Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va nutq-
ning o‘rni. Maktabgacha yosh davri o‘z xulq-atvorini, ichki va
tashqi harakatlarini ongli tarzda boshqarish qobiliyati sifatida
iroda ning tarkib topish davridir. Ta’lim-tarbiya jarayonida kat-
talar va tengdoshlari ta’siri ostida bolada o‘z xatti-harakatlarini
boshqa rish, maqsadga erishish ko‘nikmalari shakllanadi. Bun-
da bola yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat
qiladi. Bola o‘z holatini, masalan, mashg‘ulotlarda tarbiyachi
talab etganidek tinch o‘tirish, qimirlayvermaslik kabi harakat-
larni nazorat qilish malakalarini egallaydi.
Bog‘cha yoshidagi bola o‘z idroki, xotirasi, tafakkurini
boshqara boshlaydi. Agar 3 yoshli bolaga muzda sirpanchiq
uchayotgan bolalar tasvirlangan rasmni ko‘rsatib, ulardan qaysi
biri qo‘lqopini yo‘qotganligi so‘ralsa (bolalardan biri qo‘lqopsiz
va qo‘lqop qor ustida yotgani tasvirlangan) bola bunga javob
bermaydi. Masalani hal qilish uchun barcha rasmdagi figu-
ralarni ketma-ket ko‘zdan kechirish lozim. Bolaning nigohi esa
tartibsiz tarzda biridan ikkinchisiga sakrab ketadi, keyincha-
lik bola kattalar yordamida ixtiyoriy idrok qilishga o‘rganadi
va shunga o‘xshash masalalarni muvaffaqiyatli yecha bosh-
laydi. Esda olib qolish va qayta esga tushirish boshqariladi-
gan jarayonga aylana boradi. To‘rt yoshga yetganda bola o‘z
oldiga kattalar topshirig‘ini yoki yoqimli she’rni esda olib qo-
lish maqsadini qo‘ya oladi. To‘rt yoshli bolalarda aqliy faoli-
yatni boshqarish qobiliyati kuzatiladi. Masalan, boshqotir mani
hal qilishda ular qismlarni bir butun, yaxlit qilib birlashtirish-
da sabr bilan turli xil variantlarni qo‘llab ko‘radilar, bunda
ular bir variantdan izchil tarzda ikkinchisiga o‘ta oladilar.
Bu yoshda xulq-atvorni ongli ravishda boshqarish shakllana
boshlaydi. Irodaviy harakatlar yuzaga kelishi bilan bir qatorda
ixtiyorsiz, impulsiv harakatlar ham saqlanib qoladi. Irodaviy
harakatlar genezisiga murojaat qiladigan bo‘lsak, maktabgacha
davr mobaynida irodaviy harakatlar ham ularning umuman
xulq-atvoridagi vazni ham o‘zgarib boradi. Kichik bog‘cha yo-
shida bolaning xulq-atvori deyarli butunlay impulsiv xatti-ha-
rakatlardan tashkil topsa, 4–5 yoshli bolalarda iroda namoyon
qi
lish kuchayadi, biroq xulq-atvorda ular katta o‘rin egal-
379
lamaydi. Faqat katta bog‘cha yoshida bola nisbatan irodaviy
zo‘riqishlarga qobil bo‘la boshlaydi. Shunday qilib, irodaviy
harakatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xarakterli bo‘lib,
xulq-atvorda ularni qo‘llash sohasi hamda egallagan o‘rni che-
garalangan.
Bola irodasining rivojlanishi maktabgacha yosh davri-
da yuz beradigan xulq-atvor motivlarining o‘zgarishi bilan
uzviy bog‘langan. Bola uchun eng muhim bo‘lgan motivlar
guruhi ning birinchi o‘rinda turishi shunga olib keladiki, bola
qo‘yilgan maqsadga ongli tarzda erisha boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar irodaviy harakatlarining
rivo jida o‘zaro bog‘liq 3 ta tomonni ajratib ko‘rsatish mum-
kin. Bular:
1) harakatlar maqsadga yo‘nalganligining rivojlanishi;
2) harakatlar maqsadi va motivi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘-
liqligining o‘rnatilishi;
3) harakatlarni bajarishda nutqning boshqaruvchanlik roli-
ning o‘sishi.
Maktabgacha yosh davrida harakatlar maqsadga yo‘nal-
ganligining tarkib topishida vazifani bajarish jarayonidagi mu-
vaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik katta ahamiyat kasb etadi.
Ular qiyinchiliklarni yengib o‘tish va maqsadni ushlab turish
davomiy ligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Maqsadga erishish-
dagi omad
sizlik bolani unchalik tashvishlantirmaydi. 4–5
yoshli bolalarda esa omadsizlik ularni quyushqondan chiqara-
di; faoliyat muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lsa bolalar
ishni oxirigacha yetkazishga intiladilar. Katta bog‘cha yoshi-
dagi bolalar ham o‘zlarini shunday tutadilar. Hatto ularning
ba’zilari ishga boshqacha munosabatda bo‘la boshlaydilar, ni-
ma bo‘lsa ham qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qiladi-
lar, o‘z kuchlarini yana bir bor sinab ko‘rishlari uchun imkon
so‘raydilar, yengilishdan bosh tortadilar.
Bog‘cha yoshi davrida tarbiyachi ta’siri ostida bola o‘z harakat-
larini maqsaddan ancha yiroq motivlarga, xususan ijtimoiy xarak-
terdagi motivlarga (onasiga sovg‘a qilish) bo‘ysundirishga o‘rgana
boshlaydi. Bola irodasiga qarama-qarshi motivlar to‘qnashish
vaziyatlari alohida talablar qo‘yadi. Bola bo‘lishi mumkin bo‘lgan
380
ikkita qarordan birini tanlashi zarur bo‘ladi. Ushbu vaziyatda
motivlar kurashi ro‘y beradi va ulardan birining g‘alabasi bilan
yakunlanadi. 3 yoshli bola xulq-atvori qarama-qarshi turtkilar-
ning to‘qnashuvi sababli yuzaga keluvchi ichki nizolar bilan xa-
rakterlanadi. Biroq bola ko‘pincha ongsiz, tanlovsiz, kuchliroq
turtki ta’siri ostida harakat qiladi. Ular uchun tanlov vaziya-
ti juda murakkab bo‘lib, bunday vaziyatga tushib qolgan bola
biron-bir qaror qabul qilishga noqobil bo‘ladi. Tanlov vaziyati-
da, masalan, o‘yinchoqni tanlashda 4–5 yoshli bolalar o‘zlarini
boshqacharoq tutadilar. U qo‘ lini goh u o‘yinchoqqa, goh bu
o‘yinchoqqa cho‘zadi. Bunday holda juda sodda bo‘lsa ham mo-
tivlar kurashi yuzaga keladi, bola qaysi bir o‘yinchoqni olish ha-
qida qarorga kelolmaydi. Tanlovga «ishbilarmonlik» bilan yon-
dashuv, uzoq davom etmaydigan ikkilanishlar kuzatiladi. Bolalar
o‘z tanlovlarini asoslab, ayni vaqtda o‘zlarida yo‘q bo‘lgan va ega
bo‘lishni xohlayotgan narsani oladilar.
O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ko‘rinadigan
ba’zi iroda sifatlari (qat’iylik, mustaqillik kabi) ko‘pincha
epizodik xa
rakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajara-
yotgan ishlarida biron to‘sqinlik uchrab qolsa, o‘zlari musta-
qil ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Lekin bu ish-
ning ular uchun og‘irlik qilayotganligi sezilib turadi. Shu
sabab
li bunday to‘sqinliklar chiqib qolgan paytda ular kat-
talarni yordamga chaqiradilar. Uzoqroq davom eta
digan
to‘sqinliklarni yengishga bog‘cha yoshidagi bolalar ning sabr-
lari yetmaydi. Bajarayotgan ishlari ularni juda qiziqtirsa,
ular uzoq davom etadigan to‘sqinliklarni ham chidam bilan
yen gishga harakat qiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojla-
nishida ular nutqining tobora o‘sib borishi juda katta ahami-
yatga ega. Tarbiyachilar va ota-onalar turli yoshdagi bolalarga
og‘zaki suratda turli xil vazifalarni topshiradilar. Bolalar ayni
chog‘dagi o‘yinlari yoki boshqa qilayotgan ishlarini qo‘yib, kat-
talarning topshirgan vazifalarini bajarishlari kerak. Ana shunday
topshiriqlar berish orqali bolalarda ixtiyoriy harakatlarni o‘stirib
borish mumkin. Lekin og‘zaki topshiriqlarni bog‘cha yoshida-
gi hamma bolalar ham bir xilda bajaravermaydilar. Masalan, ki-
381
chik yoshdagi bog‘cha bolalari, ya’ni uch yoshli bolalar og‘zaki
berilgan topshiriqlarni xotiralarida uzoq vaqt saqlab turolmay-
dilar. Ular topshiriqni tezda unutib qo‘yib, uning o‘rniga o‘zlari
xohlagan ish bilan shug‘ullanadilar. Bunday holat ularni tash-
vishlantirmaydi ham. Nutq asosan o‘rta va katta guruh yoshida-
gi bolalar irodasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu yoshda bola lar topshiriqlarni ixtiyoriy ravishda bajarishda so‘z
orqali tushuntirib berilgan usullarga rioya qilishga intiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivoj-
lanishida o‘yin juda katta rol o‘ynaydi. O‘yin bolalar iroda-
sini o‘stiruvchi va mustahkamlovchi omillardan biridir. Bola-
lar o‘zlarining turli-tuman o‘yinlarida o‘z oldilariga ma’lum
maqsadlarni qo‘yadilar, ba’zan uchrab qolgan to‘sqinliklarni
yengib, ko‘zlagan maqsadlarni amalga oshirishga harakat
qiladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarini
o‘stirish va mustahkamlashda rollarga bo‘linib o‘ynaydigan
hamda qoidali o‘yinlarning ahamiyati g‘oyat kattadir. O‘yin
qoidalariga rioya qilishda o‘z iroda kuchini ishga solishga
to‘g‘ri keladi, chunki bola o‘yin paytida o‘zining harakat-
larini o‘ynovchilarning maqsadlari bilan moslashtirishi ke-
rak. Kichik guruh bolalari esa buning uddasidan chiqa ol-
maydilar, ya’ni o‘yin qoidalariga to‘la rioya qila olmaydilar.
Shuning uchun ular qoidali o‘yinlarga qatnashganlarida juda
sodda rollarni bajaradilar. Masalan, «Poyezd» o‘yinida faqat
yo‘lovchi (passajir) rolini o‘ynaydilar.
Katta bog‘cha yoshida aql bilan qaror chiqarish imkoniyat-
lari kengayadi, qaror qabul qilish ahamiyatli bo‘lgan motiv bi-
lan belgilanadi. Bu esa o‘z-o‘zini boshqarishning rivojlanishi,
vaziyat bilan bog‘liq istak, his-tuyg‘ular va ularning namoyon
bo‘lishini jilovlash malakalari taraqqiyotiga olib keladi va bola
irodasini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |