Diqqat umumiy barqarorlikning natijasidir. Ixtiyoriy diqqatning sustligi, noto‘g‘ri tarbiya (bolani erkalatib yuborish, ja- zolanmasdan qolishi va h.k.) shakli bo‘lishi mumkin. Bu kichik yoshdagi bolalarga xos bo‘lib nerv sistemasining zaiflashuvi yo- ki qattiq toliqish, qoniqib uxlamaslik va shu kabilar natijasidir. Katta yoshdagi kishilarda ham parishonxotirlikning bu xili yuz berishi mumkin. Qunt bilan ishlashga odatlanmagan odamda ham bu xildagi parishonxotirlik paydo bo‘ladi.
Kishi diqqati biron narsa bilan band bo‘lib boshqa narsani sezmagan paytda sodir bo‘ladigan parishonxotirlik. Bu ko‘proq yozuvchilarda, olimlarda uchraydi. Masalan, yozuv- chi o‘z fikriga astoydil berilganligi sababli atrofidagi narsa- larni, hatto yonidagi odam unga murojaat qilayotganini ham
107
sezmaydi. Ta’lim jarayonini puxta uyushtirish bolalar diqqatini shakllantirishning muhim shartidir. Diqqat ta’limning mu- vaffaqiyatli shartlaridan biri bo‘lgani uchun ham uni shakllan- tirish shu jarayonning o‘zida yuz beradi. Bolalar diqqatining jalb etilishi tarbiyachi nutqining xususiyatlariga, uning aniqli- gi, ifodaliligi, sur’ati, intonatsiyasi va boshqalarga bog‘liqdir. Ovozning me’yordagi baland-pastligi, mashg‘ulot davomi- da mazmunga qarab o‘zgarib turishi diqqatning bir narsa- ga qaratilishiga yordam beradi. Baland ovoz tinglovchilarni zo‘riqtirgani kabi o‘ta ohista nutq ham bolalarni toliqtiradi.
Diqqatni jalb etishda ko‘rgazmali va texnik vositalarni qo‘llash (rasmlar, tabiiy va mum nusxalar, jadvallar, texnika vositalari, slayd-shou va h.k.) katta ahamiyat kasb etadi. Bir xildagi ijodiy bo‘lmagan ish diqqatning to‘planishini susayti- radi, barqarorligini pasaytiradi. Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish, zarur shart-sharoitlar mavjudligi barqaror diqqatni saqlaydi, sinchkovlik va ziyraklik odatlarini hosil qiladi. Jon-
jadal suratli mashg‘ulotlar diqqatni yaxshiroq safarbar etadi. Haddan ziyod tez sur’at chog‘ida, shoshish oqibatida «diqqatning noto‘g‘ri jalb etilishi» sodir bo‘ladi, sekin sur’atlar bolani chalg‘itadi. Bolalar diqqatini barqaror saqlashda tarbiyachining izchil va muntazam talabchanligi muhim rol o‘ynaydi.
Diqqatni ma’lum obyektga yo‘naltirishda ko‘rishga nisbatan eshitish qiyinchilik tug‘diradi. Bolalar diqqatining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish ta’lim-tarbiya jarayoni- ni muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim shartidir. Masa- lan, diqqatni yetarli darajada obyektga to‘play olmaslik aqliy faoliyatning yetarli emasligiga, o‘qish faoliyatida ko‘nikma, malakalarning shakllanmaganligiga bola irodasining kuch- sizligi sabab bo‘ladi. Tashqi belgilar — yuz ko‘rinishining o‘zgacha ifodasi, nigohning qaratilganligi, gavdaning bi- roz oldinga intilganligi, peshona salgina tirishgan, lablar bir- biriga yopishganligiga qarab bola diqqatining yo‘nalganlik va to‘planganligini aniqlash mumkin. Bolaning mashg‘ulotga nisbatan loqaydligini ham tashqi ko‘rinishiga qarab ahiqlash mumkin. Ba’zan bola tarbiyachi nazarida chalg‘igan bo‘lib tuyilsa ham, lekin savollarga erkin javob berishi mumkin.
108
Barqarorlik
|
|
Ko‘chirish
|
|
Taqsimlanish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |