Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

emotsional munosabat tug‘ilgandan va o‘z jinsiga dastlabki 

ko‘nikishdan so‘ng, bolada yangi ijtimoiy muhit shakllanadi, 

ya’ni kattalar talablariga javob berishga va tan olinishga inti-

lish paydo bo‘ladi. Ma’naviy his va vijdon hurmat qozo nishga 

inti lishning ijobiy tarafidir. Odamlarning kundalik munosa-

batlarida vijdon «kerak» so‘zi bilan izohlanadi. Tarbiya orqa-

li insoniyat ma’naviy madaniyatini yuqori yutug‘i bo‘lgan mu-

kammallik tuyg‘usi aniq bir shaxsning yutug‘iga aylanadi. 

Shaxsning axloqiy shakllanishini bola egallayotgan bilimlar; 

atrofdagi odamlar bilan muloqot paytida o‘zlashtirilgan ax-

loqiy xulq odatlari, odamlar bilan o‘zaro aloqa paytida yu-

tuq va yo‘qotishlarni birga emotsional boshdan kechirishlar 

tashkil qiladi. Maktabgacha bo‘lgan davr mobaynida ong dara-

jasi o‘zgaradi va buning oqibatida bolalar axloq qoidalarini ba-

jarishni boshlaydilar.

Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar qoidalarga amal 

qilishga ko‘nikadilar va ba’zida hattoki «tartibga ortiqcha 

 

mehr» qo‘yadilar, qoidalarni kichik buzilishiga ham chiday ol-



maydilar. Maktab yoshiga yaqinlashganda esa odatdagi qoida-

ga rioya qilish ongli ravishda bajarishga aylanadi. Bu davrda 

bolalar nafaqat o‘zlari qoidalarga bo‘ysuna boshlaydilar, balki 

boshqa bolalar ham ularga amal qilishlarini nazorat qiladilar.

Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda g‘urur va 

uyat 


chanlik rivojlanishi axloq namunalari va qoidalarini 

o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Bola o‘z harakatlarini 

kattalarning bergan bahosi va maqtovlari bilan muvofiqlashti-

rishga majbur bo‘ladi. Bu yoshdagi bola faqat kattalar tomo-

nidan qo‘llab-quvvatla nish uchun emas, balki o‘z ijobiy fazilat-

lari (jasurlik, rostgo‘ylik, boshqalar bilan bo‘lishishga tayyorlik) 




374

uchun ham, g‘urur his sini tuyadi. U o‘z harakatini ijobiy ba-

holanadigan namuna bilan o‘lchaydi, u bilan o‘xshashlik unga 

o‘zi bilan g‘ururlanishga asos bo‘la olishini tushunadi.

Uyatchanlik bolada kattalarni bolalikning ilk davrida uning 

ishlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishi tufayli orttiriladi. Mak-

tabgacha yoshdagi bolada uyatchanlik boshqalar kutgandan 

yomonroq, aniqrog‘i qoidani buzish, ijobiy baholanadigan na-

munadan chetlashishdek, harakat qilganligini tushunib yetgan 

holda ham vujudga keladi. Bola o‘zida qo‘rqoqlik, qo‘pollik, 

qizg‘anchiqlik, qo‘rslik va hokazolar namoyon bo‘lishidan ham 

uyaladi. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida avvalgidek bolani kat-

talarga bog‘liqligi saqlanib qoladi. Katta odamning xulqi bola 

faoliyatining ham faollashishiga sabab bo‘ladi. 

Aniqlanishicha, katta yoshdagi odam bolani o‘ziga moyil 

qilolsa, uning yutuqlariga sherik va yo‘qotishlariga qayg‘udosh 

bo‘lsa, bola har doim o‘zini ruhan tetik his qiladi va hattoki 

omadsiz damda ham harakatga va qarshiliklarni yengib o‘tishga 

tayyor bo‘ladi. U kattalar bilan ijobiy aloqalar o‘rnatganda, 

ular ga ishonadi, boshqa bolalar va kattalar bilan oson aloqa-

ga kirishadi.

Katta yoshdagi odamning bolaga begonalarcha muomala-

si uning ijtimoiy faolligini pasaytiradi, buning oqibatida bo-

la o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi, o‘zini erkin sezolmay-

di, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi, yig‘lashga doim tayyor 

bo‘lib, tengdoshlariga nisbatan tajovuzkor bo‘lib qoladi. Ak-

sariyat kattalar tomonidan begonadek qabul qilingan bolalar 

boshlagan ishlarini to‘xtatadilar, sust va befarq bo‘lib qoladi-

lar. Bolalarni boshqa qismi, aksincha ish sur’atini oshiradi, le-

kin bunga qaramay ishni samarasi past bo‘ladi. Katta yosh-

dagi odamning bolaga ochiq ko‘rsatayotgan salbiy munosabati 

unda odatiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi: bola yo begonalik 

to‘sig‘ini buzishga, katta odam bilan aloqa o‘rnatishga intila-

di, yo o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi va muloqotdan o‘zini 

olib qochishga harakat qiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, boshqa odam mehriga bo‘lgan 

tashnalik va biron odamga mehr berish istagi birinchi daraja-

li, juda ham zarur ehtiyoj hisoblanadi. Bolaning onaga bo‘lgan  




375

mehri bu yo‘sinda alohida o‘rin egallaydi. Uning barcha ehtiyoj lari 

ona orqali amalga oshadi, chunki u bolaning quvonch, himoya 

hissi va emotsional xotirjamlik manbaidir. Bola onaning bevo-

sita mehr ko‘rsatishiga muhtoj bo‘ladi va har qanday yo‘l bilan  

uning e’tiborini tortishga harakat qiladi. Yosh bola ayniqsa 

onasiga yoki uning o‘rnini bosuvchi odamga bog‘liq bo‘ladi. 

Lekin, vaqt o‘tishi bilan, maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar 

odamlarga bog‘liqlik va ko‘pgina o‘ziga yaqin odamlarga nis-

batan ehtiyoj seza boshlaydi. Kattalar bilan o‘zaro yaxshi aloqa 

o‘rnatish va uni saqlash bolaning ijtimoiy rivojlanishini belgi-

lab beradigan yetakchi omil hisoblanadi. Bolaning kattalar bi-

lan o‘zaro aloqasi ko‘p hollarda kattalar tomonidan unga nis-

batan qilinadigan muomalaga bog‘liq bo‘ladi.

Kattalar tomonidan yaxshi emotsional muomala sharoitida 

bola o‘sha katta yoshli kishiga ishonch bilan qaraydi, o‘z faoli-

yatida muvaffaqiyatli bo‘lishga va o‘ziga tanish bo‘lgan odob-

axloq qoidalariga amal qilishga harakat qiladi. Dilkashlik va 

xayrixohlik bolada ijobiy xislatlarni vujudga kelishiga sharoit 

yaratadi.

Undan uzoqlashish, jahldorlik va hattoki kattalarning ozgi-

na bee’tiborligi ham, bolani noxush hislardan qochishiga va o‘zi 

bilan o‘zi ovora bo‘lishiga olib keladi. Kattalarni begonalashishi 

quyidagi salbiy xislatlarni rivojlanishiga zamin yaratishi mum-

kin: odamovilik, tajovuskorlik, yolg‘onchilik, tilyog‘lamalik, 

laganbardorlik va itoatkorlik. Bolaga ta’sir ko‘rsatishning emot-

sional munosabatlarini katta odam ehtiyotkorona tanlashi ke-

rak. Bolaga ijobiy va salbiy ta’sir usuli bexosdan qo‘llanilishi 

kerak emas (katta yoshli odamning kayfiyatiga qarab), aksin-

cha o‘ziga xos muomala quroliga aylanishi kerak. Ijobiy hislar 

muomala muhitini tashkil qiladi, begonalashish esa bolaning 

jiddiy xatosiga tanbeh shaklida qo‘llanilishi lozim. 




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish