Nazorat savollari:
1. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola shaxsining shaklla-
nishida ijtimoiy muhitning o‘rni nimada namoyon bo‘ladi?
2. Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar bilan o‘zaro
munosabat qoidalari nimalardan iborat?
3. Bolalarning tengoshlari bilan munosabatlari qanday ke-
chadi?
4. Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va
nutq ning qanday o‘rni bor?
5. Bola shaxsining shakllanishiga o‘yin faoliyatining ta’siri
nimada?
6. Bolaning axloq motivlari butun bolalik davri davomida
qanday o‘zgaradi?
388
9.3. Katta bog‘cha yoshida (5–7 yosh) shaxsning shakllanishi.
Maktabgacha yoshda o‘z-o‘zini anglash
Maktabgacha yoshda axloq motivlarining rivojlanish
yo‘llaridan biri bu ongning yuksalishidir. 5–7 yoshga kelib
bola o‘zidagi faoliyatga undovchi kuch va o‘z harakatlari-
ning oqibati haqida borgan sari aniqroq hisob bera boshlay-
di. Bu bolada o‘zini anglash xislati rivojlanayotganini bildira-
di, ya’ni u o‘zi kim ekanligi, qanday fazilatlarga ega ekanligi,
atrofdagilar unga qanday munosabatda ekanligi va bu muno-
sabat nima bilan izohlanishini tushunadi. Bu xislat o‘z yu-
tuq va omadsizliklarini, o‘z fazilatlari va imkoniyatlarini bola
qanday baholashida, yanada kuchli namoyon bo‘ladi.
O‘zligini anglash zamirida katta bog‘cha yoshining oxirlari-
da sodir bo‘ladigan, boshqa odamlardan o‘zini ajratish yotadi.
Katta bog‘cha yoshiga kelib, bola o‘z fazilatlari haqida hech ni-
ma bilmasada, o‘zining mavjudligini his qiladi. Katta bog‘cha
yoshidagi bolada hali o‘zi haqida asosli va to‘g‘ri fikr mavjud
emas. Bola kattalar tomonidan ma’qullanadigan ijobiy xislat-
larni ko‘r-ko‘rona o‘zlashtiradi. O‘zini tartibli deb hisoblay-
digan boladan, «Tartiblilik nima?» – deb so‘ralganda: «Men
qo‘rqmayman» deb javob beradi. Boshqa o‘zini tartibliligi haqi-
da gapirgan bolalar ham bu savolga: «Bilmayman», – deb javob
beradilar. O‘zini to‘g‘ri baholashga o‘rganish uchun, bola avval
boshqalarni, atrofdagi odamlarni baholashni o‘rganishi kerak.
Bu esa darhol amalga oshmaydi. Bu davrda bola tengdoshlari-
ni baholayotib, kattalarni ular haqida aytgan fikrini takrorlay-
di. O‘zini baholashda ham bu holat takrorlanadi: «Men yaxshi
bolaman, oyim shunday deydilar».
Bolani boshqalarning harakatlari va fazilatlarini mustaqil ba-
holashi, uning ularga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu
asosan hikoya personajlari harakatlarini baholashda ko‘proq bi-
linadi. Ijobiy qahramonning har qanday harakati ijobiy bahola-
nadi, «salbiy» qahramon esa salbiy baholanadi. Lekin sekin-asta
personajlar harakati va fazilatlari bahosi ularga bo‘lgan umumiy
munosabatdan ajraladi, va vaziyatni bu harakat va fazilatlarga
ega bo‘lgan ma’noni anglash asosida quriladi. «Uycha» ertagini
389
eshitgach, bola savollarga quyidagicha javob beradi: «Ayiq
yaxshi ish qildimi?», «Yo‘q, yomon». «Nima uchun yomon?»,
«Chunki u uychani ezib tashladi». «Senga ayiq o‘zi yoqadi-
mi?», «Yoqadi». «Men ayiqchalarni yaxshi ko‘raman».
O‘zlashtirilgan axloq qoidalari bolaning boshqalarni baho-
lashida foydalanadigan me’yorlarga aylanib qoladi. Lekin bu
me’yorlarni o‘zida qo‘llashi ancha murakkab kechadi. Bolani
qamrab olgan, uni u yoki bu harakatni amalga oshirishga un-
dovchi kechinmalar, undan bajarayotgan harakati ning asl maz-
munini yashiradi, ularni beg‘araz baholashiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bunday beg‘araz baho faqatgina o‘z harakatlari va imkoni-
yatlarini boshqalar harakati, fazilati va imkoniyatlari bilan
taqqoslaganda amalga oshishi mumkin. O‘zini boshqalar bi-
lan taqqoslay olish bilan bola katta bog‘cha yoshiga kelib to‘g‘ri
baholash malakasiga ega bo‘ladi.
Katta bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z afzalliklari va kamchi-
liklarini yaxshi biladilar hamda atrofdagilarning bunga muno-
sabatini inobatga oladilar. Bu bolada shaxsning rivojlanishida,
axloq motivlarini o‘zlashtirishida, ijobiy axloq namunalariga
ergashi shida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga bola
atrof dagilarni u yoki bu harakatiga va fazilatiga bo‘lgan muno-
sabatidan biror maqsadda foydalanishga qodir bo‘ladi. Bolalar
bu yoshda, ko‘pincha qaysarlik axloq me’yorlarining buzilishi
ekanligini yaxshi biladilar va ularga yon beradigan kattalarga
ataylab qaysarlik qiladilar. Bola o‘z onasiga bolalik xislatlari-
ni ko‘rsatgan holda, bola rolini o‘ynashi mumkin. Bu onada
mehr uyg‘onishiga va ko‘ngli yumshashiga olib keladi va bola
shu tariqa turli xil xursandchiliklarga erishadi.
Bu yoshda bola ataylab o‘z foydasiga yolg‘on gapirishi, hasad
yomon xislat ekanligini bilib, atrofdagilardan yashirincha ha sad
qilishi mumkin. Ammo maktabgacha yoshdagi bola o‘zining
ijobiy xislatlari va kamchiliklariga uzoq ahamiyat bermay-
di. Bolada tahlil qilish kerakli darajada rivojlangan bo‘lsada, u
ko‘proq o‘ziga emas, boshqa shaxslarga qaratilgan bo‘ladi.
Katta bog‘cha yoshiga kelib bola o‘z shaxsiyatining o‘tmishiga
qiziqa boshlaydi. «Men kichkinaligimda qanday edim, gapirib
bering?» kabi savollarni bera boshlaydi. O‘z o‘tmishiga tushu-
390
nish, ko‘ngilchanlik bilan munosabatda bo‘lish ko‘rina bosh-
laydi. Shu bilan birga o‘z shaxsining kelajagi haqida ijobiy fikr-
lar bildirilishini istaydi. «Men katta bo‘lganimda...». Bu davrda
kelajakka, hozirgi va o‘tgan zamonga bo‘lgan qiziqish borgan
sari oshib va chuqurlashib boradi. Endi u kattalarga o‘zi haqi-
da gapirib be rishlarini so‘rabgina murojaat qilmaydi, balki o‘zi
ham o‘zi haqida eslaydi. O‘zining o‘tmishdagi ishlarini u xo-
lis muhokama qiladi, bu unga o‘zi haqida tanqidiy fikr bildi-
rishiga imkon beradi. Bola uchun uning o‘tmishi, hozirgi kuni
va kelajagi hayotda o‘z o‘rnini anglash vositasi sifatida namo-
yon bo‘ladi va o‘zini o‘tmishdagi hayotida baholash va kela-
jakni tasavvur qilish imkonini beradi. Bola hayotida istiqbol
rejalarining paydo bo‘lishi uning motivatsiya darajasi ning oshi-
shiga imkon beradi va bu o‘z navbatida uning shaxsining ri-
vojlanishini belgilaydi. U albatta yaxshi, mehribon va omadli
bo‘ladi. Agar u o‘g‘il bola bo‘lsa, kuchli, erkin, aqlli bola, agar
qiz bola bo‘lsa, chiroyli, dono qiz bo‘ladi. U shubhasiz doim
o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, o‘z onasini doim yaxshi
ko‘radi. U yer yuzida doim tinchlik bo‘lishi, hamma sog‘ va
baxtli bo‘lishi uchun hamma ishni qiladi. U kosmonavt, shi-
fokor, bog‘bon va hattoki sehrgar ham bo‘ladi. Shaxs xislatlari
to‘g‘ri rivojlanayotgan bola ezgu maqsadlarga boy bo‘ladi, bu
unga bugundan boshlab atrofdagilarga nisbatan yaxshi muno-
sabatda bo‘lishiga va o‘zini ijobiy baholashiga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |