Hamza Hakimzoda Niyoziy
(1889—1929)
Butun hayoti va ijodiy faoliyatini muallimlikka, bolalar uchun darsliklar va badiiy asarlar yozishga bag‘ishlagan Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889- yilda Qo‘qon shahrida tabib oilasida tavallud topdi.
Hamzaning muallimlik faoliyati 1911- yildan boshlangan. U dastlab Qo‘qon shahrining Hojibek guzarida kambag‘al va yetim-esir bolalar uchun maktab ochdi. Mehnatkash xalq bolalarini o‘qitish va tarbiyalash, ularga moddiy jihatdan ko‘maklashish maqsadida shu yillarda „Yordam“ jamiyati ham tashkil qildi. Ana shu jamiyat orqali u bolalarni o‘quv qurollari, kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan ta’minlab turdi. Hamza o‘zi tashkil qilgan maktabda kattalar uchun kechki kurs ochadi.
Bu davrda u birinchi sinf o‘quvchilari uchun „Yengil adabiyot“, 2-sinf uchun „Axloq hikoyatlari“ o‘qish kitoblarini tuzadi.
Hamza 1915- yili Marg‘ilonga borib, kambag‘al bolalar uchun bepul maktab ochadi. 1918- yilda esa Farg‘onada o‘qi- tuvchilikni davom ettiradi va u yerdagi yosh san’at ixlosmand- larini to‘plab, „Sayyor dram truppa“ tashkil qiladi. 1919- yilning boshlarida Hamza Qo‘qondagi 1-sonli boqimsiz bolalar uyiga mudir qilib tayinlanadi. Bu yerda u uch sinfli maktab ochib, o‘zi o‘qituvchilik qiladi. 1922—1924-yillarda shoir Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi 1-bolalar uyi mudiri va o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi. 1925-yilda esa u Farg‘onaning Avval qishlog‘idagi maktabga o‘qituvchi qilib tayinlanadi va juda og‘ir sharoitda ishlaydi. Ayni vaqtda, u xalqni yangi zamon qurishga chaqiruvchi asarlar yozib, badiiy ijodini davom ettiradi.
91
Shoir 1928—1929-yillarda Shohimardonda o‘qituvchilik qiladi. Uning tarbiyachilik faoliyatini badiiy asarlari yanada to‘ldiradi. Jumladan, tarbiyaviy mavzuda yaratgan „Ilm ista“,
„Maktab“, „Kitob“, „O‘qi“, „Qalam“, „Òo‘g‘riso‘z bola“, „Hikoyat“,
„Òoshbaqa bilan Chayon“, „Bolaning yomon bo‘lmog‘iga sabab bo‘lgan onaning jazosi“ kabi she’rlari ibratlidir. Bu asarlarning ko‘pchiligi 1914- yilgacha yozilgan.
Hamzaning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari „Yengil ada- biyot“ kitobida keng ifodalangan. Bu kitobdan o‘rin olgan
„Maktab xususinda“ asari alohida ajralib turadi. She’rda maktab millatning quyoshiga, guli va bog‘iga o‘xshatiladi:
Maktab millat quyoshi, Maktab millat saroyi,
Balki ko‘z ila qoshi. Ilm-u adabning joyi. Ko‘zsiz, qoshsiz kishining Dunyoda eng saodat Qanday xunukdir boshi. Axtarganlarning joyi.
„Yengil adabiyot“ga jamlangan she’rlardagi bosh qahra- monlarning asosiy xususiyatlaridan biri — to‘g‘riso‘zlilik. Shoir bolalarni rostgo‘y bo‘lishga, zararli va keraksiz narsa o‘rniga foydali ishlar bilan shug‘ullanishga, kishilarning yaxshi sifat- laridan ibrat olishga chaqiradi.
Bolalarni ilmli, odobli hamda hunarli qilishda kitobning ahamiyati nihoyatda katta ekanligini Hamza „Kitob“ she’rida sodda, obrazli, mazmundor misralarda tasvirlab beradi. U kitobni bilim manbayi, „ko‘zning nuri, dil huzuri, dillarning darmoni!..“, „Har balodan asraguvchi eng muhim qimmat yarog‘“ sifatida ta’riflaydi. Har bir kishi ko‘nglidagi orzusiga yetishishi uchun „Ilm manbayi bo‘lgan kitob“ni sevishi, ardoqlashi lozimligini ta’kidlaydi.
Hamza „Ilm ista“ she’rida yoshlarga murojaat qilib, kishining ko‘zlagan murod-maqsadlariga erishishida ilm olish- ning ahamiyati katta ekanligini uqtiradi, yoshlarni bilim olish- ga, dunyo sirlarini o‘rganishga da’vat qiladi. U ilmli va ilmsiz kishini qiyoslab, ilmli kishini porloq oftobga, ilmsizni esa qorong‘i kechaga o‘xshatadi.
„Òoshbaqa bilan Chayon“ masalining sujeti xalq og‘zaki ijodida juda mashhur. Gulxaniy bu masalni nasrda yozgan bo‘lsa, Hamza unga qayta sayqal berib, nazmda bayon etgan. Masalda do‘stlik ulug‘lanadi, firibgarlik, tilyog‘lamalik qattiq qoralanadi. Òoshbaqa orqali rahmdil, chin do‘st obrazini
92
yaratadi. Chayon obrazida esa yaxshilikka yomonlik qaytaruvchi, munofiq, o‘z so‘zida turmaydigan kishilar fosh etiladi.
Shoir bolalarni do‘st tanlashda adashmaslikka, yomon niyatli kishilar bilan hamroh bo‘lmaslikka chaqiradi, kimki yaxshilikka yomonlik qaytarsa, uning boshiga ham albatta kulfat tushishini uqtiradi.
Hamza 1925- yilda „Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi“ darsli- gini yozdi. Bu kitob mavzusi jihatidan Alisher Navoiyning
„Hayrat ul-abror“ asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga moslab, nasriy yo‘l bilan yozilgan.
Shoir „Milliy ashulalar“, „Oq gul“, „Qizil gul“, „Yashil gul“ va boshqa to‘plamlaridagi qo‘shiqlari orqali xalq ommasini madaniyatli bo‘lishga, ijtimoiy faolikka chaqiradi.
Ma’rifatparvar shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakim- zoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o‘qitish, tarbiyalash, ma’naviyatini yuksaltirishdek ezgu ishga butun iqtidorini, umrini bag‘ishladi.
O‘QI
Ko‘zimizga ko‘runub turgan hama asboblar,
Hech biri bo‘lmas edi, gar bo‘lmasa, zinhor o‘quv. Yer ichida ko‘mulub yotgan hama oltin, kumush Yuzaga chiqdi bori, bois anga axbor1, o‘quv...
Gar dilingda o‘ylagan orzuga yetmoq istasang, Qimmat umring qilmog‘il behudaga bekor, o‘qi! Qo‘y o‘yin, sayr-u tamoshoni, g‘animat yoshliging, Shum fe’llardan o‘zingni aylagil bezor, o‘qi!
Ey o‘g‘il, dunyoda bo‘lmoq istasang oliyjanob, O‘qig‘il maktab kelib, zinhor o‘qi, ming bor o‘qi!
ILM ISÒA
Kim bilurdi odam-u olam nadur, hayvon nechik? Bo‘lmasa erdi agar insonda bu osori ilm.
Qaysi mavjuda boqsang bilmoqqa kayfiyatin, Lozim o‘lgay topmoqqa avval o‘qib axbor ilm...
Olamning xurshidi2 kundir, odamning xurshidi ilm. Olamning zulmati tundir, odamning nodori ilm3.
1 Axbor — ma’lumot, bilim.
2 Xurshid — oftob.
3 Nodori ilm — ilmsiz.
93
Har murod-u maqsadingga yetmoq istarsan murod, Ko‘z ochib bedor bo‘l, darkor ilm, darkor ilm! Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan, Nihon,
Ilm ista, ilm ista, istag‘il zinhor ilm!
KIÒOB
Har ko‘ngilning orzusi shul erur obi hayot, Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob... Har murodning boshidur, har muddaoning gavhari, Har marazlarning shifosi, ya’ni luqmondir1 kitob.
Ko‘zning nuri, dil huzuri, dillarning darmonidir, Har qorong‘u dilga go‘yo mohitobondir2 kitob.
Har balodan asrag‘uvchi eng muhim qimmat yarog‘, Òiri vahshat3 xanjari zillatga4 qalqondir kitob.
Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g‘ayrat agar, Òez zamonda oshno bo‘lmog‘i osondir kitob.
ÒO‘G‘RISO‘Z BOLA
Kelmog‘ida maktabidan bir o‘g‘il, Òo‘xta debon ikki kishi to‘sdi yo‘l. Biri dedi: „Òanga berurman sanga So‘zla bir og‘izgina yolg‘on manga“. Berdi o‘g‘il fikr ila shirin javob:
„So‘zlang, ako, qomatingizga qarab. Bu so‘zingiz aslida yolg‘on erur.
Òangaga yolg‘onni kim olgan erur. Sizda ko‘p erkan o‘zi yolg‘on, ako, Siz oni avval sotib aylang ado.
Qolsa kamib, yetmay agar sizdanam, O‘rtog‘ingizda ko‘p erur bizdanam“. Ofarin aytdilar oning so‘ziga
Òangani xolis berubon o‘ziga.
Hissa: kimi to‘g‘ri so‘zli har qachon, Òekuzadur doimiy bo‘yla hison5.
1 Luqmon — bemorni davolovchi.
2 Mohitobon — yorqin oy.
3 Tiri vahshat — vahshiylik o‘qi.
4 Zillat — xo‘rlik.
5 Hison — ehson, foyda.
94
HIKOYA
Bir kishining bor edi to‘rt bolasi, Yotgan edi uyga kelib xolasi.
Òursa xola erta bilan o‘rnidan,
Bir so‘mi yo‘q bo‘lmish uning qo‘ynidan.
So‘rdi, chaqirdi bolalardan ani
„Ko‘p xafa qilmang, beringiz, deb, meni“.
Har biri ham: „Olganimiz yo‘q“ dedi, Ichdi qasam: „Ko‘rganimiz yo‘q“ dedi.
Bildi ota foydasizdir qiynamoq, Lozim ani olmoq uchun aldamoq.
Barchasini qo‘ydi qamab bir uya, Oldiga har qaysini qozon kuya.
Dedi: „Kimi rost esa, gar so‘zi, Qora bo‘lur o‘zicha ikki yuzi.
Kimning agar yolg‘on erursa so‘zi, Bor-yo‘g‘i qora bo‘lur o‘ng yuzi“.
Kattasi olgan edi ul aqchani, Bilmadi ul o‘zi uchun hiylani.
Dedi: „Qora bo‘lsa o‘zi o‘ng yuzim, Qora qilay chap yuzimni o‘z-o‘zim“.
Qildi qora chap yuzini vahm etib, Ikki ko‘zin turdi eshikka tikib,
Boshqalari olmagani to‘g‘ridin, Òek turishib kutdi ani o‘tridin.
Chiqdi olib barchasini otasi, Boqdiki, chap yuz qoradir kattasi.
Ko‘rdi u ham boshqalarning oq yuzi, Bo‘ldi xijolat, chiqib egri so‘zi.
Berdi ul dam xolasining so‘mini, Òashladi so‘ng shuyla fe’li shumini.
Hissa: kimi buyla xiyonat qilur,
Bir kun o‘zini shuyla xijolat qilur.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |