Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet26/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Ilyos Muslim


(1909 1993)

Bolalar uchun asarlar yaratishdek sermashaqqat va qutlug‘ ishga umrini bag‘ishlagan Ilyos Muslim 1909-yilning 2- avgustida Qirg‘izistonning Bishkek shahrida cho‘yan quyuv- chi — hunarmand oilasida dunyoga keladi. U 1924- yilda 1- boshlang‘ich o‘zbek maktabiga kiradi. Maktabda o‘zbekcha, qirg‘izcha va ruscha kitoblarni sevib o‘qiydi, atrofda bo‘layotgan o‘zgarishlarga sinchkovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va she’rlari maktab devoriy hamda respublika gazetalarida bosilib turadi.


1927- yilning kuzida Ilyos Muslim Òoshkentga kelib, o‘zbek erlar bilim yurtiga o‘qishga kiradi, 1930- yilda u bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagach, Qashqadaryoga yo‘llanma oladi. Yakkabog‘ tumanidagi Shaman-Qirg‘iz va Sherozi qishloqlarida o‘qituvchilik qilib, yoshlarga bilim beradi.
1931—1942- yillarda Ilyos Muslim O‘zbekiston davlat nashriyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashriyotlarida muharrir, bosh muharrir, direktor o‘rinbosari vazifalarida ishlaydi. Shoirning dastlabki she’rlari „Yer yuzi“,
„O‘zbekiston adabiyoti va san’ati“, „Yosh kuch“ kabi bir qator jurnallarda bosilib chiqadi. Shoirning birinchi she’rlar to‘plami 1932-yilda „O‘suv“ nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etiladi. Shu yili „Zaharxandalar“ degan ikkinchi to‘plami, 1934- yilda „Miqti keldi“ dostoni bosilib chiqadi. 1938- yilda esa „She’rlar“ to‘plami chop etiladi.
Shoirning „Miqti keldi“ dostoni 30-yillar o‘zbek bolalar adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Dostonda erkin, tinch va osuda hayotni bunyod etish uchun kurash Miqti va boshqa obrazlar misolida yoritiladi.
168
1947- yilda harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgach, Ilyos Muslim nashriyotga qaytib, ijodiy ishga beriladi. Uning „Òurnalar“,
„Bizning maktab“, „Sening sovg‘ang“, „Òillaqo‘ng‘iz“, „Ish- chan asalarilar“, „Oylar aytishuvi“, „Oyxon va rayhon“,
„Ko‘rik“, „Birinchi sovg‘a“ kabi kitoblari o‘zbek bolalar adabiyotining rivojiga barakali hissa bo‘lib qo‘shildi. Bu to‘plamlar yosh kitobxonlarning aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasida yetakchi rol o‘ynab kelayotir.
Ilyos Muslimning qaysi asariga nazar tashlamang, unda kichkintoylar hayotiga doir muhim muammolar tasvirlan- ganini ko‘rish mumkin. Masalan, „Maktabim“ asarida maktabdan aziz va mo‘tabar joy yo‘qligi, u „ona kabi mehribon“ bir makon ekanligi ulug‘lanadi.
Ilyos Muslim o‘z she’rlarida vatanimizning go‘zalligi, bolalarning tinch va osuda hayotini kuylar ekan, ularning porloq kelajagiga nazar tashlaydi. Shu jihatdan „Do‘stlik“ she’ri diqqatga sazovordir.
Ilyos Muslim „Sening sovg‘ang“ nomli she’rida o‘z hunari bilan onasini xursand qilgan chevar qizning lirik obrazini yaratdi. Chevar qizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri uning mehnatga mehr bilan, chin dildan berilishida ko‘rinadi.
O‘zbek bolalar adabiyotining atoqli vakili Ilyos Muslim- ning jozibali she’rlari juda ko‘p. Uning fazogirlarga bag‘ishlab yaratgan „Raketamiz uchdi oyga“, „Òo‘rt botir“, „Haykal“ va boshqa she’rlarida dovyurak fazogirlar, fazo kemalarini bunyod etayotgan kishilar, fazoga parvoz ishtiyoqidagi bolalar qalamga olinadi.
Shoirning „Eshmatvoyning qilig‘i“, „Yomon odat“,
„Befahm Eson“, „Xolcha bilan olcha“, „Mashmasha“,
„Griðpdan kim qochadi?“ singari yumoristik asarlarida ishyoqmas, dangasa, lapashang bolalarning kamchiliklari, nuqsonlari ochib tashlanadi.

ODOBLI QIZCHA


Ra’no kichkina hali, Plastilinni olib,
Ishiga hamma hayron. Yasar ba’zan uychalar. Qo‘lda jajji supurgi, Uni tabriklaganday Chinnidek hovli, ayvon. Radio sho‘x kuy chalar.

169
Buvisi va onasi Uyni tartibli tutar, Ketishsa-chi to‘ylarga, Chang qo‘nmas divanga hech. Uyni poylab o‘tirar Buni ko‘rib qo‘shnilar Chiqmay ko‘cha-ko‘ylarga. Maqtashadi erta-kech.


SENING SOVG‘ANG


Chaqnab turgan quvnoq ko‘zingni Qo‘lingdagi ishdan olmaysan, Dildan toshib chiqqan so‘zingni Aytish uchun gap topolmaysan.


Jajjigina barmoqchalaring Harakatdan to‘xtamas bir zum. Sen chizgan gul, bayroqchalaring Bayram uchun sovg‘adir, qizim!


Ishni har kun olib yoningga, Zehn qo‘yib kashta tikasan.


Endi bilsam, onajoningga Bayram kuni sovg‘a etasan.

Onang shunda ochar keng quchoq, Go‘yo ko‘kka yetgandek boshi.


Sensan unga doim ovunchoq, Sen onangning kichik yo‘ldoshi!

OYXON VA RAYHON


Har xil ko‘chatni Oyxon Yashnab tez kun ichida Jo‘yakka ekib qo‘ydi. Novdalari yozdi qad.


Jambil, sada, oshrayhon Oyxon o‘z gulzorini Barg yozsin, deb suv quydi. Parvarish etdi har vaqt.

Yangi, po‘lat ketmoncha Oyxonning sochi kabi Òushmadi hech qo‘lidan. Quyuq o‘sdi rayhonlar. Ko‘chat taglarin ancha Qulf urgan ariq kabi, Yumshatdi o‘ng-so‘lidan. Ko‘rkam supa, ayvonlar.


170
Òushlik qildik biz rosa, Shunda bizning Oyxonning Keltirildi moshxo‘rda. Quvonchdan kuldi yuzi.


Oyxon ichsa bir kosa, Chunki xushbo‘y rayhonni Òa’mi juda xushxo‘r-da! Ekkan edi-da o‘zi!

Bobolar nasihatin Eslab sevinchga botdi. Halol mehnat rohatin


Oyxon ham shu kun totdi.

MUSICHALAR KELISHDI


Dam olishib qaytishdi Bir-ikki kun sabr qil, Xolmat akalar uyga. Kelib qolar qushlaring. Lekin uyda bir narsa Maydonchaga tush, o‘yna, Yo‘qdek ko‘rinib unga... Kutishar teng-tushlaring!


Xuddi shu payt bu „sir“ni Chindan ham bir kun tongda O‘g‘li fosh etib qo‘ydi: O‘chdi Xolmat uyqusi.



  • Dadajon, musichamiz Ayvonidan yangradi Ketib qopti! — deb qo‘ydi. Musichalar „ku-ku“si.




  • O‘g‘lim, sira achinma, Sevinib ko‘zlarini Kelishar musichalar, Katta ochdi Xolmatjon. Òongda ayvonga qo‘nib, Qadrdon qushlarini

„Ku-ku“lashib, kuy chalar. Ayvonda ko‘rdi shu on.

Axir ular ham yozda Musichalar cho‘chishmay, Bizlardek terlab-pishgan. Sevinib „ku-ku“lashdi.


Salqin o‘rmon, bog‘larga Xolmat quvonchga to‘lib, Dam olgani ketishgan. Non-uvoqlar ulashdi.

ÒILLAQO‘NG‘IZ


Bahor kelgan chog‘larda, Ochiladi gul-lola.


Mol o‘tlab o‘tloqlarda, Ko‘k kimxob kiyar dala.

Òom boshida qizg‘aldoq, Yig‘amiz dasta-dasta.


171
U qið-qizil, ichi dog‘, Òikilamiz havasda.

Lolalarning ustida Yaltirar tillaqo‘ng‘iz... Chiroylidir u juda, Òutib olay, deyman tez.


Olaman darrov ushlab, Qo‘ldan chiqmoqchi bo‘lar. U ko‘nmay tiðirchilar.


Uchmoq istab vizillar.

Qarab qoldim uchirib, G‘ing‘illab ketdi qo‘ng‘iz. Orqasidan yugurib,


Chapak chaldik quvnab biz.

172


Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish