Bolani jinsiy identifikatsiyasida kattalarning tutgan o‘rni.
Bolani o‘z mohiyatini tushunishida uning kattalar bilan alo-
qasi katta ahamiyatga ega. Bu aloqa unda buyumlar dunyosi-
ga, barcha tirik mavjudotlarga, odamlarga va o‘ziga bo‘lgan
ma’lum munosabatga qaratiladi. Kattalar bola uchun o‘zi ha-
qidagi ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ular bolaga o‘zini
qaysi jinsga mansubligini aniqlashda ham yordam beradilar.
Ilk yoshning oxirlarida bola o‘z jinsini tushunadi, lekin ha-
li «o‘g‘il» yoki «qiz bola» so‘zlari qanday ma’noga ega ekanligi-
ni bilmaydi. Kattalar ongli yoki ongsiz ravishda, bolaga hamma
qabul qilgan andaza tarzida o‘g‘il yoki qiz bola nima ekanligini
tushuntiradilar. O‘g‘il bolalarga jahlni ko‘proq namoyon qi lishga
ruxsat beradilar, faollikni va tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlay-
dilar, qiz bolalardan samimiylik, emotsionallik va ta’sirchanlikni
kutadilar. Bolada o‘z jinsining ahamiyati haqi
dagi tushuncha
asosan oilada hosil qilinadi. Har bir ota-ona o‘z jinsining xu-
susiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Masalan, samimiy-
lik, ta’sirchanlik va emotsionallik ayollarga xos fazilat; jasurlik,
qat’iyatlilik, dadillik erkaklar ega bo‘lgan fazilatlardir.
Xalqlar madaniyatida bola tarbiyalashda qo‘llaniladigan mus-
tahkam qoliplar mavjud. Kichkina bolaga: «Yig‘lama. Qiz bola-
mas, o‘g‘il bolasan» deyishadi. Shundan keyin bola ko‘z yosh
to‘kmaslikni o‘rganadi. Qizlarga: «Urishma, devor, daraxtlarga
chiqma. Sen qiz bolasan» deb o‘rgatishadi. O‘yinqaroq qiz o‘zini
tiyishiga to‘g‘ri keladi, nima qilsa ham qiz bolada! Jinsga qarab
xulq-atvor qoidalarini belgilash shundan boshlanadi.
Bevosita erkak va ayollar xulq-atvorini kuzatish orqali, va
shuningdek, san’at orqali bola psixologiyasiga ayol va erkakning
393
yurish-turish tarzi singib boradi. Birinchi navbatda bola ayol
va erkaklarning kiyimida va o‘zini tutishida tashqi farqni aniq
-
laydi. Insonning shaxsiy xususiyatlarini bola ba’zida ma’lum
jins xislati deb qabul qiladi. Masalan, kuzatishlarda besh yosh-
li o‘g‘il bola tanish bo‘lgan yosh erkak kishiga taqlid qila bosh-
laydi, bola ning bunga g‘oyatda berilganini ko‘rgan erkak kishi
hazillashib: «Haqiqiy erkak, mana bunday qilishi kerak» deb
chaqqonlik bilan va ko‘z zo‘rg‘a ilg‘aydigan harakat bilan boshi-
ni orqaga tashlaydi. Haqiqiy erkakning bunday fazilatidan hay-
ratlangan bola boshini uzluksiz orqaga tashlaydigan bo‘ladi.
Bola barcha narsaga taqlid qiladi: atrofdagilarga foyda
keltiradigan axloq qoidalari turlariga, kattalar uchun andaza
bo‘lib qolgan ijtimoiy zararli odatlarga (so‘kishlar, chekish va
boshqalar). Bola hali bu «botirlik ramzlaridan» amalda foyda-
lanmasada, ular ni o‘yin mundarijasiga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |