Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet11/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

Muhammad Sharif Gulxaniy


Gulxaniy XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshla- rida yashab ijod etgan mumtoz shoirlarimizdan biridir. Uning asl ism-sharifi Muhammad Sharif bo‘lib, Gul- xaniy adabiy taxallusi. Òaxminlarga ko‘ra, u XVIII asrning 70-yillarida hozirgi Xo‘jand viloyatining Darvoza qish- log‘ida tug‘ilgan.


Bo‘lajak shoirning bolaligi o‘zi olamga kelgan tog‘ qishlog‘ida o‘tadi. Bu yerda o‘qib, savod chiqaradi, adabiyotga havas qo‘yadi. Ko‘plab asarlar o‘qiydi, xalq og‘zaki ijodini berilib o‘rganadi va asta-sekin she’riy mashqlar qila boshlaydi. U ilmini oshirish maqsadida avval Namangan, so‘ngra Farg‘onaga keladi, qiziqchiligi, hozirjavobligi va hajviy she’rlari bilan kishilar o‘rtasida taniladi. Ayniqsa, g‘ariblik turkumidagi ruboiy va to‘rtliklari bilan el og‘ziga tushadi. Shoir keyinchalik Qo‘qonga keladi. U o‘zbekcha she’rlariga Gulxaniy, fors-tojikcha she’rlariga Jur’at deb taxallus qo‘yadi.
Gulxaniy bir necha yil Qo‘qon xoni Olimxon saroyida navkarlik qilgan, janglarda qahramonlik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ammo ochlik, yupunlik, muhtojlik uning hamrohi bo‘lib qolaveradi.
Gulxaniyning „Ber menga“ radifli she’ri ana shu davrda yozilgan.
Olimxondan keyin Qo‘qon taxtiga chiqqan Umarxon hukmronligi davrida ham Gulxaniy turmushida hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi.
Gulxaniy XIX asrning birinchi yarmida vafot etadi. Uning eng yirik asari „Zarbulmasal“dir. Bu o‘tkir hajviy asarda Gulxaniy xalqning mazmundor maqollari, hikmatli so‘zlari
86
va iboralaridan mohirlik bilan foydalanadi. U feodal hukm- dorlar va ularning laganbardorlarini, saroy ahlining yaramas kirdikorlarini majoz yo‘li bilan hajv tig‘i ostiga oladi. Shoir mehnatkash xalqning og‘ir, mashaqqatli hayotini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi, saroy bazmlari, keti uzilmas mayparastliklar fuqaroni talash hisobiga bo‘lishini payqadi. Natijada unda saroy zodagonlariga nisbatan nafrat hissi tobora oshib bordi. Ammo shoir, sharoitga ko‘ra, hukmron doiralardan noroziligi va nafratini ochiq-oydin ifodalay olmas edi. Shuning uchun u majoziy shakldagi „Zarbulmasal“ asarini yozishga kirishdi. Asarda shoirning maqsadi, hayotga, uni o‘rab olgan muhitga, hokim tabaqalarga bo‘lgan munosabati to‘g‘ridan to‘g‘ri ifoda etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga o‘xshash majoziy obrazlarning tasviri orqali beriladi. Shoir shu tarzda o‘zi yashagan zamonga, voqea-hodisalarga munosabatini, qarash- larini dadil aks ettiradi.
Muallif o‘z masallaridagi majoziy obrazlar orqali hukmron sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, qashshoqlik keltirgan o‘zaro feodal urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi.
Gulxaniy o‘z asarida majoziy yo‘sinda Yapaloqqush va Boyo‘g‘lining bir-biriga quda bo‘lishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda to‘y bahonasi bilan mamlakatni xonavayron qiladi. Yozuvchi Ko‘rqush, Hudhud, Kulankirsulton, Malik Shohim va Kordonlarning bir-birlariga aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning g‘oyaviy mazmunini ochadi.
Yapaloqqush va Boyo‘g‘lilar yuqori tabaqa vakillari. Ular- ning xatti-harakatlari, o‘y-fikrlari, yurish-turishlari shumlik, yomonlikdan iborat. Adolatsiz urushlar orqali o‘nlab sha- har va qishloqlarning vayron bo‘lishi ular uchun bay- ramdir.
Gulxaniy „Maymun bilan Najjor“ masalida hunarni va hunar ahlini ulug‘laydi, qo‘lidan kelmaydigan ishga uri- nib, kulgi bo‘ladigan ayrim noshud kimsalarni tanqid qiladi.
Mehnatkash xalqning og‘ir hayoti va mehnati, huquqsiz- ligi va nochorligi „Òuya bilan bo‘taloq“ masalida ta’sirli vositalarda ochib beriladi.
Gulxaniyning tasvirlashicha, tuya hayotda ezilgan, tutqun, erk-ixtiyorsiz, og‘ir mehnatga mahkum etilgan mehnatkash-
87
larning majoziy obrazidir. Bo‘taloq esa, og‘ir, mashaqqatli hayot kechirgan, och-yalang‘ochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkashlarning timsolidir.
Gulxaniyning „Òoshbaqa bilan chayon“ masalida tasvir- langan Òoshbaqa — aqlli, farosatli, sodiq va qadrdon do‘st timsoli bo‘lsa, Chayon butun umri bo‘yi birovlarga ziyon- zahmat yetkazishni kasb qilib olgan, yaxshilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy obrazidir.

MAYMUN BILAN NAJJOR


Bor edi Kashmir novahida tog‘, Bog‘i Eram rashkidan ko‘ksida dog‘. Anda imoratg‘a yarog‘lig‘ yag‘och,
Eni — quloch, bo‘yi — o‘n ikki quloch. Bor edi ko‘p ne’mati alvonlari,
Xurram-u ma’mur edi hayvonlari. Zulf kabi sunbul xushbo‘ylari, Rohatijon edi oqar suvlari.
Uydan ulug‘roq edi bir gulbune, Anda vatan tutmish edi maymune. Jon sotib o‘zni uyin etardi tan, O‘qur edi qissai „Hubbul vatan“. Yer edi ko‘ngli tilagan mevasin, Boshlar edi odamiylik shevasin.
Bir kuni najjori xiradmandi fard, Ko‘ngli yog‘och yo‘qligidin qildi dard. Eliga nav kisalarin mistardi,
Rasm edi najjor yag‘och istari. Bordi o‘shal tog‘ga — mavquf edi, Ezgu yag‘ochlar anga ma’ruf edi. Shahrni zindonidin ozod o‘lub, Òog‘ni Shirinig‘a Farhod o‘lub.
Sonur edi o‘zini tog‘ Xisravi, Òog‘ni o‘qub Dehlaviyi ma’naviy. Borib anga kesti yog‘och keshasin, Qo‘ydi o‘shal yerda unutub teshasin.
O‘zga tog‘ga borib yana kesti yag‘och, Bolta birla bir uchini yordi ul,
Pona qo‘yub tesha sori bordi ul.
88
Òushti banogoh anga maymun ko‘zi, Oqil-u dono sonub ul dam o‘zi Aydi: „Ulus ichra bu bir kasbdur, Kasbni boshini kessang nasbdur.
Kisayi purzar emish elga hunar, Behunar elni dedilar: „Go‘shi xar“. Men dahi najjorlikni o‘rganay, Bolalorim barchasiga o‘rgatay“.
Jahd qilib turdi ravon borg‘oli, Ya’ni yog‘och qolmishlarin yorg‘oli. Mindi yag‘och ustig‘a najjordek, Kosibi purgundan purkordek.
Ketti hunar shavqi bila g‘ussasi, Òushti yag‘och ayrisig‘a dumchasi. Bil, keynidin bo‘ldi tutulmoqlig‘i, Mumkin emas o‘ldi qutulmoqlig‘i. Odamini jinsida yo‘q qissasi,
Qoldi aning dumchasining hissasi.

Nasriy bayoni:


Kashmir atrofida bir tog‘ bor edi. Uning go‘zalligiga Eram bog‘i rashk qilardi. U tog‘da bo‘yi o‘n ikki va eni bir qulochlik imoratbop yog‘ochlar va xilma-xil noz-ne’matlar bor edi. U yerning hayvonlari ham dorilamon yashardilar. U yerning xushbo‘y sunbullari go‘zallar zulfidek, oqar suvlari ham jonning rohati edi.
Òog‘da uydan kattaroq g‘ovlab ketgan bir gul tupi bo‘lib, u yerda bir maymun yashardi. Jon kuydirib, o‘z uy-joyi payidan bo‘lar va tinmay „Sevikli vatan“ qo‘shig‘ini aytardi. U ko‘ngli tilagan mevalarni yer va odamlar qiladigan ishlar payidan bo‘lardi.
Bir kuni fahm-farosatda yagona duradgor yog‘och yo‘qli- gidan ko‘ngli g‘ash tortib, qo‘liga naqsh chizadigan yangi chizg‘ichini oldi. Yog‘och izlab topish uning odati edi. Duradgor o‘ziga ilgaridan tanish bo‘lgan, ammo kesishi keyinroqqa mo‘ljallangan yaxshi daraxtlari bo‘lgan o‘sha tog‘ga bordi. U shahar zindonidan qutulib, tog‘ Shiriniga Farhod bo‘lib, o‘zini tog‘ shohi, tog‘ni esa ustoz Dehlaviy hisoblab
89
jo‘nadi. Yetib borib, yog‘och ildizini kesdi va o‘sha yerda o‘z teshasini unutib qoldirdi. Boshqa tog‘ga borib yana yog‘och kesdi va uni yorish gali kelganida, bolta bilan bir uchini yorib pona qo‘ydi-da, teshani olib kelgani ketdi.
Òo‘satdan bunga maymunning ko‘zi tushib qoldi. U o‘zini aqlli va dono hisoblab: „Xalq orasida bu ham bir kasb. Kasbdan voz kechsang, haqorat eshitasan. Hunar — elning tilla to‘la cho‘ntagi emish. Hunarsiz kishilarni „Eshakning qulog‘i“ deydilar. Men ham duradgorlikni o‘rganay va barcha bolalarimga ham o‘rgataman“, dedi.
U g‘ayrat bilan o‘rnidan turdi va yog‘ochning qolganini yorish uchun yoriq yog‘och boshiga yetdi. U duradgordek yog‘ochning ustiga mindi. Uning vajohati ko‘p ish ko‘rgan ustaga o‘xshardi. Hunar ishtiyoqi bilan ko‘ngli yozilib, yog‘och yorig‘iga dumi tushib qolganini sezmadi. Ponani tortgani bilan, o‘z quyrug‘idan tutilgani uchun aslo qutila olmadi. Odamzod orasida bunaqa hodisa bo‘lmagan edi: maymunning bir parcha dumi yog‘och ayrisida uzilib qoldi.

90



Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish