Mavzu:Texnologiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish
Reja :
1.Dars jarayonida AT larining o’rni
2.Texnologiya darslarida AT dan foydalanish
3.Innovatsion texnologiyalar haqida malumot.
4.Iimovatsion texnologiyalardan foydalanishning shakl va metodlari.
5.Innovatsion texnologiyalardan ta ‘lim jarayonida foydalanish usullari.
Jamiyatning har bir a’zosi, o’zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshishiga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, o’qituvchi ham o’z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi asosida oshirib borishi mumkin. Har bir o’qituvchi mehnat faoliyati jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o’z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi lozim.
Zamonaviy axborot texnologiyalari o’z muhitida axborot ob’ektlarini, ularning o’zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to’plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi. Hozirgi kunda o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O’qituvchi tomonidan targ’ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo’naltirilgan xarakterda ega bo’lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo’lishi kerak.
XXI asr axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan:
- o’qitish va o’qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo’linmalarining;
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligini belgilash, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni qo’llashning eng muhim ko’rsatkichlaridan hisoblanadi.
Bu sohada erishilayotgan yutuqlarni hisobga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim muassasasi umumiy faoliyati jarayonlarida qo’llash samarali bo’lishini ta’kidlash lozim:
- ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish;
- dars jadvallarini tuzish;
- muassasa o’qituvchilari hamda o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bankini yaratish va undan foydalanish;
- o’qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish;
- o’quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishni interfaol telekonferentsiya, virtual maslahatlar, muhim axborotlarni o’qituvchilarning jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash orqali tez tashkil etish;
- ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish;
- dars jadvallarini tuzish;
- muassasa o’qituvchilari hamda o’quvchilar bo’yicha ma’lumotlar bankini yaratish va undan foydalanish;
- o’qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish;
- o’quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishni interfaol telekonferentsiya, virtual maslahatlar, muhim axborotlarni o’qituvchilarning jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash orqali tez tashkil etish;
Ta’lim muassasasining o’quv faoliyatida esa:
- axborot va axborot texnologiyalarini majburiy o’rganishni tashkil etish;
- barcha fanlar bo’yicha o’rgatuvchi dasturlardan foydalanish;
- kompyuter testlari yordamida o’quvchilarning o’zlashtirishini nazorat qilish;
- kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxonalardagi kitoblarga Internet orqali buyurtma berish;
- o’qituvchilarning metodik ishlanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa o’quv qo’llanmalarini nashrga tayyorlash;
- Internet tizimidagi ma’lumotlardan foydalanib, o’quvchilar tomonidan ma’ruzalar va referatlarni mustaqil tayyorlashga erishish;
- o’quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanish;
- maxsus entsiklopedik lug’atlardan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishda, o’qituvchi uning mazmuniga ko’ra bir qancha vazifalarni bajarish mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funktsiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo’llash evaziga o’quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtiradi va o’quv materialini o’zlashtirilishining samaradorligi oshadi;
- real holatlarda, namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va ko’rish imkoniyatini berishi bilan muhim hisoblanadi;
- o’quv materiallarini o’zlashtirilishi faqat darajasiga ko’ragina emas, balki o’quvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko’ra ham samarali hisoblanadi;
- masofadan turib ta’lim olishni faqat sirtdan o’qiyotgan o’quvchilar yoxud internet ta’lim uchungina emas, balki sababli dars qoldirgan o’quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
- o’quvchilarga mustaqil izlanish yo’li bilan materiallarni izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob topish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o’quvchilarlarning yangi mavzuni o’zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o’quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo’llab quvvatlovchi axboroti»ni ko’paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va multimedia, o’qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.
Hususan, texnologiya darslarini oladigan bo’lsak, har bitta mavzu uchun taqdimot qilinadi, ko’rgazmalarning yasalishiga va yaratilishiga oid videolavhalar tashkillashtiriladi, ba’zi metodlarni ham kompyuter texnologiyalari orqali amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari o’qituvchining barcha hujjatlari AKT orqali yaratiladi (hemis, dars ishlanma, dastur, shaxsiy ish reja, sillabus, fan dastur, tarqatma materiallar, ko’rgazmalar va hk ).
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi. “Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uyro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz. О’quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir jihatlar keltirib o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq umummehnat ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining rivojlanib borayotganligi bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda.
Ijodkorlik – bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdir. Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar ijodkor insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar yaratilgan.
Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. Menimcha, avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq. «Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» - fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi.
Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini «Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritiladi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish; buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish; ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
Bugungi kunda o‘quvchi yoshlarga ta’lim–tarbiya berish, ya’ni ularni har tomonlama davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan etuk malakali mutaxassis darajasida tayyorlash mamlakatimizning dolzarb vazifalaridan biridir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”.
Harakatlar strategiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli, 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187- sonli Qarorlari qabul qilinganligi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda uzviyligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etmoqda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishi ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilinayotganligidan dalolat beradi, deb o‘ylaymiz.
Hozirgi kunga kelib deyarli barcha fanlarni o‘qitishda axborot komunikatsion texnologiyalaridan keng qo‘llanilib kelinmoqda. Texnologiya fani darslari maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik tamoyillarni qo‘llashda, uning o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. O‘quvchilar bilish faoliyati bilangina emas, balki yaratish faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Texnologiya fani mehnat qurollari, jarayonlari oddiy o‘rganish ob’ekti sifatida emas, balki o‘quvchilar amaliy ishlarini faollashtiruvchi ko‘rsatmalilik vositasi, didaktik material, ta’limning texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. Texnologiya fanini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari bor.
O‘quvchilarni texnologiya fanini to’liq o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion- pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalanilanish, texnologiya faniga oid televizor, radioda berilgan eshittirishlarni ko‘rish, o‘rganilgan ish usullarini bajarish, jurnal va gazetalarda berilgan ma’lumotlarni o‘rganib borish, texnologiya faniga oid atamalarni topishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish; fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanganimizda fan bo‘yicha o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimotlar namoyish qilganimizda o’quvchilar ko‘rish orqali chuqurroq tasavvur va bilimga ega bo‘ladilar. Bizningcha texnologiya darslarida axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanish katta ijobiy natija beradi. Chunki oldin o‘quvchilarga texnologiya darslarida amaliy mashg‘ulotlar jarayonida buyumlar tayyorlash jarayonini o‘qituvchi tomonidan birma-bar namoyish qilib berilar edi, bu ortiqcha vaqt sarflanishiga, ayrim paytlarda o‘qituvchining qayta ko‘rsatib berishiga ham to‘g‘ri kelar edi. Bugungi kunda esa axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanib tasvirga olingan mehnat operatsiyalarining videodarslarini o‘quvchilarga havola etib, o‘quvchilar ishini o‘qituvchi tomonidan bemalol nazorat qilish imkonini beradi, o‘quvchilarning bilim darajalarini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.
Axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning yana bir ahamyatli tomoni shundaki, o‘quvchilarga malakali duradgorlar, chilangarlar, oshpazlar, tikuvchilar va turli sohadagi hunarmandlarimiz tomonidan bajarilgan o‘quv mashg‘ulotlari “Master klass” larni namoyish etish orqali ularda turli xil mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini ham yaxshi yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi. Biz yuqorida texnologiya darslarida axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning ayrimlarini ko‘rsatib o‘tdik. Xulosa qilib aytganda texnologiya darslarida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalanilsa texnologiya ta’limi darslari sifati samarali bo‘ladi.
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi. Hozirgi kunda innovatsion ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib ta’limning samaradorligini ko’tarish kundan -kunga kuchayib bormoqta.
Har qanday samarador bo’lgan dars rejasi to’rt asosiy elementni o’z ichiga qamrab olishi lozim:
Ushbu to’rt asosiy element o’qituvchiga katta imkoniyatlar yaratib, o’quvchilar bilan mulaqot qilishga yordam beradi va o’quvchilarning darsda foal ishtirok etishini ta’minlab beradi.
Qiziqtiruv-motivatsiya
Taqdimot-prezentatsiya
Amaliyot-praktika
Natija-o’zlashtirish darajasini tekshirish
Qiziqtiruv.
Dars rejasining ushbu qismida o’quvchilar bilan dars mavzusiga bog’liq bo’lgan qisqa bir o’yin yoki tadbir o’tkazish, bu ularning diqqatini tortadi va mavzuni o’rganishi uchun qiziqish yaratadi. Bu bosqichning davomiyligi kopincha 4-5 daqiqa atrofida bo’lishi va uning o’rganilishi lozim bo’lgan mavzuga mos kelishi zarur.
Taqdimot.
Dars rejasining bu qismi yangi mavzu bilan bog’liq yangi materiallar berish yoki mavzuning bir qismi bilan bog’liq mag’lumatlar, dalillar, qoidalar taqdim etish faoliyati bilan uzviy bog’liqdir. Bunda maqsad o’quvchilarning bilgan narsalarini asos qilib olgan holda bilmaganlari haqidagi bilimlari darajasini oshirishdir. Agar oldingi darsda o’tilgan materiallarni qaytaradigan bo’lsak, ularni bu safar yangi ijodiy nuqtayi nazardan yaratishimiz lozim boladi.
Amaliyot.
Darsning ushbu qismida o’quvchilarning oldingi bosqichda olgan bilimlari asosida ularni amaliy fikrlashga o’rgatish. Bunday amaliy mashg’ulot turlarini darsdan oldin tayyorlab kelish maqsadga muvofiqdir. Dars jarayonida o’quvchining bajarayotgan ishlarini diqqat bilan kuzatish,yangi malumotlarning tug’ri o’zlashtirilayotganiga ahamiyat berish zarur.
Natija.
Mavzuning yangi o’rganilgan materiallarini o’quvchilar bilan mulaqot qilgan holda muhokama qilish va bu jarayonga ularni iloji boricha ko’proq jalb qilish yaxshi natiyjalarga olib keladi. Agar biror bir qoida, dalil, qonun, ko’rsatkish yoki tartibot o’quvchilarga tushinarsiz bo’lib qolsa, ularni tushintirishga harakat qilish va ularning ko’p moxiyatini anglaganliklarini his qilishi kerak.
Yuqorida aytib o’tilgan taqdimot-prezentatsiya bo’limida innovatsion texnologiyalarning qo’llanilishi o’quvchilarga darsni tushinarli va aniq, qiziqarli bo’lishiga yordam beradi. Bugungi kunda axborot ko’lami ju’da kengayib ketti. Dars mavzularini kundalik hayotdagi keskin voqealar bilan bog’lab o’tilsa, turli innovatsion texnologiyalardan foydalanilsa dars esta qolishiga erishilishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarga innovatsion usullardan foydalanib fanlar a’ro bog’langan holda ekologik gigienik bilimlar bilan darsni to’ldirishi zarur. Innovatsiya ingilizcha yangilik kiritish , yangilik degan ma’noni ifodalaydi, texnologiya esa yunoncha “texnos” –san’at, mahorat va “logos” - fan so’zlaridan olinib innovatsion texnologiya ta’lim tarbiya shakillari, metodlari va usullariga yangicha yondashish degan ma’noni bildiradi.
Texnologiya darslarida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalanilsa kompyuterlardan darslar otilsa hamma narsa iloji boricha jonli bolsa, masalan mavzuga oid kichraytirilgan maketlar, texnologik kartalar bilan dars o’tilsa texnologiya ta’limi darslari sifati samarali bo‘ladi. Innovatsion xatti-harakatlar moslashishni nazarda tutmaydi, bu o'z shaxsiyligini shakllantirishni, o'zini rivojlantirishni nazarda tutadi. Zamonaviy ta'limning talabi - o'quvchilarga iloji boricha ko'proq bilim berish emas, balki ularni mustaqil ravishda o'rganishga o'rgatish, mustaqil ishlash, nafaqat bilish, balki olingan ma'lumotlar kerakli joylarda foydalana olish, o’z maqsadlarini to’g’ri tanlay bilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |