Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:

1. Bog‘cha yoshida nutqning o‘sishi xususiyatlari nimalar-

da namoyon bo‘ladi?

2.  Bola nutqining o‘sishiga oila muhiti qanday ta’sir ko‘rsatadi? 

3.  Egotsentrik nutq nima?

4.  Tarbiyachining nutqi qanday nutq talablariga rioya qilin-

gan holda bo‘lishi kerak?

5.  Tarbiyachi nutqiga qanday talablar qo‘yiladi?



8.6. Xayolning bolalarda rivojlanishi

Bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol bir xilda rivojlanmaydi. 

Agar kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida asosan tiklovchi xayol 

o‘sgan bo‘lsa, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida xayol-

ning ijodiy turi ham o‘sa boshlagan bo‘ladi.

Bolaning bog‘cha yoshida harakat doirasining kengayishi, 

bilimlarining ortishi, turli xil yangi ehtiyoj va qiziqishlar ning 

paydo bo‘lishi unda xayol jarayoni birmuncha tez sur’at bi-

lan rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bog‘cha yoshi-

dagi bolalarning xayol qilish qobiliyatlari bog‘chagacha tarbiya 

yoshidagi bolalar xayolidan har tomonlama ustun turadi.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan ixtiyorsiz va tik-

lovchi xayol bo‘lib, ularning turli-tuman faoliyatlarida o‘sib boradi. 



355

Biroq shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalar-

da xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning o‘yinlari ham 

xilma-xil bo‘lmas edi. Demak, bolalarning xayol qilish qobiliyat-

lari ularni turli xil o‘yinlar o‘ynashga undasa, o‘z navba tida o‘yin 

ularning xayolini o‘stiradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar ning xayoli 

mashg‘ulotlarda ham o‘sib boradi. Masalan, bolalar loy o‘ynashni, 

ya’ni loydan turli narsalar yasashni (shu jumladan, plastilindan 

ham), qumdan turli narsalar qurishni, rasm chizishni yaxshi 

ko‘radilar. Bu mashg‘ulotlar, ayniqsa, rasm chizish mashg‘uloti 

bolalar xayolini o‘stirishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik yosh-

dagi bog‘cha bolalarida hali ijodiy xayolning yo‘qligi ularning rasm 

chizishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha 

bolalarining chizgan rasmlari hamma vaqt ro‘zg‘or mavzularidan 

nariga o‘tmaydi. Chunki, bu yoshdagi bolalar har kuni ko‘rib tu-

radigan narsalari haqidagina xayol qila oladilar.

O‘rta va, xususan, katta guruh bolalarining rasm chizishlarida 

ijodiy xayolning yuzaga kela boshlagani aniq ko‘rinadi. Ular rasm 

chizishda faqatgina uy-ro‘zg‘or mavzulari bilan cheklanib qolmay, 

uzoq o‘tmish va kelajakdagi narsalarga oid rasmlar ham chizadi-

lar. Bu yoshdagi bolalar o‘z o‘yinlarida va chizgan chizmala rida 

katta odamlarning turli-tuman faoliyatlarini mustaqil tasvirlash-

ga intiladilar. Bunday paytda ular faqat xayoliy tasavvur etish yoki 

taqlid qilish bilan cheklanib qolmay, balki o‘zlari ijodiy ra vishda 

yangiliklar ham qo‘shib boradilar. Masalan, ular mazmunli o‘yin 

o‘ynaganlarida yangi-yangi rollarni o‘ylab chiqaradilar «poyezd» 

yoki «vokzal» o‘yinida poyezdda yoki vokzalda xizmat qiluvchi 

kishilardan tashqari yo‘lovchilarni vokzalga olib keluvchi trans-

port, ya’ni taksi haydovchi rollarini qo‘shadilar.

Katta yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining rasmlarida xayo-

liy obrazlarni (hatto orzularini) aks ettiradilar. Shuning uchun  

ular ko‘pincha erkin temada; o‘zlarini qiziqtirgan va ayni 

chog‘dagi ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar haqida rasm 

chizadilar. Ana shunday erkin temada rasm chizish jarayonida 

bolalarning ijodiy xayol qilish qobiliyatlari o‘sib boradi. Bog‘cha 

yoshidagi bolalar xayolining rivojlanishiga turli xil hikoya va er-

taklar ham ta’sir ko‘rsatadi. Xalq turli qiziqarli, ibratli va ta’limiy 

ertaklar ijod etishda bog‘cha yoshidagi bolalarni ham unutmagan. 




356

O‘zbek xalqining og‘zaki adabiyotida yosh bolalarga tushunarli, 

sodda til bilan yaratilgan ertaklar mavjud. Bulardan tashqari, rus 

va boshqa xalqlarning tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan er-

taklar ham ko‘pdir. Bog‘cha yoshidagi bolalar uchun yaratilgan 

ertaklarning ko‘pi antropomorfizm xarakteriga egadir. Bu ning 

ma’nosi shuki, ertaklar 

ning qahramonlari odamlarga o‘xshab 

«gapiradigan» hayvonlardan iboratdir. Bolalar bunday ertaklarni 

juda yoq tiradilar va har doim maroq bilan tinglaydilar.

Bog‘cha yoshidagi bolalar hayvonlar haqidagi turli ertaklar-

ni eshitganlarida ularda shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan 

ma’lum munosabat yuzaga keladi. Masalan, doim yovuzlik qi-

ladigan bo‘ri obrazini, haddan tashqari ayyor tulki obrazlarini 

bolalar sevmaydilar. Ularga qo‘rqoq quyon, xo‘roz, g‘oz, ech-

ki, beozor hayvonlarning obrazlari yoqadi. Turli ertaklar bola-

larning xayollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Ular o‘z xayol 

kuchlarini ishga solib, eshitayotgan yoki eshitgan ertaklaridagi 

turli obrazlarning qiyofasiga kiradilar. Boshqacha qilib aytganda, 

eshitgan ertaklari ular o‘yinining mazmuniga ham ta’sir etadi.

Bolalar uchun chiqarilgan turli ertaklarning tarbiyaviy ahami-

yatini nazarda tutib, pedagog-tarbiyachilar bolalarga ertak aytib 

berish va o‘qib berishga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim.

Shunday qilib, xayol bog‘cha yoshdagi bolalarning taraq-

qiy etishlarida katta o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham 

bog‘cha yoshi davrida bolaning xayoli yetarli o‘sgan bo‘lishi 

kerak. Chunki maktabdagi o‘qish jarayonining birinchi ku-

nidan boshlab bolalarda xayol qilish qobiliyati, xususan ting-

lash qobiliyati yaxshi o‘sgan bo‘lishi talab qilinadi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish