Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi



Download 2,28 Mb.
bet40/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Diqqatning turlari

Ixtiyorsiz diqqat paydo bo‘lishida odam ko‘pincha faqat iro- daviy zo‘r berish u yoqda tursin, biron-bir narsani ko‘rishini, eshitishini va shu kabilarni o‘ziga oldindan maqsad qilib qo‘ymaydi. Shuning uchun bu diqqat maqsadsiz diqqat deyi- ladi.

Ixtiyorsiz diqqatni sodir qiluvchi sabablar kuch- li qo‘zg‘atuvchilardir. Qo‘zg‘atuvchining nisbiy kuchi kat­ta ahamiyatga ega. Masalan: kuchli momaqaldiroq, o‘q ovozi, tundagi shitirlash. Odamning ichki holati ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishida katta ahamiyatga ega. Masalan: yoqimli taom hidi uxlab yotgan odamni ham uyg‘otib yuboradi.

Ixtiyoriy diqqat amalda biron-bir narsani idrok qilish yo­ki ish bajarish maqsadi, niyati paydo bo‘lishi tufayli maydon- ga keladi. Masalan: biron-bir ishni bajarishga qiynalsak ham, shuni bajarishga intilamiz. Ixtiyoriy diqqat mehnat mashaqqat- lari natijasida paydo bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat- ga nisbatan uzoq vaqt davom etadigan diqqat turi bo‘lib, u zo‘r berishni, ya’ni irodaviy kuch sarf qilishni talab etadi. Ana shu jihatdan olganda ixtiyoriy diqqat bog‘cha yoshidagi bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali yaxshi rivoj- lanmagan bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosi- da miya yarimsharlarining po‘stida vujudga keladigan optimal qo‘zg‘alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoli- yati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning ro­li g‘oyat kattadir. Chunki ko‘pchilik hollarda, xoh ta’lim jara­yonida bo‘lsin, xoh mehnat jarayonida bo‘lsin nutq orqali turli vazifalar qo‘yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ix­tiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamga hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab eta­di. Shu sababli odam tez charchaydi. Ana shu jihatdan ol­ganda, ta’lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-


102





vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o‘tib turishi yaxshi natija beradi. Masalan, qiziqarli rangli ko‘rgazmalar tashkil etish va hokazo.


Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat odamda ma’lum irodaviy zo‘r berishdan so‘ng paydo bo‘ladi, ammo bunda odam go‘yo ishga «kirishib» ketadi, ishga diqqatini yengillik bilan to‘play bosh­laydi. Bu diqqatning ixtiyorsiz diqqatdan farqi, bunda odam­ning anglangan maqsadi bo‘ladi, shu tufayli diqqat bir nuqtaga to‘planadi, ammo ixtiyoriydan so‘nggi diqqat, ixtiyoriy diqqat emas, diqqatning bu turi odamning maxsus irodaviy zo‘r be- rishlarini talab etmaydi. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat avval ixti­yoriy diqqat sifatida paydo bo‘lishi munosabati bilan faoliyat- ning ishga «tortish» jarayonining ilk bosqichini puxta tashkil etishi shart. O‘quv ishi boshida o‘quvchi ko‘p hollarda ixtiyo- riy diqqatni ishga soladi. Keyin o‘quvchi ishga qiziqib qoladi, ya’ni uning diqqati chalg‘iyvermaydi, u qunt bilan shug‘ullana boshlaydi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish