Irodaviy fazilatlar va ularni shaqllantirish.
Iroda faoliyatning ichki qiyinchiliklarni
yengishga qaratilgan ongli
tuzilma va o’z-o’zini boshqarish sifatida eng avvalo o’ziga,o’z
hissiyotlariga, hatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik
har xil odamlarda har xil bo’lib, irodasi kuchli va irodasi kuchsiz
deyiladi.
Irodasi sustlikning namoyon bo’lish doirasi xuddi kuchli irodaning
xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodasi
sustlikning eng quyi
darajasi psixika normasi chegarasidan tashqarida bo’ladi. Abuliya va
apraksiya, masalan, shunga kiradi.
Abuliya- bu miya xastaligi, shikastlanishi zaminida yuzaga
keladigan, faoliyatning yo’qligidir. Vrachning
aytganini bajarish
zarurligini aniq bilgan bemor buning uchun biron narsani qilishga o’zini
majbur qila olmaydi. Topshiriqni bajarishni iloji boricha arzimas
sabablar bilan paysalga soladi.
Apraksiya - miya shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan,
harakatni maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidir. Masalan,
qo’lini biror narsaga uzatib, uning yonidan o’tkazib
yuboradi, yoki
piyolani og’ziga emas yelkasiga olib boradi, stoldagi ovqatni olib yeya
olmaydi. Abuliya va apraksiya og’ir kasallangan odamlarga xos,
nisbatan kam uchraydigan xastalik.
Yalqovlik- kishining qiyinchiliklarni
yengishdan bosh tortishga
intilishi, irodaviy kuch-g’ayrat ko’rsatishni qat’iy ravishda istamasligi
iroda sustligining eng tipik ko’rinishidir.
Irodaning ijobiy fazilatlari juda xilma-xil va ko’pdir. Qahramonlik,
sabotlilik, qat’iylik, mustaqillik, o’zini o’zi tuta bilish va b.
Irodaning mustaqilligi boshqa kishilarning fikrini, ularning
maslahatlarini hisobga olishda ushbu fikrlar
va maslahatlarga nisbatan
ma’lum tanqidiylikni nazarda tutadi. Qat’iylik kabi mustaqillik asosan,
irodaviy harakatni nazorat qilishning ichki to’xtab qolishini aniqlaydi.
Irodaning mustaqilligi o’jarlikka, tanbeh berishga qarama-qarshi bo’ladi.
Irodaviy fazilatni baholash kuchli va kuchsiz o’lchov bilan
ifodalanmasligi kerak. Irodaning tarbiyalanganligi,
agar hal qiluvchi
bo’lmasa ham, muhim ahamiyatga ega. (Har bir harakatni o’z o’rnida,
meyorida qilish, ehtiyojni qondirish eng avvalo shaxsning o’z individual
xususiyatlariga bog’liq).
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari ham har xil bo’lishi mumkin,
lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o’z ichiga
oladi:
1.
Irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf
etishni odat qilishdan boshlash kerak.
2.
Qiyinchiliklarni va to’siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadlarga
erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo’lsa,
irodaviy motivlar darajasi qanchalik yuqori bo’lsa,
kishi shunchalik
katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir.
3.
Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror
qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining
irodasi izdan chiqaveradi.
4.
Har doim uzoqqa mo’ljallangan maqsadni o’z oldiga qo’yishga
odatlanish kerak. Qilayotgan ishini
tugatib yana nima bilan
shug’ullanish rejasiga ega bulish kerak.
5.
Maqsadga erishish uchun o’ziga zarur sharoitlarni yarata olishga
odatlinish kerak. Ishga kirishishdan oldin joy, asboblar,
material
bo’lishiga erishish.
6.
Rejim asosida ishlashni odat qilish. Sutkaning qaysi qismida nima
bilan shugullanish kishini bezovta qilishi kerak. Men nima uchun
«Axborot» yoki «Davr» dasturini ko’rmadim? qabilida o’zini - o’zi
koyishi.
Irodali kishi - o’z vaqtining chinakam xo’jayini, mutasaddisi bo’lishi
kerak.