Mamasoli jumaboyev



Download 5,23 Mb.
bet7/60
Sana02.02.2022
Hajmi5,23 Mb.
#425176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Bog'liq
Mamasoli Jumaboyev. Bolalar adabiyoti

(O‘zbek xalq ertagi)
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir kampir bilan chol bor ekan. Ular ovchilik bilan tirikchilik o‘tkazar ekanlar.
Bir kuni chol tuzoq qo‘yib o‘tirgan ekan, tuzoqqa bir katta laylak ilinibdi. Yugurib borib uni tuzoqdan chiqargan ekan, laylak odamga o‘xshab so‘z boshlabdi:

  • Ey chol, men laylaklarning boshlig‘iman. Meni qo‘yib yubor. Nima tilasang shuni beraman, mening makonim ana u ro‘paradagi tog‘ning orqasida, „Laylakvoyning uyi qayda?“ deb so‘rasang, hamma aytib beradi.

Chol laylakni qo‘yib yuboribdi, ertasiga ertalab turib, Laylakvoyning sovg‘asini olib kelmoq uchun yo‘lga tushibdi. Oz yurib, ko‘p yurib, bir joyga boribdi, bir to‘da qo‘y boqib yurgan cho‘ponga duch kelib, undan:

  • Bu qo‘ylar kimniki? — deb so‘rabdi. Cho‘pon:

  • Laylakvoyniki, — debdi va cholni yo‘lga solib yuboribdi.

67
Cho‘pon bir joyga borib, yilqi boqib yurgan yilqichidan so‘rabdi:

    • Bu yilqilar kimniki?

    • Laylakvoyniki. Chol:

    • Laylakvoy menga sovg‘a va’da qilib edi, nima so‘ray?

  • degan ekan, yilqichi:

Laylakvoyning bir xumchasi bor. „Qayna, xumcha!“ desa, tilla qaynab chiqadi, shu xumchani so‘rang, — debdi.
Chol yetti kecha-yu yetti kunduz deganda Laylakvoyning uyiga yetibdi. Eshikdan kirib:

    • Assalomu alaykum! — debdi. Shunda Laylak:

    • Naq saloming bo‘lmasa, ikki yamlab bir yutardim. Sovg‘aga kelgandirsan. Qani, nima so‘raysan? So‘ra! — debdi.

    • Men sizdan „Qaynarxumcha“ni so‘rayman, — debdi chol. Laylakvoy bir fursat xayol surib turib, keyin cholga bir tovoq tilla bermoqchi bo‘lgan ekan, chol bunga ko‘nmabdi. Axiri „Qaynarxumcha“ni beribdi. Chol „Qaynarxumcha“ni olib jo‘nabdi. Yurib-yurib qishloqqa yetibdi. Dam olgani o‘sha qishloqdagi bir oshnasinikiga kiribdi-da, unga:

    • Mana bu xumchaga qarab turing, men biroz dam olay, lekin „Qayna, xumcha!“ demang, — deb tayinlab, o‘zi uyquga ketibdi.

Oshnasi „Qayna, xumcha!“ deb qichqirgan ekan, xum- chadan tilla qaynab chiqaveribdi. Uy egasi shoshib-pishib, tillalarni yig‘ib olib, xumchani berkitib qo‘yibdi. „Qaynar- xumcha“ o‘rniga boshqa bir xumchani olib kelib qo‘yibdi. Chol o‘rnidan turib, xumchani ko‘tarib jo‘nabdi. Yetti kecha-yu yetti kunduz deganda uyiga kelibdi.
Chol kampirga qarab:

    • Qani, kampir, dasturxon yoz, hozir tillaga boy bo‘la- miz, — debdi.

Kampir dasturxon yozibdi. Chol dasturxon o‘rtasiga xumchani qo‘yib, bor kuchi bilan „Qayna, xumcha!“ deb baqiribdi. Xumchadan tilla qaynab chiqmabdi. Chol yana baqiribdi, tilla yana qaynamabdi. Cholning jahli chiqib: „Ha la’nati Laylakvoy, meni aldab, boshqa xumcha beribdi, yana boshqa sovg‘a so‘rayman“, debdi.
Chol erta bilan yo‘lga chiqibdi. Yilqichilar oldiga borib:

68


  • Laylakvoy meni aldadi, endi nima so‘ray? — debdi.

Yilqichi o‘ylab turib:

  • „Ochildasturxon“ni so‘rang, uni yozib „Ochil, dastur- xon!“ desangiz, har xil noz-ne’matlar tayyor bo‘ladi, — debdi.

Chol Laylakvoyning eshigidan kirib:

  • Assalomu alaykum, Laylakvoy, — debdi. Laylak:

  • Naq saloming bo‘lmasa, ikki yamlab bir yutardim. O‘tgan gal senga „Qaynarxumcha“ni berib edim, shu yetmadimi? — debdi. Chol hamma voqeani aytib:

  • Meni aldabsan, „Qaynarxumcha“ning o‘rniga boshqa xumcha beribsan, endi sendan „Ochildasturxon“ni so‘ragani keldim, — debdi.

Laylakvoy o‘ylab qolibdi. Oxiri „Ochildasturxon“ni cholga sovg‘a qilibdi.
Chol yo‘lga tushibdi, oz yurib, ko‘p yurib, o‘tgan gal dam olgan qishloqdagi og‘aynisinikiga qo‘nibdi. So‘ngra unga:

  • Mana shu dasturxonni saqlab qo‘ying, men biroz dam olay, lekin „Ochil, dasturxon!“ demang, — deb tayinlabdi. Chol uyquga ketibdi. Uy egasi: „Ochil, dasturxon!“ deb qichqirgan ekan, dasturxonda yetmish xil ovqat tayyor bo‘libdi. Uy egasi hamma ovqatni yig‘ib olib, dasturxonni almashtirib qo‘yibdi.

Chol uyqudan turib, dasturxonni ko‘targanicha yo‘lga tushibdi va uyiga kelib:

  • Kampir, qanaqa ovqat desang ham hozir tayyor bo‘ladi, — deb dasturxonni o‘rtaga qo‘yibdi-da, „Ochil, dasturxon!“ degan ekan, hech qanaqa ovqat chiqmabdi. Chol g‘azablanib, „Laylakvoy qurg‘ur meni yana aldagan ekan, endi borib boshqa sovg‘a so‘ray“, debdi.

Ertasi saharlab chol yo‘lga chiqibdi. Yilqichining oldiga borib:

  • Birodar, endi Laylakvoydan nima so‘ray? — debdi.

Yilqichi aytibdi:

  • „Urto‘qmoq“ni so‘rang. Dushmaningiz ko‘pga o‘xshay- di, agar „Ur, to‘qmoq“ desangiz, oldingizda kim bo‘lsa ham, uni urib tashlaydi.

Chol yana Laylakvoyning uyiga borib, eshikdan:

  • Assalomu alaykum, — deb kiribdi. Laylakvoy:

  • Yana nega kelding? „Qaynarxumcha“ni olding, „Ochil- dasturxon“ni olding, yana nima kerak? — degan ekan, chol Laylakvoyga qarab:

69

    • Bu gal ham aldading, Laylakvoy. „Ochildasturxon“ o‘rniga boshqa dasturxon beribsan, endi sendan arzimas bir narsa so‘rayman: menga „Urto‘qmoq“ni ber, — debdi. Laylak:

    • „Urto‘qmoq“ni olsang ola qol, menga uning keragi yo‘q, — deb cholga „Urto‘qmoq“ni beribdi.

Chol to‘qmoqni olib, yo‘lga tushibdi. Yurib-yurib, o‘sha o‘zi bilgan qishloqqa kelib, oshnasiga:

    • Mana shu to‘qmoqni olib qo‘ya turing, men biroz dam olay, lekin „Ur, to‘qmoq!“ deya ko‘rmang, deb yotib uxlabdi. Uy egasi to‘qmoqni uydagilarga ko‘rsatib, sinamoqlik uchun

„Ur, to‘qmoq!“ degan ekan, to‘qmoq ularni bosh-ko‘zi demay savalay ketibdi. Ularning dod-voylariga chol uyg‘onib qolibdi. Uydagilar yig‘lashib:

    • Ota, ayting, to‘qmoq urishdan to‘xtasin. Biz xumchan- gizni, dasturxoningizni qaytarib beramiz, — deyishibdi. Chol:

„Òur, to‘qmoq!“ deb qichqirgan ekan, to‘qmoq urishdan to‘xtabdi; uy egasi darrov ichkaridan „Qaynarxumcha“ bilan
„Ochildasturxon“ni chiqarib beribdi. Chol ularni olib yo‘lga tushibdi, yetti kecha-yu yetti kunduzda uyga kelibdi.
Chol xumchani o‘rtaga qo‘yib, „Qayna, xumcha!“ degan ekan, xumchadan tilla qaynab chiqibdi. „Ochil, dasturxon!“ degan ekan, yetmish xil ovqat tayyor bo‘libdi. Chol bilan kampir bir umr yemagan ajoyib ovqatlarni yeyishibdi, juda xursand bo‘lishibdi.
Òillalarni chol beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga ulashibdi. Shunday qilib, chol bilan kampir murod-maqsadiga yetibdi.

HAQQUSH


Download 5,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish