Maktabgacha yoshdagi


yoshli bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlar



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

3 yoshli bolalarning psixik rivojlanishidagi asosiy o‘zgarishlar

Yosh 

davr-

lari

Bilishi

Harakatlari

Muloqoti

1 hafta Harakatlarni kuzatish.

2 hafta

Onasining tovushi-

dan boshqa tovushlarni 

farq lashi, shaqildoq to-

vushiga reaksiya.

Ko‘ruv diqqati.

1–2 

oylik


Ko‘rish, eshitish, ta’m, 

hid bilish reseptorlari-

ga nisbatan shartli ref-

lekslar hosil bo‘ladi.

Eshitish diqqati.

Jonlanish kom-

pleksi.

Guvranish.

3 oylik

Ko‘rish qobiliyatining 

shakllanishi, obyektni 

ko‘zi bilan qidirish.

Yon tomon-

ga o‘girilish, 

qo‘llarni ma’lum 

maqsad bilan 

harakatlantirish.

Jilmayish va 

ovozga javob qay-

tarish, mulo-

qotga intilish. 

Emotsional reak-

siyalarning

paydo bo‘lishi.

5 oylik

Dinamik stereotiplar-

ning dastlabki 

ko‘rinishi. Rangli ma-

tolarni ezg‘ilash, to-

vush kelgan tomonga 

tez va to‘g‘ri qarash.

Dastlabki emak-

lash harakatlari. 

Yordam bilan 

o‘tirish.

Kattalarga muno-

sabatning paydo 

bo‘lishi.  Ku lish, 

qiyqirish, yotsi-

rash, gap ohan-

gidan tushunish, 

javob reaksiyalari.

7 oylik

Taqlidiy harakatlar.

Yordam bilan 

turishi.


So‘zlar bilan bu-

yumlar aloqa-

sini anglash, ko‘z 

bilan so‘ralgan 

buyumga qarash.

8 oylik


Sensomotor  intellekt -

ning yuzaga kelishi. 

Paypaslash, ushlash, 

og‘ziga solish.

Tayanib yurish, 

tanish ohangga 

mos harakatlar 

qilish.


Noverbal mulo-

qot.



369

9–10 


oylik

Nutqni tushunish.

Emaklash, yu-

rish harakatlari.

Kattalarga 

bog‘liqlik, begona 

muhit va be gona 

kishilardan xa-

votirlanish, yot-

sirash. Bolalarga 

qarab kulish.

1 yosh


Kubik, piramidalarni 

taxlash, yorqin ranglar-

ga intilish.

Mustaqil hol-

da tik turish va 

yurish.


Nutqdan foyda-

lanishning dast-

labki belgilari, 

birinchi so‘zlar. 

Predmetlarning 

nomlarini aytish-

ni so‘rash.

1,5–2 


yosh

Oriyentirovka reflek-

si, ko‘rgazmali-harakat 

tafakkurining rivojla-

nishi.

Mayda muskul 



harakatlarini  

bajarish, ip 

bog‘lash, tug-

macha taqish va 

h.k..

Nutqning jadal 



rivojlanishi. Be-

gonalardan qoch-

maslik.

2–2,5 


yosh

Sensor  rivojlanish ning 

senzitiv davri. Qizi-

qishlarning kuchayishi. 

«Bu nima?» savolining 

paydo bo‘lishi.

Serharakat va 

ermak o‘yinlar.

300–400 so‘zni 

ishlatish, 3–4 ta 

so‘zdan iborat 

gap tuzish, aktiv 

muloqot.

3 yosh


O‘z-o‘zini ijtimoiy 

muhitda anglash, ba-

holash, taqqoslash.

Ilk layoqat nishonala-

rining ko‘rinishi. 

3 yoshli inqiroz.

O‘z harakat-

larini irodaviy 

boshqarish, 

predmetlar bilan 

harakatlar ba-

jarish.


Nutqdan mu-

omalada ak-

tiv foydalanish, 

tengdoshlar bilan 

muloqot.

Nazorat savollari:

1.  Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishishda 

qanday xususiyatlar ko‘zga tashlanadi? 



370

2.  1 yoshli inqiroz qanday kechadi?

3. Ehtiyojlarni qondirilishi asosida qanday hissiy holatlar 

yuzaga keladi?

4. Ilk yoshdagi bolalar shaxsi shakllanishining zaruriy 

shart-sharoitlari nimalardan iborat?

5.  Uch yoshli inqiroz haqida so‘zlab bering.

9.2.  Kichik maktabgacha yoshda (3–5 yosh)  

shaxsning shakllanishi 

Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy 

muhitning o‘rni

Bola jismoniy taraqqiyotining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 

davrini qamrab oluvchi maktabgacha ta’lim yoshida psixik rivoj-

lanishda ham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davr mobaynida 

bola shaxsini belgilab beruvchi xususiyatlar shakllanadi. Bola-

ning shaxs sifatida shakllanish nuqtayi nazaridan qaraganda 

maktabgacha yoshdagi davrini uch bosqichga ajratish mumkin:

Birinchi bosqich – 3–4 yoshni o‘z ichiga oladi va ushbu 

bosqich bolada emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning 

mustahkamlanishi bilan bog‘liq.

Ikkinchi bosqich – 4–5 yoshgacha bo‘lgan davr asosan ax-

loqiy jihatdan o‘zini-o‘zi boshqarishi kuchayadi.

Uchinchi bosqich – 6–7 yoshni qamrab olib bolada ishbi-

larmonlik, o‘z-o‘zini anglash, shaxs xususiyatlarining shaklla-

nishi bilan xarakterlanadi.

Bu davrlashtirish jihatidan qaralganda birinchi va ikkinchi 

bosqichlar kichik va o‘rta bog‘cha yoshiga, 3-bosqich esa katta 

bog‘cha yoshiga to‘g‘ri keladi. 



Bola shaxsining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sha-

roitlar.  Bola rivojlanib borar ekan yangi psixik sifatlarni va 

xulq-atvor ko‘rinishlarini o‘zlashtiradi. Shu tariqa u shaxsga, 

jamiyatning kichik bir a’zosiga aylanadi. Maktabgacha ta’lim 

yoshidagi bola butunlay shakllanib ulgurmagan va keyinchalik 

kamol topishga qodir bo‘lgan shaxs hisoblanadi, lekin bunga 

qaramay bolada nisbatan barqaror ichki dunyo shakllanadi-ki, 

u bolani ilk bora shaxs deb atashga asos bo‘la oladi. 



371

Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish sharoitlari 

avvalgi yosh bosqichidan jiddiy farq qiladi. Kattalar tomonidan 

bolaning xulqiga bo‘lgan talablar sezilarli darajada oshadi. 

Jamiyatda barcha uchun majburiy bo‘lgan axloq qoidalariga, 

ijtimoiy odob normalariga amal qilish asosiy talabga aylanadi. 

Atrof-muhitni bilish imkoniyatlarining o‘sishi, bolani yaqinlari 

tashkil qilgan tor doiradan olib chiqadi va o‘zaro munosabat-

lar shaklini ilk bora o‘zlashtira boshlaydi. Bola o‘zaro munosa-

batlar shaklini ilk bora kattalarning ta’lim, mehnat kabi asosiy 

faoliyati turlarida o‘zlashtirib boradi. Bola tengdoshlari bilan 

birga o‘ynaydi, o‘z harakatlarini tengdoshlarining harakatlari 

bilan muvofiqlashtirishni, o‘rtoqlarining qi ziqishlari va fikrlari 

bilan hisoblashishni faoliyat jarayonida o‘rganadi. Maktabgacha 

bo‘lgan bolalik dav ri davomida bola harakatlarida o‘zgarishlar 

va qiyinchiliklar ro‘y beradi. Ular  bolaning idroki, fikrlashini, 

xotirasinigina emas, o‘zining xulqini yo‘lga qo‘yishini ham ta-

lab qiladi. Shaxslararo munosabatlardagi axloq-odob namuna-

larini o‘zlashtirish kattalar ta’siri ostida boshqariladi. Bu katta-

larning bola shaxsini shakl lanishiga ko‘rsatgan asosiy ta’siridir. 

Bola shaxsining rivojlanishi ikki jihatni o‘z ichiga oladi. 

Ular dan biri bolani atrof-muhitni asta-sekin anglab borishini va  

unda o‘z o‘rnini his qilishini bildiradi. Bular sababli bola xulqi-

da o‘zgarishlar ro‘y beradi va ular ta’siri ostida bola u yoki bu 

harakatlarni sodir qiladi. Boshqa jihat esa his-tuyg‘u va irodani 

rivojlanishini taqozo etadi. Ular yuqorida aytilgan o‘zgarishlar 

ta’sirini, xulq-atvorni mustahkamligini, uning tashqi sharoitlar-

ga bog‘lanib qolmasligini ta’minlaydi. Bolalar uchun odob na-

munasi sifatida kattalarni o‘zi avvalo ularning harakatlari, o‘zaro 

munosabatlari xizmat qiladi. Bola atrofidagi yaqin insonlarning 

xulqi unga bevosita jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U ularga taqlid qi-

lishga, odatlarini o‘xshatishga, odamlarga, hodisalarga, narsa-

larga bo‘lgan fikrlarini o‘zlashtirishga moyildir. Lekin yaqinlari 

bilan ish cheklanib qolmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola katta-

lar ha yoti bilan har xil yo‘llar orqali tanishadi: ularning mehnati-

ni kuzatadi, hikoya, she’r va ertaklarni tinglaydi. Boshqalarning  

mehr, hurmat va maqtovlariga sazovor bo‘lgan odamlar bola 

uchun namuna vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga bolalar guru-




372

hida ijobiy baholangan va mashhur bo‘lgan tengdoshlarining 

ha rakatlari ham u uchun namuna bo‘la oladi. Va nihoyat, er-

taklarda aks ettirilgan personajlarning harakatlari ham na-

munalikda katta ahamiyatga ega. Bunday personajlar u yoki 

bu odob fazilatla riga ega bo‘ladi. Bolaning yaqinlari doirasiga 

kirmaydigan, shunday bo‘lsa ham uning e’tiborini qozona ol-

gan odamlar fikri uning namunali xulqni o‘zlashtirishida kat-

ta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bola bu odamlarga qattiq bog‘lanib 

qolganligi sababli, ularning kattalarga, bolalarga, hikoya va er-

tak qahramonlariga bergan bahosi u uchun boshqalarnikidan 

ishonarli tuyiladi.

Kichik va o‘rta guruhdagi bolalar axloq namunalariga kat-

ta qiziqish bildiradilar. Masalan, ertak yoki hikoya eshitayotib,  

ular kim yaxshi va kim yomon ekanligini aniqlashga tusha-

dilar. Bu ma’noda noaniqlikka chiday olmaydilar va hattoki 

o‘z nuqtayi nazarlaridan jonsiz predmetlarni ham baholamoq-

chi bo‘ladilar. O‘rmonda adashib qolgan va daraxt kesuvchi 

tomonidan qutqa 

rib qolingan bola haqidagi ertakni tinglab 

bo‘lgach besh yoshli bola: «Bolani topib olgan amaki yaxshi 

ekan, o‘rmon esa yomon, u bolani adashtirib qo‘ydi», dedi. 

To‘rt yoshli bola bo‘lsa, tentak haqidagi bir qator ertaklarni 

eshi tib bo‘lgach: «Oyijon tentaklar yaxshi bo‘ladimi yo yomon-

mi?» – degan savolni berdi (Muxina tadqiqotlari). Bolalarning 

o‘zi ham, atrofdagilar ulardan kutayotgan xulq haqidagi tasav-

vurdan kelib chiqqan holda, sekin-asta o‘z harakatlarini ba-

holay boshlaydilar.

Kichik va o‘rta guruhdagi bolalar madaniy-gigiyenik 

ko‘nikma qoidalarini, tartibga rioya qilish va o‘yinchoqlar bi-

lan muomala qilish qoidalarini o‘zlashtiradilar. Ular kattalar 

talablariga bo‘ysunish bilan birga, qoidalarga ham ega bo‘lishga 

harakat qiladilar. Tengdoshlari axloq qoidalarini buzganli-

gi haqida bog‘cha tarbiyachisiga arz va shikoyat bilan muro-

jaat qiladilar. Aksariyat hollarda bunday shikoyatlar chaqim-

chilik emas, balki o‘ziga xos bo‘lgan iltimosni, qoidaga rioya 

qilish hamma uchun majburiy ekanligini bildiradi. Kichik va 

o‘rta yosh davrida boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabat qoi-

dalarini o‘zlashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi. 



373

Do‘stining fikrini, uning huquqlarini va xohishini hisobga 

 olish majburiyati ko‘pincha bolalar faoliyatini murakkablashti-

radi. O‘zaro munosabat qoidalarini o‘zlashtirish bolalar uchun 

oson kechmaydi, aniq bir holat xususiyatini tu shunmay, bola-

lar bu qoidalarni dastlab rasman qabul qiladilar. Ular tomo-

nidan muomala qoidalarining amalda o‘zgartirilishi, buzilishi 

va tiklanishi orqali bolalarda tajriba paydo bo‘ladi.

Kattalarning bolaga nisbatan «yaxshi bola»ga bo‘lgandek 


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish