Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:

1.  Bolalar xayolining rivojlanishi xususiyatlari.

2.  Ilk yoshdagi bolalarda xayolning rivojlanish xususiyatlari 

nimada ifodalanadi?

3.  Aktiv xayolning bolalarda rivojlanishi xususiyatlari.

4. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayol jarayoni kattalar-

ga nisbatan yaxshi rivojlangan degan fikr mavjud. Bu fikr 

to‘g‘rimi, tahlil qilib bering. 

5.  Xayolning rivojida turli tadbirlarning o‘rni nimada?



357

IX  bob.  MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR 

SHAXSINING SHAKLLANISHI 

9.1.  Ilk yoshda bola shaxsining shakllanishi

Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishish 

xususi yatlari.  Inson ontogenezida uning 1 yoshdan 3 yoshga-

cha bo‘lgan o‘sish davri alohida ahamiyat kasb etadi. Chun-

ki bu davrda insonga xos eng muhim sifatlar, xarakter xisla-

ti, atrof-muhitga, o‘zgalarga munosabat, xulq-atvor, tafakkur 

va ong kabi psixik aks ettirishning turli ko‘rinishlari shaklla-

nadi. Bularning barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida 

tarkib topadi.

Bolaning yurishga urinishi, turli narsalar bilan ovunishi va 

shug‘ullana olish imkoniyatlari kengayishi, uning kattalarga be-

vosita tobeligi, ularga bog‘liqligi nisbatan kamayadi. Asosiysi,  

uning mustaqil harakat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar 

yaratiladi.

R.Y. Abramovich-Lextmanning tadqiqotlarida ifodalanishi-

cha, bir yoshli va bir yosh-u ikki oylik bolada turli narsalar 

bilan ha rakat qilishning oddiy turi jadal rivojlanadi. Boshqa-

cha aytganda, unda jismlar bilan muayyan harakatni amal-

ga oshirishning nisbatan barqaror usullari shakllana boradi. 

Shunday harakatlar tobora ortadi va murakkablashadi, ular-

ning mohiyati borgan sari chuqurlashadi.

D.B. Elkonin fikricha, bolalarda keng ko‘lamli va ko‘p miq-

dordagi predmetlarni tanish, idrok qilish, ularning xususiyat-

larini o‘zlashtirish ehtiyojining ortishi katta yoshdagi odamlar 

bilan muloqotga kirishish mayli, tuyg‘usi va istagini kuchayti-

radi. Shunday bo‘lsada, bu muammo bola shaxsiy o‘yin faoli-

yatini tashkil qilishda hali kattalarning yordami va rag‘batiga 

muh tojligini  ko‘rsatadi.

Bir yoshli bolaning turli harakatli o‘yinlarda muvaffaqiyat-

sizlikka uchrashi, ko‘zlagan ishini bajarishidagi noxush ke-

chinmalar uning psixikasida dastlabki affektiv holatni vujudga 

keltiradi. Shuningdek, o‘z faoliyatida uchraydigan ko‘ngilsiz 

voqealarga shaxsiy munosabatini bildirish, aks ettirish 

ning 



358

yangi shakli ta’sirlanishni tarkib toptiradi. G‘azablanish, 

jahl, qahr-u g‘azab tuyg‘ularining xususiyatini tadqiq qil-

gan T.E. Konnikova ma’lumotlariga binoan, bir yoshli bola-

da ko‘pincha bezovtalanish, xatti-harakatdagi «portlash», 

qahri qattiqlik yuzaga keladi. Uning fikricha, bola psixikasi-

da paydo bo‘layotgan xulq natijasi tirishqoqlikning o‘ziga xos 

ko‘rinishidan iborat bo‘lib, u o‘zi yoqtirgan narsani tezroq 

qo‘liga olish xohishi bi lan uzviy bog‘liqdir.

Odatda, affektiv holatga berilish yoki affektiv ta’sirlanish 

bolada kattalar bilan muloqot chog‘ida psixik jihatdan qoniq-

maslikni hosil qiladi. Psixolo gik ma’lumotlarga ko‘ra, 1 yoshli 

inqiroz vaqtida «portlash», «lov etish» xususiyatiga ega bo‘lgan 

affekt quyidagi sabablar bilan vujudga keladi: 

1)  kattalar bolaning xohish-istaklarini tushunmasligi, imo-

ishorasi va yuz-chehra harakatlariga, pantomimikasiga (yuz 

bilan tana harakatlari qo‘shilishi) e’tiborsizligi;

2)  bolaning ixtiyorsiz xatti-harakatiga batamom qarshilik 

ko‘rsatish, uning talabini bajarmasligi, qoniqtirmasligi;

3)  bolaning o‘zgarishlarga oid bilimlardan bexabarligi, bu 

o‘zgarishlarni oldindan seza olmasligi va boshqalar.

Jazavaga tushishning xususiyati va darajasi bo 

laning ya-

shash sharoiti hamda unga kattalarning munosabatida o‘z ifo-

dasini topadi va mahalliy mezonlar yordami bilan aniqlana-

di. N.A. Menchinskaya o‘z kundaliklarida bir yarim yoshli 

o‘g‘lining o‘jarligini shunday ta’riflaydi: «Mumkin emas!» de-

gan taqiqlashga javoban Sasha o‘jarlik qilar, sho‘xligini yana 

zo‘r berib davom ettirishga urinar edi; uning o‘jarona xohishi-

ni boshqa obyektga tortish bilangina bartaraf qilsa bo‘lar edi: 

ko‘pincha taqiqlashga qarshi yig‘lab injiqlik qilar, hatto o‘zini 

polga otar, qo‘l va oyoq larini tapillatar, ammo bunday «jazava» 

uning xulqida juda kam sodir bo‘lib, uni bunday sho‘xliklaridan 

tez va oson chalg‘itish mumkin edi...».

Psixologlardan L.S. Vigotskiy, P.P. Blonskiy va ularning sho-

girdlari olib borgan ishlardan ko‘rinadiki, bolada paydo bo‘lgan 

dastlabki so‘z va ibora go‘daklik davridan ilk bolalik davri-

ga o‘tishning eng muhim sharti hisoblanadi. Harakat bilan 

so‘zning bog‘lanishi bolaning mustaqilligi va mustaqil faoliyat-



359

ni amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi. Nutq orqa-

li muloqot ehtiyojining paydo bo‘lishi bo laning psixik jihatdan 

o‘sishida muhim turtki vazifasini bajaradi va uni mustaqillik 

sari yetaklaydi.

D.B. 


Elkoninning fikricha, so‘zlarning hosil bo‘ 

lishi va 

bola 

ning nutqiga aylanishi, eng avvalo, so‘zning ma’nosini 



tushunib va idrok qilishga bevosita bog‘liqdir. Buning nati-

jasida bola ning lug‘at boyligi keskin ko‘payadi, ikkinchidan, 

nutqida ikkita so‘zdan iborat gap tuzish imkoniyati vujud-

ga keladi va uchin chidan, predmetlarning nomiga qaratilgan 

savollar tug‘iladi. Bu jarayon 1,5 yoshdan oshgandan so‘ng 

boshlanadi va bolada kattalar bilan muloqotning yangi bos-

qichi paydo bo‘lganini bildiradi. Nutq orqali bolalarga vaziyat 

va holat nomlari emas, balki predmetlarni anglatuvchi so‘zlar 

o‘rgatiladi. Go‘daklik davridan ilk bolalik davriga o‘tish uning  

faoliyatida va kat talar bilan muloqo tida jiddiy olg‘a siljish bi-

lan ajralib turadi. Ana shu siljish bolada atrofdagi odamlar va 

narsalarga tabaqali munosabatni shakllantiradi. Biroq bu mu-

nosabatlar faqat kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyat orqa-

li amalga oshadi. Kattalar bilan hamkorlikdagi yoki mustaqil 

predmetli harakatlarni egallashdagi yutuq yoki muvaffaqiyat-

sizlik, omadsizlik hollari bolada turli his-tuyg‘u va kechin-

malarni (quvonch, tashvish, achinish, qayg‘urish, samimiy lik, 

loqaydlik va hokazolarni) vujudga keltiradi. Shaxs ning faolli-

gi, harakatchanligi, tashabbuskorligi, intiluvchanligi, bilishga 

ishti yoqmandligi, dadilligi asosan yuqoridagi omillarga uzviy 

bog‘liqdir va bunga befarq qaramaslik kerak.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish