Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


С 11 -rasm. Ko‘r dog‘ni topish usuli



Download 2,28 Mb.
bet47/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

С





11 -rasm. Ko‘r dog‘ni topish usuli.





12-rasm. Izma-iz obrazlar.


119


3.2. Idrok


Idrok to‘g‘risida umumiy tushuncha. Narsalarning alohida- alohida sifatlari (rangi, tovushi, qattiqligi va hokazo) sezgilar tu- fayli miya yarimsharlarida aks ettiriladi. Ammo odamni qurshab olgan voqelikdagi har bir narsa yoki hodisada turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassamlashgan bo‘ladi. Analizatorlar orqali hosil bo‘ladigan sezgilar narsa va hodisalar- ni to‘g‘riroq aks ettirish uchun miya po‘stlog‘ida bir-biri bilan birikadi va odamda narsa va hodisaning yaxlit obrazi yaratiladi.


Ayni chog‘da sezgi organlariga ta’sir etib turgan narsa va hodis alarni ongimizda yaxlit aks ettirilishidan iborat bo‘lgan psixik jarayon idrok deb ataladi. Sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning ancha yuksak formasidir.

Katta yarimsharlar po‘stlog‘ida vujudga keluvchi murakkab shartli refleks bog‘lanishlari idrokning fiziologik asosi hisobla- nadi. Tashqi qo‘zg‘atuvchilar ta’siri natijasida vujudga keluvchi qo‘zg‘alishlar katta yarimsharlar po‘stlog‘ida sintez qilinadi (birlashtiriladi). Idrok qilishda bir necha analizatorlarning ishi bilan organizmning qator qo‘zg‘atuvchilar kompleksi ta’siriga javoban reaksiyasi bir-biri bilan uyg‘unlashadi. Masalan, biz atirgulni idrok qilar ekanmiz bir vaqtning o‘zida biz uning chiroyli shaklini ham, ajoyib rangini ham ko‘ramiz. Gulning xushbo‘y atrini hidlab bilamiz, gulbarglarining mayinligini tuyib sezamiz va hokazo. Alohida-alohida bu belgilarning bar- chasi miya po‘stlog‘ida yaxlit kompleks bo‘lib birikadi. Bundan tashqari, biz bu narsaning atirgul ekanligini taniymiz, ya’ni bu yerda xotira jarayonlari ham ishtirok etadi. Gul hidi bizga hu- zur bag‘ishlaydi, bizda yoqimli his uyg‘otadi. Nihoyat idrok ja- rayoni tarkibiga tafakkur ham kiradi: mazkur gul atirgulning qanday navi ekanligi haqida o‘ylaymiz, dastlabki sodda xu- losani chiqaramiz. Idrokda qaysi analizator ustunlik qilishi- ga qarab ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m-maza, teri-tuyish va kinestetik idrok turlariga ajratiladi.

Idrokning ba’zi bir xususiyatlari. Idrok odamning faoliyati bi­lan chambarchas bog‘liq jarayondir. Agar biz biron rasmga mah- liyo bo‘lib uning qarshisida qimirlamay tursak ham, baribir bi-


120





ror aqliy ishni amalga oshiramiz, aks holda hech narsani anglay olmagan bo‘lamiz. Odatda bizning ongli idrok qilishimiz, bilib olishimiz lozim bo‘lgan qandaydir konkret masalani yechish- dan iboratdir. Uni maxsus perseptiv faoliyat ( lotincha percep- tio — idrok) deb atash mumkin. Deyarli har qanday obyekt shu obyektni qurshab olgan fon bilan birgalikda idrok qilinadi. Dars boshida o‘qituvchi butun sinfga, partada o‘tirgan ko‘plab bola- larga nazar tashlab turibdi, deb faraz qilaylik. Ammo shunday bir lahza yuz beradiki, o‘qituvchining nigohi ana shu o‘nlab o‘quvchilar orasidan bittasini ajratib olib, kuzatib boradi. Qolgan butun sinf fon vazifasini o‘taydi. Ba’zan obyekt bilan fon o‘zaro o‘rin almashib turishi mumkin (vaza, o‘rdakcha, ayol va hoka- zo). Bunday rasmlar ikkilanuvchi tasvirlar deb ataladi.


Analizatorlarimizga keluvchi ko‘pdan ko‘p qo‘zg‘alishlar orasidan qaysi biriga diqqatimizni qaratsak, faqat shunisinigina biz ayni chog‘da idrok qilamiz. Bu hol idrokning tanlab (ajratib) oluvchanlik xossasi deb ataladi. Idrokning yaxlitligi va onglili- gi o‘tmish tajribamizning natijasi hisoblanadi. Agar derazadan olisdagi simyog‘ochlarga qarasak, ular ko‘z to‘r pardasida juda kichrayib aks etadi, oldimizda yotgan qalamdan ham kichikdek. Lekin biz ikkalasini ikki xil idrok qilamiz. Bu idrokimizning konstantligidan, ya’ni doimiyligidan dalolat beradi. Bolalarda turmush tajribasi oz bo‘lganligi sababli idrokning konstantlik xususiyati amaliy faoliyatlari jarayonida yuzaga keladi.



Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish