Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi
Ongning narsa, hodisa yoki faoliyatga qaratilishi hamda toplanishi diqqat deb ataladi. 109
«Qizil va qora» jadvali metodikasi. Qizil va qora sonlarni vaqtga qaragan holda bir vaqtda sanang. 3. Diqqatning tebranishi 110 26 ta lotin harfi va 0 dan 9 gacha bo‘lgan sonlar yashi- ringan. Ularni toping! Nazorat savollari: Diqqat deb nimaga aytiladi? Inson hayotida diqqatning ahamiyati qanday? Ixtiyorsiz diqqat deb qanday diqqat turiga aytamiz? Ixtiyoriy diqqat va uning inson hayotidagi ahamiyati ha- qida so‘zlab bering. Diqqatning fiziologik asosida miyadagi qanday jarayon- lar yotadi? Diqqatning asosiy xususiyatlarini sanab bering. Diqqatning kuchi va barqarorligi deganda nimani tu- shunasiz? Diqqatning ko‘lami nima va u qanday o‘lchanadi? Diqqatning bo‘linuvchanlik va ko‘chuvchanlik xususiya- ti nima? 111 III bob. SHAXSNING PSIXIK JARAYONLARI 3.1. Sezgilar. Sezgilar to‘g‘risida umumiy tushuncha. Analizatorlar Odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta’sir ko‘rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalar- ning aks ettirilishidan iborat bo‘lgan eng sodda psixik jarayon sezgi deb ataladi. Masalan, qarshimizda turgan stol bilan ish ko‘rar ekanmiz ko‘rish yordamida biz uning rangini, shaklini, katta-kichikligini aniqlaymiz; tuyish orqali uning qattiqligini, silliqligini bilamiz; qo‘lda siljitib ko‘rish bilan uning og‘irligiga ishonch hosil qilamiz va hokazo. Bularning barchasi moddiy buyumning alohida sifatlari bo‘lib ular haqidagi ma’lumotlarni bizga sezgilar beradi. Sezgi bilish jarayonlari jumlasiga kiradi, chunki sezgi tufayli odam olamni biladi. Boshqa psixik jarayonlar: idrok, xotira, ta- fakkur, xayol uchun kerakli ma’lumotlar sezgilar orqali olinadi. Sezgilar hamisha bizning sezgi organlarimizga: ko‘zimizga, quloq- larimizga, teri ustiga va boshqa organlarga tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’sir ko‘rsatishi tufayli vujudga keladi. Yorug‘lik nuri ko‘zning to‘r pardasiga tushishi bilan u yerni qo‘zg‘atadi, bu qo‘zg‘alish nerv tolalari orqali miya katta yarimsharlari po‘stlog‘igacha yetib kelgach, odamda ko‘rish sezgisi hosil bo‘ladi. P. Pavlovning yozishicha, katta yarimsharlar qo‘zg‘a- tuvchilarning analiz qilish organidir. Shu sababdan I.P. Pavlov sezgilarning paydo bo‘lishini ta’minlovchi barcha fiziologik apparatlarni analizator deb atagan. Analizatorlar 3 qismdan: tashqi ta’sirni qabul qiluvchi retseptor (ko‘zning retina yoki retchatka deb ataluvchi nerv hujayralari yorug‘likni qabul qiladi va ko‘rish retseptori hisoblanadi); o‘tkazuvchi nerv yo‘llari (afferent, markazga intiluvchi) retseptorlarda vujudga kelgan qo‘zg‘alish shu nerv yo‘llari orqa- miyaga yetkazib beriladi; miya katta yarimsharlari po‘stlog‘idagi maxsus hujay- ralar (masalan, miya po‘stlog‘ining ko‘rish markazi deb ataluvchi qismidagi hujayralar ko‘rish uchun maxsuslashgan nerv 112 hujayralaridir). Agar analizatorlarning bir qismi zararlansa, sezgi vujudga kelmasligi mumkin. Masalan, ko‘z soqqasi tagi- dagi retina yemirilsa yoki miyaga boruvchi ko‘z nervi zararlan- sa odam ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi. Sezgi turlari Odamda paydo bo‘luvchi sezgilarni uch guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga tanamizning tashqi tomoniga joy- lashgan sezgi organlari, ya’ni eksterotseptorlar orqali vujudga keluvchi sezgilar kiradi. Ko‘rish, eshitish, teri-tuyish, hid bi- lish va ta’m-maza sezgilari ana shu analizatorlarning ishi bilan bog‘liq. Ikkinchi guruh retseptorlariga ichki organlarda joy- lashgan interotseptorlar va ichki qo‘zg‘atgichlar ta’siri uchun qulay bo‘lgan sezgilar kiradi. Uchinchi guruhga harakat anali- zatorlari va muvozanat sezgilari, propriotseptorlar kiradi. Eksterotseptorlar. Ko‘rish sezgilari narsalarga urilishi tufayli qaytarilgan yorug‘lik (elektromagnit) to‘lqinlarning ta‘siri natij asida vujudga keladi. Yorug‘lik to‘lqinlari ko‘z qorachig‘i orqali o‘tib, ko‘rish retseptori deb ataluvchi ko‘z to‘r pardasi- ga (retinaga) ta‘sir etadi. Odam ko‘rish sezgilari orqali narsa- larning rangi, shakli, fazoviy holati kabilar haqida xabar oladi. Inson hayoti va faoliyatida eshitish sezgilari katta o‘rin tu- tadi. Ba’zi jihatlarga ko‘ra u ko‘rish sezgilaridan ham muhim- roqdir: eshitmaslik bola nutqi va fikrlash faoliyatining rivoj- lanishida jiddiy g‘ov hisoblanadi. Bizning eshitish apparatimiz tovushlarning sekundiga 16—20 ming martagacha tebranishda- gi xillarini seza oladi. Biz eshitadigan tovushlarni ikki guruhga ajratish mumkin: musiqa tovushlari va shovqinlar (qarsillash, gumburlash, taqillash, shitirlash). Teri sezgilari — narsalarning mexanik va issiqlik xossalari terining sirt qismiga ta’sir qilishi natijasida paydo bo‘ladi. Teri sezgisi og‘riq va harorat sezgilariga bo‘linadi. Og‘riq sezgisi juda xilma-xil qo‘zg‘atgichlar tomonidan, ular organizmning tirik to‘qimalarini buza boshlashi bilanoq paydo bo‘la boshlaydi. Harorat sezgilari issiq va sovuqni sezishdan iborat. Qo‘l yoki tananing boshqa qismi bilan predmetni paypaslab harakat qilish orqali odamda tuyish sezgilari vujudga keladi. Taktil sezgi- 113 lar retseptorlari ham terining yuza qatlamida joylashgan nerv uchlaridir. Ular qo‘l barmoqlarining uchida va tilda eng zich joylashgan bo‘ladi. Taktil sezgilarga biron narsaning tekkanini, bosimini va tebranishini sezish kiradi. Hid bilish sezgilari bizga xushbo‘y hidlardan huzurlanish, shuningdek salomatlik uchun zararli narsalardan saqlanish imkonini beradi. Hidli moddalarning zarrachalari havo- ga tarqalib, burun kavagida, hid bilish hujayralari joylashgan shilliq pardalarga kelib uriladi va hid bilish sezgisini hosil qiladi. Og‘zimizga olingan moddalarning zarrachalari ta’m bilish sezgilarining qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi va ular til, tomoq, tanglay, kichik til yuzasida joylashgan nerv uchlariga (ta’m bilish kurtaklariga) ta’sir ko‘rsatadi. Ta’m-maza sezgilari 4 xil: shirin, nordon, sho‘r va achchiqni sezish natijasida sodir bo‘ladi. Ta’m-maza sezgilarining to‘liq sodir bo‘lishida hid bilish sezgisining ahamiyati kattadir. Agar odamning dimog‘i hidni sezmasa, yegan ovqatining mazasini bila olmaydi. Interotseptorlar. Organik sezgilar qorin ochlik, chanqash, ichki organlardagi og‘riqlar natijasida hosil bo‘ladi. Odatda ta- namiz sog‘lom, qornimiz to‘q va hech narsa bizni bezovta qil- magan paytlarda bizda og‘riq sezgilari deyarli paydo bo‘lmaydi. Propriotseptorlar. Harakat yoki kinestetik sezgilar bizga o‘zimiz qilgan harakatlar haqida xabar beradi. Har bir odam hatto ko‘zlarini yumib olgan bo‘lsa ham o‘z qo‘li, oyog‘i, tana qismlari qanday holatdaligini sezib turadi. Harakat sezgilarining retseptorlari paylarda, bo‘g‘inlarda va asosan muskul- larda joylashgan. Shu sababdan ularni ba’zan muskul sezgi- lari deb ham yuritiladi. Muvozanat sezgilari boshimizning, gavdamizning harakati hamda fazodagi holati haqida darak beradi. Muvozanat sezgilarining retseptorlari ichki quloqqa joylashgan. Bu organlarning normal holati izdan chiqqan paytda odam o‘zini noxush sezadi (masalan, boshi aylanadi yoki «den- giz kasalligi»ga uchraydi). Vibratsiya sezgilari boshqa sezgilar orasida alohida o‘rin egallaydi, bu sezgilar narsalarning tebra- nishi haqida xabar beradi. Buyumlarning va havoning tebra- 114 nishi vibratsiya sezgilarining qo‘zg‘atuvchilaridir. Tananing bu- tun ustki yuzasi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini qabul qilib oladi. Download 2,28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |