini olibdi. Katta bozorga do‘kon ochgan kunlari xaridorlar uning
212
piyola, choynak, ko‘zachalarini talashib olib ketishibdi. Ustozi bo‘lsa:
— Mayli, oxiri xayrli bo‘lsin! — deb o‘z yumushini davom ettiraveribdi. Oradan uch-to‘rt kun o‘tar-o‘tmas shogirdning ishi yurishmay qolibdi, uning mollarini birov xarid qilmay qo‘yibdi. Chunki u yasagan lagan, tovoqlarning sirlari xiralashib, ustiga-ustak ko‘chib ketayotgan emish.
Ustozning bozori avvalgisidan ham qizib, tushlik qilishga ham qo‘li tegmay qolibdi. Oxiri shogird dastmoyasidan ajrab, ko‘p aziyatlar chekibdi. Nihoyat kulolnikiga ming pushaymon bilan qaytib kelibdi.
— Aytmovdimmi, shoshmagin, deb! Kulol uning joniga tag‘in oro kiribdi.
Oydan oy, kundan kun o‘tibdi. Sadoqatli shogirdiga kulol:
— Bolam, alahsimay, razm solib tur! — debdi-da qurigan idishlarini bir-bir „puf“lab so‘ngra sir beribdi. Shunda lagan-u tovoqlarning chiroyi juda ham ochilib, yarqirab ketibdi.
Shogird endi uning hunarini batafsil egallab olishga astoydil bel bog‘labdi.
213
Do'stlaringiz bilan baham: |