Maktabgacha yoshdagi


Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Oilaning bola shaxsini shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni. Oila 

bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. 

Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri benihoya 

kattadir. Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kat-

talar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-onaning fikri 

va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega 

bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulatori va psixik rivojlanishning 

stimulatori bo‘lib xizmat qiladi. Psixologrlarning ta’kidlashicha, 




407

bolani haddan tashqari qattiqqo‘llik bilan tarbiyalash unda nev-

rozlarni va psixosteniyani keltirib chiqaruvchi omillardan biridir. 

Har bir oiladagi munosabatlar o‘ziga xos hamda takrorlan-

masdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihat-

lari ham mavjuddir. Ota-onalar bolalar xulq-atvorini boshqarishda 

qanday usullardan foydalanishlariga ko‘ra o‘rtadagi munosabatlar 

ko‘pincha «demokratik» va «avtoritar» kabilarga ajratiladi. Bola-

larga oilaviy ta’sir etishning «demokratik» shakli uchun quyida gilar 

xos: bolaga ko‘p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko‘p muloqot 

qilinadi, unga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo‘linadi, ota-

ona  lar bo‘lar-bo‘lmas taqiqlar qo‘ymasikka harakat qiladilar, bu-

ning o‘rniga ular bolalarga oiladagi tartib-qoidalarni tushun tirishga 

intiladilar, iloji boricha bolalarning savollariga javob berishga, 

 

ularning qiziquvchanliklarini qondirishga harakat qiladilar. Oila-



dagi «avtoritar» muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta-

qiqlar-ning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. «Hukmron» ota-ona-

lar boladan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda 

bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan mulo-

qot kamdan kam o‘tkaziladi. Shu narsa aniqlanganki, «avtori-

tar» va «demokratik» oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shax-

siy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo‘ladi. «Demokratik» 

oilalarning farzandlari ijodkorlikka moyil, tashabbuskor, liderlik-

ka intiluvchan, konformizmni (guruh fikriga tobe bo‘lishni) inkor 

etuvchi, ijtimoiy munosabatlarida ko‘proq emotsiyalarni his etuv-

chi bo‘ladilar.

Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo‘lishicha oiladagi muhit 

iliq, ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlar demokratik asos-

ga qurilgan bo‘lsa, bola o‘z tengdoshlarining orasida jamoada 

yuqori mavqega, aksincha, nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan 

bolalar ancha past mavqega ega bo‘ladilar. Shu narsa aniqlan-

ganki, bola qanchalik ko‘p erkalatilsa, shaxs sifatida shuncha 

sekin yetiladi, u passivlikka moyil bo‘ladi, ehtimol, keyincha-

lik uning xarakteri kuchsiz bo‘lib shakllanadi. Oiladagi psixo-

logik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo‘lgan muloqot xarakteri, ular-

ga mehr-muhabbat, diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘lish 

o‘sib kelayotgan inson axloqiy qiyofasining shakllanishida o‘ta 

muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham barkamol inson tar-



408

biyasi avvalo oiladagi muhitning sog‘lom bo‘lishini taqozo qila-

di. Bog‘cha yoshidagi bolalarning oila a’zolariga bo‘lgan mu-

nosabatlari o‘g‘il va qiz bolalarda farq lanadi. Masalan, o‘g‘il 

bolalar qizlarga nisbatan ko‘proq o‘z jinsidagi oila a’zolari – 

otasi, akasi, bobosiga o‘zini yaqin tutadi. 




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish