Oybek (1905 — 1968)
O‘zbek adabiyotida o‘ziga xos mahorat maktabi yaratgan ustoz san’atkor Oybek ijodi ko‘p qirralidir. U qator romanlari, qissalari, doston va she’rlari bilan kattalar yozuvchisi sifatida shuhrat qozondi. Ammo san’atkorning bolalarga atab yozilgan badiiy asarlari ham oz emas. O‘zbek bolalar adabiyotining oltin fondiga qo‘shilgan „Shaharcha bolalari“ va „Shoirning bolaligi“, „Ko‘chadan ketarkan“,
„Bolalikni eslab“, „Esimda qolganlaridan“, „Xotiradan izlar“,
„Yoshlik xotiralaridan“ she’rlari, „Bobom“, „Zafar va Zah- ro“, „Haqgo‘ylar“ dostonlari, „Qonli barmoqlar“, „Miskin bolalar“ hikoyalari, „Bolalik“, „Alisherning bolaligi“ qissalari ayni paytda sevimli yozuvchimiz Oybek ijodining gultojlaridir.
„Shoirning bolaligi“ she’ri — tarjimayi holga oid asar. Unda Musavoyning o‘qish va yozishga bo‘lgan ishtiyoqi tasviriga e’tibor berilgan. O‘qishga, maktabga oshiqishi:
Yuragim sevinishi Òoshardi har daqiqa, —
kabi misralarda aks ettiriladi. „Shoirning bolaligi“ni o‘qigan bugungi kitobxon ona-diyorimizni yanada qattiqroq sevadi, unga mehr-muhabbati oshadi.
Shoirning ijodida bolalar tarbiyasi, axloq-odobi masalalariga bag‘ishlangan asarlar ham anchagina. Masalan, „Bolalikni eslab“ she’rida bir vaqtlar sho‘xlik qilgan, ota-onaning pand- nasihatlariga amal qilmagan, qushlarga ozor bergan bola obrazini yaratish orqali shoir bolalarni tartib-intizomga chaqi- radi. Qushlarga ozor bermaslik, aksincha, ularning yashashlari uchun shart-sharoit yaratish, uyalar yasab berish suv bilan havodek zarur ekanligi uqtiriladi.
122
She’rda tasvirlanishicha, qushlarga nisbatan „zolim, qalbi tosh“ bolalar tarbiya natijasida o‘sib-o‘zgarib, qushlarga mehribon bo‘lib qoladilar.
Shoirning „Bobom“ dostoni bolalar uchun katta sovg‘a bo‘ldi. Bir yuz besh yoshli boboning o‘tmishda kechirgan kunlari hamda bugungi hayot tasviri dostonga asos qilib olingan.
Bobo O‘zbekistonni samimiy sevadi, ardoqlaydi. Shunday tinchlik, baxtli, to‘kin-sochin hayotda yana yuz yil yashashni orzu qiladi. U o‘z nevara-chevaralariga nasihat qilib, ularni yaxshi o‘qishga, ona-yurtimizni astoydil sevishga chaqiradi.
„Zafar va Zahro“ asari bilan Oybek 50-yillar o‘zbek bolalar dostonchiligi rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Doston shoirning Pokistonga qilgan sayohati taassurotlari asosida maydonga kelgan. Zafar ham, Zahro ham, ularning ota- onalari ham och-yupun, bir parcha nonga muhtoj. Lekin bolalar har qancha qiynalib yashamasinlar, baribir tush- kunlikka tushmaydilar, yaxshi hayot, to‘kin-sochin turmush to‘g‘risida xayol suradilar. Har ikkala qahramon ham mehnatkash, oqko‘ngil, odamlarga, bir-birlariga mehribon. Bundan tashqari, har ikkala qahramonning taqdiri ham bir- birlariga o‘xshash: ayanchli va musibatli.
Orzu-umid va bunga erishish uchun kurashish — yaxshi narsa. Dostonda bu masala yaxshi yoritilgan. Masalan, Zahroning otasi kambag‘al-qashshoq, ammo u ilg‘or fikrli inson. Erk, ozodlik uchun intiluvchi va bu yo‘lda qattiq kurash olib borishga bel bog‘lagan odam.
Asarning sujet yo‘nalishida, kompozitsion qurilishida, badiiy-tasviriy vositalarning ishlatilishida shu holat yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Oybek buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning bolalik yillaridan hikoya qiluvchi „Alisherning bolaligi“ (1967) qissasida Hirotdagi tarixiy voqealar, shahzodalarning Shohruh vafotidan keyingi o‘zaro taxt uchun kurashlari va Alisherning shu davrdagi bolalik yillari haqida hikoya qiladi. Qissada Alisher obrazining takomili o‘sha vaqtdagi tashqi muhit voqealari va ziddiyatlari bilan uzviy aloqada tasvirlanadi.
Oybek Alisherning ilm va adabiyotga bo‘lgan muhabbatini, Qur’onning mag‘zini chaqishga kirishgani, fors, arab tillarini o‘rganishi, turkiy (ona tili) baytlarni va g‘azallarni mahorat
123
bilan o‘qishi, yod bilgan g‘azallari kundan kun ko‘payib borishi, maqollar, masallar, ertaklarni sevib mutolaa qilishi voqealariga katta o‘rin beradi.
Alisherning haqiqiy inson bo‘lib ulg‘ayishida G‘iyosiddin Kichkina, Gulbadanbegim, xizmatkor bobo, tog‘asi Mirsaid- ning ma’naviy ta’siri juda katta bo‘lgan. Oybek Alisherning Òurkiston sahrolarini, buyuk tog‘larini, xalq urf-odatlari, an’analarini, qo‘shiq va kuylarini, doston va ertaklarini,
„go‘zal, shirin va rangli“ tillarini qattiq sevishi va ardoqlashini qissada ishonchli qilib tasvirlay olgan.
Badiiy tildagi va portret yaratishdagi adib mahorati qissa- ning xalqchillik ruhini, gumanistik pafosini ta’minlagan.
Yozuvchining „Bolalik“ qissasi tarjimayi holiga aloqa- dor bo‘lib, uning markazida Musavoyning sarguzashtlari yotadi. Asarda Musavoyning yetti yoshgacha bo‘lgan davr- dagi xarakterining shakllanishi qiziqarli voqealar asosida yoritiladi.
Oybek Musavoyning o‘qish-izlanishlariga chuqur muhab- bat bilan munosabatda bo‘ladi. Uning o‘qishda tirishqoqligini, zehnining o‘tkirligini, qunt bilan mutolaa qilishini, arabcha so‘z va iboralarni qoidasini keltirib, yoqimli ohangda talaffuz eta bilishini mahorat bilan chizadi.
Xulosa qilib aytganda, akademik shoir Oybek o‘zbek bolalar adabiyotining shakllanishi va yuksalishiga yuqoridagi kabi asarlari bilan katta hissa qo‘shdi.
ALISHERNING BOLALIGI
Do'stlaringiz bilan baham: |