Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Tarbiyachining nutqi nutq talablariga rioya qilingan hol-

da bo‘lishi kerak. Ya’ni nutqning tushunarliligi, soddaligi, 

ta’sirchanligi, boyligi, ravonligi, sofligi, ifodaliligi, mazmundor-

ligi, aniqligi, chiroyliligi, to‘g‘riligi bilan ajralib turishi ke rak. 

Ba’zi tarbiyachilarning nutqi juda ta’sirchan bo‘ladi. Bunday tar-

biyachilar nutqi his-tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib, ular o‘zlari 

gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar, ana shundagina 

bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar». O‘tkazmoqchi 




351

bo‘lgan mashg‘ulotiga tarbiyachining o‘zi qizi qishi va uning o‘zida 

ham samimiy his-tuyg‘u hosil bo‘lishi shart. Tajribali bir pedagog 

yosh tarbiyachilarga shunday deydi: «Bolalarga hikoyani shunday 

so‘zlab beringki, go‘yo o‘sha voqealarda o‘zingiz ham qatnash-

gandek bo‘ling…». Lekin hamma tarbi yachilar ham obrazga ki-

rib hikoya yoki ertakni aytib bera olmaydilar. Ba’zi tarbiyachilar-

da esa nutq ancha ohista, ta’sirsiz, kam ifodali, qat’iy izchillikka 

rioya qilingan holda, dalilli va mantiqiy bo‘ladi. Bunday nutq bi-

roz zerikarli bo‘lib bolalarni mashg‘ulotga diqqatini jamlab oli-

shi qiyinroq kechadi. Bunday nutq yo‘naltirilgan yoki boshqacha 

ayt ganda un dalma nutqdan iboratdir.

Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari.

Yana shunday tarbiyachilar ham borki, ularning nutqi emot-

sional ham, mulohazali ham emas, ammo bolalar ular nutqi-

ni yaxshi o‘zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi 

yangraydi, gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi 

kishining irodasi borligi sezilib turadi, o‘z bolalarida ixtiyorsiz  

ishonch hosil qiladi. Tarbiyachi fikrlarining haqchanligiga, 

bolalarni ishontirishga qattiq kirishganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib 

turadi. Ularning to‘g‘riligi va muhimligiga ishonch ixtiyorsiz ra-

vishda bolalarga o‘tadi. Bu katta ishonch va ta’sir kuchiga ega 

bo‘lgan irodali nutq deyiladi. Lekin bunday nutq avtoritar xarak-

terga ega bo‘lib bolalardagi mustaqil fikrlashni cheklab qo‘yadi.




352

Zarur iboralarni tez tanlay olish: so‘z boyligiga, fikrlash 

jara yonining tezligiga, gapirilayotgan mavzuni yaxshi bilgan 

bo‘lishiga, topqirligiga, kishining shu paytgacha umumiy ho-

latiga va boshqa ko‘pgina sabablarga bog‘liqdir. O‘z nutqi-

ni qulay va to‘g‘ri tuza bilishda badiiy adabiyotni o‘qib turish 

katta ahamiyatga ega. Kitob o‘qiganda shaxsda lug‘at boyligi 

ko‘payadi, fikrining obrazliligi ortadi, nutq ravshan, chiroyli 

va adabiy bo‘ladi. Nutqda murakkab jumlalar va notanish qiyin 

so‘zlar bo‘lmasa, u ham ravshan, ham tushunarli bo‘ladi. Mu-

rakkab bo‘lmagan qisqa jumlalar bayon etiladigan ma’lumotni 

tez tushunib olishga yordam beradi.

Ammo fikrni bayon etishda juda ezmalanish ham bo‘lmaydi. 

Nutqning juda qisqaligi, mavzuning haddan tashqari ko‘pligi, 

hodisalarni ko‘p keltirish bolalarning tushunmay qolishiga 

sabab bo‘lishi mumkin. Bayon etish aniq, ifodalar ravshan, xu-

losa va umumlashtirishlar aniq bo‘lsa, tarbiyachining ba yoni 

tushunarli hamda tez esda qoladigan bo‘ladi. Tarbiyachi nut-

qining sodda bo‘lishini unior mazmunga aylantirib yubormasli-

gi kerak. U yetarli mazmunga ega bo‘lishi kerak. Uning murak-

kablashib ketishidan, bolalarning charchab qolishidan qochish 

ke rak.


Tarbiyachi nutqining tashqi shakli: tarbiyachi ovozining 

yoqimliligi (uning bo‘yoqliligi va kuchi), ravonligi, ohangdor 

bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Nutqning bu tomonini yaxshilash 

ustida ishlash har bir pedagog uchun juda muhimdir. Tarbiya-

chining ovoz tembri juda past va juda yuqori ham bo‘lmasligi 

kerak. U bir tekis baland ovoz bilan gapirganda fikrni bo‘rttirib 

ko‘rsatish uchun ovozini goh ba land, goh past qilib gapirish im-

koniyatidan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, tarbiyachi ning 

baland ovozi bolalarni asabiylashtiradi, shu bilan birga tarbi-

yachi sinfdagi shovqinni ham eshita olmaydi. Juda past ovoz 

bilan gapirilgan nutq ham bolalarga yaxshi eshitilmaydi. Eng 

yaxshi pedagoglar ning taj ribasi mavzuni o‘tishda bolalarning 

bilim darajasiga, yoshiga, o‘tiladigan o‘quv materialining maz-

muniga, tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan vazifaga, ishning 

boshqa sharoitlariga qa rab nutqning biror shaklidan maqsadga 

muvofiq foydalanish lozimligini ko‘rsatadi.




353

Tarbiyachining vazifasi o‘quvchilarga faqat ta’lim berish bi-

lan chegaralanib qolmay, balki ularni har bir hikoya ustida 

o‘ylashga, uni emotsional his qilishga o‘rgatishdan iboratdir.



Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan talablar

Tarbiyachi quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak:

1. Mashg‘ulotga puxta tayyorlanish; mavzuga taalluqli be-

vosita voki boshqa muhim va qiziqarli materiallarni to‘plashi 

lozim. Ayniqsa endi ish boshlagan yosh tarbiyachining eshituv-

chilar ol didagi qo‘rqishi uning mashg‘ulotni o‘tkazishiga ju-

da xalal beradi, nutq muvaffaqiyatsiz chiqadi. So‘zlash oldidan 

hayajonlanmaslik uchun, o‘zingga ishongan bo‘lishing ke-

rak, bu esa mashg‘ulotga puxta tayyorlanishga bo‘g‘liq. Tarbi-

yachi mashg‘ulotga qanchalik yaxshi tayyorlansa, u so‘zlashda 

shunchalik kam hayajonlanadi. Hech kimga oldindan ma’lum 

bo‘lmagan mehnat notiq ishon chining garovidir. Bu ishonch 

o‘sha soatda, nutq vaqtida, notiq nima bo‘lishini va yana nima 

aytishini o‘zi his qilgandagina paydo bo‘ladi.

2. Ovozni o‘zgartirish – fikrga bog‘lab uni ko‘tarish va 

pasay tirish lozim. Bolalarning yoshiga mos ravishda erkalash 

ohanglaridan foydalanish lozim. Uning ovozi va intonatsiyasi 

diqqatni o‘ziga tortadi. Ba’zan ovozni ancha «pastlatish» kerak, 

pauza qilib baland ovozdan past ovozga o‘tiladi. 

3. Gapirayotganda qo‘l va gavdani harakatlantirish nutqni 

jonlantiradi, biroq bundan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. 

Haddan tashqari ko‘p harakatlar yoki u yoq-bu yoqqa yurave-

rish ham diqqatni chalg‘itadi. Eshituvchilarning ayrim guruhiga 

tikilib gapirish ham foydali. Bu bilan eshituvchilar diqqati tortila-

di va notiqda muhabbat paydo bo‘ladi. U yaqqol ko‘rinishi, «yuzi, 

tili bilan gapirishi», ya’ni mimikadan unumli foydalanishi kerak.

4. Nutq shakli oddiy, tushunarli bo‘lsin. Ko‘gazmali taq-

qoslash, o‘xshatish, ifodalilik ham yaxshi ta’sir etadi.

5. Eshituvchilar diqqatini bo‘shashtirmasdan, hatto uni 

oshi rish ham zarur.

6. Ortiqcha (sheva va «shunday qilib», «demak», «ana», 

«anaqa» va shu kabi) mazmunsiz so‘zlarni ishlatmaslik, qisqa 

gapirish karak.



354

7. Nutqni uzmay gapirish bu – notiqning keraksiz, ortiq-

cha gaplarga to‘xtalmasdan, nutqning yangi qismiga o‘tishidir.

8. Qisqa chekinishlar ham qilish mumkin, bunday cheki-

nishlar yengil, hatto komik xarakterda bo‘lishi va ayni vaqtda 

nutq ning ana shu joyiga tegishli mazmun bilan bog‘lanishi  lo zim.

9.  Nutq oxirida xulosa qilish, ya’ni uning muqaddimasi bi-

lan bog‘lash lozim.

Shunday qilib, tarbiyachi nutqining boyligi bolalar bilan mu-

nosabatga kirishishni, ya’ni «bola tili»ni bilish hamda tarbiya-

chining o‘z-o‘zini tayyorlashda eng muhim xususiyatlardan biri 

hisoblanadi. Buning natijasida u bolalarda zarur his-tuyg‘u hosil 

qiladi va shu bilan birga ularga zarur tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, 

jonli fikr uyg‘otadi va emotsional o‘lchovda, ishonarli hamda 

tu shunarli, yorqin gapirishni o‘zlashtirishiga  yo rdam beradi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish