Iroda nazariyalari. Reja



Download 267 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.04.2022
Hajmi267 Kb.
#550879
  1   2
Bog'liq
19-mavzu



Iroda nazariyalari.
Reja. 
1.
Irodaning falsafiy nazariyalari. Iroda volyuntarizm sifatida 
(A.SHopengauer, B.Spinoza, I.Kant, G.Gegel, L.Feyerbax).
2.Dj. Lokk, U.Djems, L.S. Vigotskiy va V.Franklarning 
nazariyalarida iroda va yerkin tanlash.
3.Jahon psixologiya maktabi vakillarining iroda bilan bog’liq 
qiyinchiliklarni bartaraf etish mexanizimi sifatida talqin yetilishi. 
Kishining o’z ehtiyojlarini anglab yoki beixtiyor harakatlar 
vositasida qondirishi mumkin. Irodaviy harakatlar murakkabligi 
bo’yicha farqlanadi. Irodaviy harakatlar oddiy va murakkab bo’ladi. 
Iroda - bu kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishda 
qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini 
ongli ravishda tashkil qilishi va o’z-o’zini boshqarishi demakdir. 
Iroda - bu shaxs faolligining alohida shaqlidir. 
Iroda o’zaro bog’liq ikkita vazifani - undovchi va tormozlovchi 
(to’xtatuvchi) vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi va ularda o’zini 
namoyon qiladi. 
Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta’minlanadi.Irodaning 
undovchi vazifasi faollikning yoqimsiz ko’rinishlarini jilovlashda 
namoyon bo’ladi. Tormozlash bo’lmaganda xulq-atvorni boshqarish 
bo’lmas edi. Kishining harakatga undovchi mayllari ma’lum bir yo’lga 
solingan tizimni-oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan 
saqlanish ehtiyojidan tortib to ma’naviy, estetik va intellektual his-
tuyg’ularni boshidan kechirish bilan bog’liq yuksak niyatlarga borib 
taqaladigan motivlar ierarxiyasini (pogonasini) tashkil etadi. 
Irodaviy harakatni o’z ichiga oladigan motivlar hozir va o’tmishda 
urin olgan tashqi ta’sirlar natijasi tariqasida, kishining psixik rivojlanishi 
jarayonida uning hayot va faoliyat hodisalari bilan faol munosabati 
natijasida tarkib topadi va yuzaga chiqadi. 
Odamlar o’zlarining qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga 
yuklashga moyil bo’lishiga qarab sezilarli farqlanadi. Kishining o’z 
faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarga va sharoitga qayd 
qilib qo’yish, yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g’ayratlariga va 
qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish 
(lokalizatsiya-mahaliylashtirish so’zidan olingan bo’lib, hatti-harakatni 
nazorat qilishni markazlashtirilishi desa ham bo’ladi). O’z xulq-atvori 


va o’z ishlari sabablarini tashqi omillar bilan ( taqdir, holat, tasodif va 
boshqalardan) bog’liq deb bilishga moyil bo’ladigan odamlar bor. 
SHunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokalizatsiyalashtirilishi 
to’g’risida gapiriladi. Bu toifaga mansub o’quvchilar olgan qoniqarsiz 
baholarini istagan vaj-bahona bilan tushuntirishadi. 
«Topshiriq doskaga noto’g’ri yozilgan ekan», «Menga noto’g’ri 
aytib berishdi va meni adashtirishdi », «Uyimizga mehmon kelib, dars 
qilishga xalaqit berishdi», «Bu qoidani biz o’tganimiz yo’q edi», «SHu 
MA’RUZA kitobimda, daftarimda yo’qk ekan» va h. 
Agar individ o’z qilmishlari uchun javobgarlikni o’z zimmasiga 
olsa va uning sabablarini o’z qobiliyati, xarakteri va shu kabilarda deb 
bilsa, unda nazoratning ichki (internal) lokallashuvini ustun deb 
hisoblash uchun asos bo’ladi. Xarakatga undovchi xulq ichida 
tavakkalchilik ham ancha o’rin egallaydi. Kishining tavakkalchilik 
sharoitidagi hatti-harakati irodaning xarakterli ko’rinishlaridan biri 
sifatida namoyon bo’ladi. 
Tavakkalchilik- bu sub’ekt uchun uning cheki noma’lum va 
muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin bo’ladigan noqulay 
oqibatlar (jazolash, og’riq ta’sirini o’tkazish, travma-jarohat, obro’ni 
yo’qotish va shu kabilar) haqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi 
faoliyatning xarakteristikasidir. Oqlangan va oqlanmagan tavakkalchilik 
farq qilinadi. Oqlangan tavakkalchilik yakunning har qanday noaniqligi 
va muvaffaqiyatsizlik keltirishi mumkinligiga qaramay oqlanmagan 
tavakkalchilikdan farq qilib, irodaviy qarorga kelayotgan paytda barcha 
«yoqlovchi» 
va 
«qarshi»larni 
tavakkalchilik 
hatti-harakatini
belgilovchimotivlarning g’oyaviy va axloqiy yuksaqligi, oqilona o’ylab 
ko’rishni va shunday qilib, harakatning xavfsiz variantiga nisbatan 
xavfli variantini afzal ko’rishni nazarda tutadi.Tavakkalchilik riskometr 
degan 
maxsus 
asbobda 
aniqlanadi. 
(Yo’lni 
qidirib 
topishga 
mo’ljallangan labirint-topishmoqlar, turli krossvordlar, masalani hal 
qilishdagi o’ta xavfli usul va vositalarni eslatish, yuqorida ishlaydigan 
kranchilar, alpinistlar, poygachilar tavakkalchilikning shu xavfli usulini 
afzal ko’rishlari aniqlangan). 
Irodaviy akt strukturasi. Iroda asosini kishini harakatlanishiga sabab 
bo’ladigan ehtiyojlari tashkil etadi. Harakatga undovchi sabab motiv deb 
aytiladi. Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning 
o’zaro mustahkam bog’langan, lekin bir-biriga to’la mos kelmaydigan 
nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi. 


Bu birinchidan, individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq 
bo’lgan faoliyatga undovchi sifatida namoyon bo’ladigan motivlardir. 
Ikkinchidan, motivlashtirish faollik nimaga qaratilganligini, nima 
uchun aynan shunisi tanlanganligini izohlab beradi. Bu shaxs 
yo’nalishini tashkil etadi. 
Uchinchidan, motivlashtirish kishi axloqi va faoliyatni o’zi 
boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bu vositalarga emotsiyalar, istaqlar, 
qiziqishlar va boshqalar kiradi. 
Irodaviy aktda motivlashtirishning barcha uchta tomoni - faollik 
manbai, uning yo’nalganligi va o’z-o’zini boshqarish vositalari 
namoyish qilingandir. 
Murakkab irodaviy harakatlar strukturasida uch bo’g’in – maqsad 
quyish, fikran rejalashtirish va ularni amalga oshirish- ijro bo’g’inlari 
bir-biridan farq qilinadi. 
Odamlarning uz oldilariga ongli suratda qo’ygan maqsadlari 
zamirida ularning biror narsaga bo’lgan ob’ektiv ehtiyoji bo’ladi. 
Ehtiyoj moddiy va ma’naviy, shaxsiy va ijtimoiy bo’lishiga qarab 
irodaviy akt strukturasi mazmunan o’zgarishi mumkin. 
Maqsad qo’yish odamning shu maqsadga bo’lgan o’z motivlarini 
anglab olishi bilan bog’liqdir. Maqsad ravshan aniqlangandan keyin uni 
amalga oshirishning fikran rejasi tuzib olinadi. Odam oldida endi yangi 
vazifalar paydo bo’ladi- maqsadga erishishning eng to’g’ri yo’lini 
topish, qiyinchiliklarni yengish usullarini belgilash vazifasi turadi. 
Kishida turli ehtiyojlar ahamiyatining o’zgarishi munosabati bilan bir 
qator hollarda motivlar, masalan, g’arazli manfaatlar bilan to’qnashuvi 
mumkin. SHundan keyin motivlar kurashi paydo bo’ladi. Muhokama 
yoki motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya’ni muayyan 
maqsad va unga erishish usuli tanlanadi. 
Irodaviy hatti-harakatning so’nggi jihati ijrodir. Unda qaror 
harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy hatti-harakatlarda yoki ishlarda kishi 
irodasi namoyon bo’ladi. Kishining irodasi haqida atigi birgina yuksak 
motivlarga va qahramonona qaror va niyatlarga qarab emas, balki 
ishlarga qarab hukm chiqarish kerak. Irodaviy harakatning eng muhim 
bo’g’inlari - qaror qabul qilish va uni ijro etish - ko’pincha alohida 
hissiy holatning-irodaviy zo’r berish sifatida tavsiflanadigan holatning 
kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Irodaviy zo’r berish bu hissiy hayajon 
shaqli bo’lib, kishining harakatga qo’shimcha motivlarni vujudga 
keltiruvchi, gohida yo’q bo’luvchi, yoki yetarli bo’lmagan ichki 


resurslarini (xotirasi, tafakkuri, xayoli va boshqalarni) safarbar etuvchi 
va ancha zo’rayish holati kabi boshdan kechiriladigan sabablardir. 
Irodaviy zo’r berish natijasida bir xil motivlarning harakatini 
to’xtatib qo’yib, boshqalarning harakatini haddan ziyod kengaytirish 
mumkin bo’ladi. Irodaviy kuch-g’ayrat ishlatish natijasida dangasalik
qo’rquv, charchash kabilar ustidan qozonilgan g’alaba anchagina hissiy 
zavq beradi, o’z xohishining ustidan erishilgan g’alaba kabi boshdan 
kechiriladi. Irodaviy kuch-g’ayrat odamlarning barcha qahramonlik 
ishlariga zarur qism bo’lib kiradi. 

Download 267 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish