Tegishli sezgi organlariga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini ongimizda aks ettirishdan iborat bo ‘lgan eng sodda psixik jarayon sezgi deb ataladi.
117
Bir sezgi o‘rnini ikkinchi sezgi analizatori egallashi kompen- satsiya deyiladi. Masalan, ko‘zi ojizlarda eshitish, hid bilish va tuyish sezgilari kuchli bo‘ladi. Xonaga kirgan kishining qadam tovushidan kimligini aytib berishadi, maxsus bo‘rtiq yozuvli kitob o‘qiydilar. Ham kar, ham ko‘zi ojiz odamlar- da hid bilish va vibratsiya sezgilarining ahamiyati katta. Ayrim karlar royalda chalingan musiqani «tinglaydilar». Bunda ular royalga orqa o‘girib o‘tiradilar yoki royal qopqog‘i ustiga qo‘llarini qo‘yib oladilar, bu holat ularga tebranishni yaxshiroq idrok qilishga yordam beradi. Bolalarda sezgilarni yaxshiroq rivojlantirishning shart-sharoitlarini yaratish uchun pedagog avvalo turli yosh davrlarda analizatorlar rivojlanishi- da sodir bo‘luvchi qonuniy o‘zgarishlarni yaxshi bilishi hamda hisobga olishi, ikkinchidan analizatorlarning normal ishlashi- ni ta’minlovchi tegishli shart-sharoitdan xabardor bo‘lishi, bu shart-sharoitlarni hisobga olishi va sharoit yaratishi, uchin- chidan esa, har qaysi sezgini rivojlant irishga imkon beruvchi mashqlarni bilishi, binobarin, bunday mashqlarni uyushtira olishi zarur. Maxsus treninglardan foydalanish, ularni yakka va guruhiy tarzda o‘tkazish ham yaxshi natija beradi. Peda- gog albatta sezgi organlarini avaylash haqida tushuncha beri- shi zarur. Ayniqsa, hozirgi kunlarda bolalarning kompyuter o‘yinlariga berilib ketishi ko‘rish sezgisiga, uyali telefonlar esa eshitish sezgisiga salbiy ta’sir qilayotganini bilishlari zarur.
Topshiriq va mashqlar:
Oq qog‘ozdagi qizil doiraga 20—30 sekund davomida tikilib turing, keyin esa oq qog‘ozga qarang. Nima hosil bo‘ladi?
Yozilgan so‘z yoki harfni xira ko‘ringunga qadar ko‘zdan uzoqlashtirib boring. Bu bilan sherigingizdagi ko‘rish sezgirli- gini aniqlang.
Rasm (11-rasm)ni 25—30 sm masofada qo‘yib, o‘ng ko‘zni qo‘l bilan yumib, doiraga qarang. Suratni dam-badam oldinga orqaga surib shunday masofaga keltiringki plus belgisi ko‘rinmasdan qolsin. Plus belgisidan kelayotgan nur ko‘zning ko‘r dog‘iga tushib qoladi. Ko‘z soqqasidan chiqadigan nerv
118
tolalari yarimsharlardan o‘tib, bosh miyaning ensa bo‘lagiga boradi, bosh miya po‘stining ko‘ruv markazlari ham shu yer- da joylashgan.
Izma-iz obrazlar (12-rasm). Negativga 30 daqiqa tikilib qarang so‘ng oq qog‘ozga ko‘z tashlansa negativ (portret obrazi) ko‘rinadi.
Nazorat savollari:
Sezgi nima?
Analizatorning vazifasi nimadan iborat?
Sezgining qanday turlari bor?
Ko‘rish sezgisini vujudga keltiruvchi narsa nima?
Ketma-ket obrazlar qanday yuz beradi?
Harakat va organik sezgilarning farqi nimada?
Sezgirlik nima?
Adaptatsiya nima?
Sezgi xususiyatlarining o‘zaro farqi bormi?
Do'stlaringiz bilan baham: |