ga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ilk bolalik davrida paydo bo‘lgan
tengdoshlar bilan suhbat ehtiyojiga aylanadi. Bolalarni birga
376
o‘yin o‘ynashlari, topshiriqlarni birga bajarishlari oqibatida
suhbatga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.
Ijtimoiy maktabgacha ta’lim sharoitida bolalar jamoasi, bo-
la boshqa bolalar bilan birgalikda va ular bilan har xil alo-
qalar o‘rnatganda paydo bo‘ladi. Bu yerda bola jamoa ichida-
gi ilk axloq ko‘nikmalarini, atrofdagilar bilan muomala qilish
malakalari ni orttiradi. Bolaning tengdoshlari bilan suhbatida
shu paytgacha o‘zlashtirgan axloq qoidalarini amalda qo‘llash
va bu qoidalarni turli xil konkret vaziyatlarga moslashtirish
zaruriyati bilan to‘qnashishida, bolada shaxsning rivojlanishi-
ga tengdoshlar guruhining ta’sirida namoyon bo‘ladi. Bola-
larning birgalikdagi faoliyati harakatlarni muvofiqlashuvga olib
kelish, tengdoshlarga xayrixoh munosabat ko‘rsatish, umumiy
maqsadlarga erishish uchun shaxsiy xohish-istaklardan voz ke-
chish kerak bo‘lgan vaziyatlar uzluksiz vujudga keladi. Bun-
day vaziyatlarda bolalar har doim ham kerakli xulq, muoma-
la usulini topa olmaydilar. Tengdoshlarining huquqini hisobga
olmay, o‘z huquqlarini himoya qiladilar, ular orasida ko‘pincha
janjal yuzaga keladi. Janjalga arala shib, uni bartaraf qila bo-
rib, tarbiyachi bolalarga axloq qoidalarini ongli ravishda baja-
rishni o‘rgatadi.
Suhbat va guruhdagi umumiy faoliyat bolalarda to‘g‘ri ha-
rakat qilishga o‘rgatish vazifasini bajaradi. Bunday mashq bola-
larga axloq qoidalarini faqat bilishi uchun emas, balki ular ni
amalda qo‘llash uchun ham zarurdir. Bolalar axloq qoidalari-
ni o‘zlashtirishida guruhda umumiy fikr shakllanishi katta
ahami yatga ega. Bu ularda shaxsning rivojlanishi uchun bola-
lar jamoasi ta’siri bo‘lib xizmat qiladi.
Uch yoshli bolalar guruhida u yoki bu predmetlar, hodisa-
lar, harakatlar haqida hali umumiy fikr bo‘lmaydi. Bir bola-
ning fikri odatda boshqa bolaning fikriga ta’sir qilmaydi. Lekin
to‘rt-besh yoshdan boshlab bolalar tengdoshlari fikrini e’tiborga
ola boshlaydilar va garchi u o‘z taassurot va bilimlariga to‘g‘ri
kelmasada ko‘pchilik fikriga qo‘shiladi. Bunday ko‘pchilikning
fikriga bo‘ysunish konformlik deb nomlanadi. Tajribada kon-
formlikni aniqlashingiz mumkin. Masalan, bir nechta bolaga
ataylab, stol ustida turgan qora va oq pirami dachalarni ikkala-
377
si oq deyishga o‘rgatasiz. Kelishuvda qatnashmagan bola, ik-
ki-uch tengdoshi ning fikrini eshitgach, «Piramidachalar qay-
si rangda?» degan savolga «Ikkalasi ham oq» deb javob beradi.
Olti yoshda konformlik bolalarda ancha susayadi. Konform-
lik maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z fikrini muvofiqlashtira
olish ga erishishda o‘tish davri hisoblanadi. Lekin ba’zi bolalar-
da u mustahkam o‘rnashib olib va shaxsning salbiy fazilatlari-
ga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: