Negativ guruhlar — shaxs ularning xatti-harakatlaridan atay- lab voz kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutlaq farq qiladi. Masalan: bir-biri bilan chiqisha olmagan ikki qo‘sh de- vorlarini alohida rangda bo‘yaydi, biri tanlagan rangni ikkin- chisi xohlamaydi. Biri oq desa ikkinchisi aksincha qora deb turaveradi. Guruhlar shaxsning shakllanishiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jamoalar deganda biz umumiy faoliyat maqsadi asosida birlashgan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va shu jamiyat maqsadlariga to‘la bo‘ysunadigan odamlar guruhini tushuna- miz. Jamoa inson shaxsini shakllantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yararadigan birlik hisoblanadi. Oila jamoasi, maktabdagi o‘quv-tarbiya jamoasi, bolalar jamoasi, mehnat ja- moalari shunday bir muhit hisoblanadiki, unda shaxsning har tomonlama rivojranishi yuz beradi. Bir-biriga yordam, xay- rixohlik, uyushqoqlik, intizom kabi axloqiy motivlar jamoada tarkib topadi. Bolani mumkin qadar tezroq jamoaga qo‘shish, undagi munosabatlarda, birgalikdagi faoliyatda ishtirok eti- shi muhim hisoblanadi. Maktab o‘quvchilari jamoasining ahil bo‘lishi uchun turli tadbirlar, olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlar, sport bellashuvlari, kechalar, intellekrual o‘yinlar uyushtirish jarayoni va birgalashib tashvish tortishlari g‘oyat muhimdir. Bu jamoani shakllanishiga yordam beradi, bolalarni bir-biriga ya- qinlashtiradi, ularni dardi va quvonchini his etishga o‘rgatadi. Jamoada «men» va «ular» degan bir-biriga qarshi bo‘lgan aza- liy so‘zlar «biz» degan tushuncha vositasida barham topadi.
Guruh va jamoalardagi psixologik muhit va uni o‘rganish. Psixologik moslik bu guruh a’zolarining sifatlari va qarash- larining aynanligi emas, balki ayrim sifatlarining mos kelishi,
96
qolganlarining tafovut qilishidir. Guruhdagi ijtimoiy psixologik moslik deganda o‘sha guruh a’zolarining fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, ustanovkalari (ingl. set bo‘lib ko‘rsatma berish, anglanmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish) va o‘zaro munosa- batlaridan iborat emotsional intellektual holat tushuniladi. Bu holatni, sotsiometriya (sotsio — jamoa va metriya — o‘lcham) metodini amerikalik olim Jan Moreno guruhlardagi shaxslar- aro munosabatlarni o‘lchashga qaratilgan texnika deb atagan. Sotsiometriya yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh a’zolarida namoyon bo‘ladigan afzal ko‘rishlik, befarqlik yoki xush ko‘rmaslikning miqdoriy me’yori aniqlanadi.
Masalan:
Guruhlardagi odamlar orasidan bevosita, doimo birga ishlashni xohlagan uch kishini yozing.
1.
.
Siz bilan birga o‘qiydigan kursdoshlaringizdan kimlar bilan birga bo‘sh vaqtlaringizni o‘tkazishni xohlardingiz?
1.
.
Guruhdoshlaringizdan yaxshi o‘qiydigan 3 kishini yo- zing.
Qoida tariqasida tanlashning ikki yo‘nalishi — birgalikda mehnat (o‘qish) va vaqtichog‘lik qilish sohasi tavsiya qilina- di. Guruhdagi tabaqalanishning yakuniy holati sotsiogramma- da aks etadi. Sotsiometriya metodi juda tezkor bo‘lib guruhda- gi hissiy intilishlar manzarasi yaqqol ko‘rinadi. Afzal ko‘rishlar (yulduzlar, bechoralar) natijasi pedagog uchun ahamiyatli bo‘lib bolalar bilan yakka ish olib borishiga yordam beradi, shu asosda tarbiyaviy jarayon tashkil etiladi.
97
Guruhlar va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni me’- yorlashtirish, fazilatlarni tezlashtirish uchun qo‘llaniladigan us- lublar majmui mavjud. Ular ijtimoiy psixologik treninglar (IPT) deb ataladi. «Trening» tushunchasi inglizcha «o‘rgatish», «mashq qilish» degan ma’noni anglatib, ijtimoiy psixologik trening bu turli ijtimoiy faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo‘lib, bunda asosiy e’tibor shaxs yoki yaxlit guruhning mulo- qot yoki kommunikativ bilimdonlik darajasini maqsadga mu- vofiq tarzda oshirish jarayonini aks ettirishdir. Masalan, ko‘plab o‘quv yurtlarida faoliyatning u yoki bu sohalari uchun mutaxas- sislar tayyorlanadi. Lekin ularning kelgusi faoliyatlarida odam- lar bilan murakkab munosabatlarga o‘rgatish, o‘zini va o‘zga shaxslar hamda yaxlit ijtimoiy guruhlar faoliyatlarini boshqa- rishga mashqlanrirish va zarur ijtimoiy malakalarni orttirish- ga qaratilgan tadbirlar va tayyorgarliklar majmuasi treningdir.
Nazorat savollari:
Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli deganda nima- ni tushunasiz?
Insoniy munosabat deganda nimani tushunasiz?
Professional tinglash texnikasiga nimalar kiradi?
Muloqot qanday tuzilishga ega?
Stereotiplashtirish nima?
Guruhlar qanday tuziladi?
Jamoadagi va guruhdagi munosabatlarda farq bormi?
IPT nima?
Diqqat.
Diqqat haqida tushuncha
Ongning biror-bir predmet, hodisa yoki faoliyatiga qara- tilishi hamda to‘planishi diqqat deyiladi. Agar inson diqqat- e’tiborini o‘zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishi- ga qarata olmas ekan, unda hech bir psixik jarayon maqsadga yo‘naltirilgan va unuml i bo‘la olmaydi. Ba’zan biron-bir pred- metga qarab tursak ham uni ko‘rmasligimiz mumkin yoki u narsa ko‘zimizga g‘ira-shira ko‘rinib qolishi mumkin. O‘z fikr- lari bilan band odam yaqin atrofdagilar gaplarini mutlaqo eshit-
98
maydi. Agar diqqatimiz biror-bir narsaga qaratilgan bo‘lsa, biz og‘riqni sezmasligimiz mumkin. Agar shu narsaga, predmetga butun diqqat-e’tibor bilan qaralsa, shu predmetning miridan- sirigacha bilib olishimiz mumkin.
Diqqat subyektning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson psixikasi- da to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Biron- bir predmetga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘linganda, bu predmet ongimizning markazidan o‘rin egallaydi, boshqa barcha narsarar esa shu chog‘da kuchsiz, noaniq idrok qilina- di. Bunda diqqatimizning yo‘nalishi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan: kitob o‘qiyotgan shaxsga xona bo‘ylab radiodan tara- layotgan kuy e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Lekin radiodagi fut- bol sharhi uning diqqatini tortishi mumkin. Diqqat odatda mi- mikada, tashqi qiyofada, xatti-harakatda ifodalanadi. Ammo, ba’zi paytda o‘quvchi diqqat bilan o‘qituvchi so‘zlarini ting- layotganga o‘xshaydi, lekin uning fikri-xayoli sinfda yuz bera- yotgan voqea-hodisalardan ancha olislarda daydib yuradi.
Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamning barcha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham (masalan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib), eng murakkab faoli- yatni ham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz baja- rish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridan K.D. Ushinskiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, bunday degan edi: «Diqqat ruhiy hayotimizning shun- day yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi». Haqiqatdan ham, diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi.
Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab o‘tish lozimdir. Diqqat sezish, idrok qilish, xotira, xayol va ta- fakkur jarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatning yolg‘iz o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi. Odam biron nar- saga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytda uning tashqi qiyofasida, masalan, ko‘z qarashida, ish harakatlarida ayrim o‘zgarishlar
99
yuzaga keladi. Diqqatning ana shu tashqi alomatlariga qarab odam ayni chog‘da diqqatini biror narsaga qaratayotganini yoki qaratmayotganini aniqlash qiyin emas. Masalan, diqqatimiz biron narsaga jiddiy qaratilgan paytda barcha ortiqcha harakatlar to‘xtalib organizm qimirlamay qoladi va hatto nafas olishda ham o‘zgarish ro‘y beradi. Bunday holatda nafas olish ba’zan susayib, ba’zan chuqurlashib turadi.
Diqqatning fiziologik asoslari. Miya po‘stlog‘ida diqqatning ko‘chib yurishi xuddi katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi ikki jarayon qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonini eslaradi. Agar odamning diqqati biron-bir narsaga qaratilsa, demak bu ham unda, miya po‘slog‘ida qo‘zg‘alish o‘chog‘i maydonga kelgani- dan dalolat beradi. Bu paytda miyaning boshqa uchastkalari tormozlangan holatda bo‘ladi. Shu sababli odam ishga qattiq berilib ketganda boshqa narsani payqamasligi mumkin. I.P. Pavlov aytganidek, katta yarimsharlarning optimal qo‘zg‘alish sodir bo‘lib turgan uchastkasida yangi shartli bog‘lanishlar osonlik bilan yuzaga keladi. Ayni chog‘da miyadagi boshqa uchast- kalarning faoliyati esa odamning odatda ongsiz, avtomatlash- gan deb ataluvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Diqqatning paydo bo‘lishida oriyentirovka refleksi katta rol o‘ynaydi. Bu refleks organizmning tevarak-atrofdagi har qanday o‘zgarishiga tug‘ma reaksiyadan iboratdir. Bu refleks odamlarda ham, hayvonlarda ham bor. Xona ichidagi eshi- tilayotgan tovushga odam ham, mushuk ham qaraydi. Dars paytida sinf eshigining taqillashi. Bu refleksni Pavlov obrazl i qilib «Bu nima?» deb ataydi. Diqqatning fiziologik asosi hiso- blanmish oriyentirovka refleksining paydo bo‘lishiga retikular formatsiya, analizatorlar (sezgi organlari) shart-sharoit yarat- adi. Boshqacha qilib aytganda, har daqiqada organizmda turli narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarga nisbatan oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsa- ning ta’siridan yuzaga kelgan qo‘zg‘alish kuchli bo‘ladi. Demak, oriyentirovka refleksi ayni chog‘da kuchli (ya’ni optimal) qo‘zg‘alish manbaini keltiradi.
Bosh miya yarimsharlarining po‘stida yuzaga keladigan kuchli, ya’ni optimal qo‘zg‘alish manbai uzoqroq saqlanib tu-
100
radigan, mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Optimal qo‘zg‘alish manbai hosil bo‘lganda induksiya qonuniga ko‘ra, bosh miya po‘stining boshqa joylarida tormozlanish vujudga keladi. Nati- jada optimal qo‘zg‘alish manbaining roli yana ham ortib ke- tadi. Ana shu nuqrayi nazardan akademik I.P. Pavlov diqqat- ning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi optimal qo‘zg‘alish manbai tashkil qiladi, deb juda to‘g‘ri aytgan. «Mi- ya yarimsharlarining optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismi- da,— deydi I.P. Pavlov, — yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo‘ladi... Shunday qilib, optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan joyni ayni chog‘da bosh miya yarimsharlarining ijod- ga layoqatli qismi desa bo‘ladi. Miya yarimsharlarining sust qo‘zg‘algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari borganda, te- gishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir».
A.A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantalik prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantalik prinsipiga muvofiq miyada qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshadi. Odatda dominanta subdomi- nantaga, subdominanta esa dominantaga o‘tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko‘chib turishining nerv-fiziologik mexanizmini tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki,
P. Pavlov bilan A.A. Uxtomskiy ta’limotlari bir-biriga qara- ma-qarshi emas, balki mazmun jihatidan o‘xshashdir. Demak, oriyentirovka yoki tekshirish refleksi miya yarimsharlarining po‘stlog‘ida optimal qo‘zg‘alishni yuzaga keltiruvchi omil- lardan biridir. Oriyentirovka refleksi esa odam uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni odamning ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan narsalarning ta’siri tufayli yuzaga keladi. Bu refleksini yuzaga keltirishda bevosita qo‘zg‘atuvchilardan tashqari so‘zning, nutqning ham roli g‘oyat kattadir. Bolalarning diqqati katta odamlar tomonidan
101
aytilgan so‘zlar orqali jalb qilinadi. Demak, optimal qo‘zg‘alish manbaini so‘zlar orqali ta’sir etib ham yuzaga keltirish mum- kin.
Do'stlaringiz bilan baham: |