Tasavvurlar va uning turlari
Esda olib qolish va qayta esga tushirish tasavvur obrazlari asosi- da amalga oshiriladi. Odatda mazmun jihatidan ikki xil tasav- vur, ya’ni xotira tasavvuri va xayoliy tasavvur farqlanadi. Xotira tasavvuri ilgari idrok qilingan, ya’ni ilgari o‘z shaxsiy tajribamiz- da bo‘lib o‘tgan, lekin hozir ko‘z o‘ngimizda bo‘lmagan narsalar- ning obrazlarini ongimizda gavdalantirishdan iboratdir. Masalan, birinchi marta maktabga borganimizdagi taassurotlarni ongimiz- da qayta tiklashimiz xotira tasavvuri bo‘ladi. Xayoliy tasavvur xotira tasavvuriga qaraganda murakkab bo‘lib, ongimizda- gi bilimlarimiz, tajribamiz asosida ilgari idrok qilinmagan, shu paytgacha turmush tajribamizda uchratmagan narsalarning obra- zlarini yaratishdan iboratdir. Xayoliy tasavvur ijod qilish jarayo- ni bilan bog‘liq bo‘lgan tasavvurdir. Masalan: matndagi obraz- larning tasvirlanishiga qarab, ular obrazlarining ko‘z oldimizda paydo bo‘lishi xayoliy tasavvurga misol bo‘la oladi.
Tasavvurlar narsa va hodisalarni bevosita idrok qilish orqa- li hosil bo‘lishidan tashqari so‘zlar orqali, ya’ni so‘z bilan biron narsani tasvirlab berish orqali ham hosil bo‘lishi mumkin. Tasavvur obrazlarining to‘la va ravshan bo‘lishi birinchi navbat- da idrokning chuqur va to‘laligiga bog‘liqdir. Unchalik e’tibor bermay pala-partish idrok qilgan narsalardan hosil bo‘lgan obrazlar juda xira bo‘ladi. Binobarin, bunday obrazlar tasav- vurda qayta tiklanganda undan ham xira va noaniq bo‘ladi.
Bundan tashqari tasavvur obrazlarining sifati odamning ay- ni chog‘dagi ahvoliga, his-tuyg‘ulari va diqqatiga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, tobi qochib kayfiyati buzilib (ko‘ngli biron narsaga g‘ash bo‘lib), diqqati chalg‘ib turgan paytida odam idrok qilgan narsalarini yaxshi va osonlik bilan tasavvur eta olmaydi. Idrok qilish jarayonida qaysi sezgi a’zosining ustunlik qilishiga qarab tasavvurlar quyidagi turlarga bo‘linadi: ko‘rish tasavvuri, eshi- tish, hid bilish tasavvurlari, ta’m bilish tasavvuri, harakat tasav- vuri va shu kabilar. Odamlarning kasbiga qarab tasavvurlarning ayrimlari nisbatan kuchli rivojlanadi. Masalan: rassomlarda ko‘rish tasavvuri, kompozitor va sozandalarda eshitish tasavvuri, raqqosalarda harakat tasavvuri nisbatan ustun turadi. Tasavvur- lar yakka va umumiy tasavvurlarga bo‘linadi. Yakka tasavvur
135
deb birorta yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasavvur qi- lishga aytiladi. Masalan: tanish bo‘lgan odamlar (o‘rtog‘i, sinf- doshi haqidagi) va shaxsiy narsalari haqidagi (avtoruchkasi, port- feli kabi) tasavvurlar. Umumiy tasavvur deb bir jins, bir tur, bir guruhni tashkil qilgan narsalarning obrazlarini tasavvur etish- ga aytiladi. Masalan: umuman odamni, umuman daraxtni yo- ki umuman o‘simlikni tasavvur qilish. Odamda dastavval yakka tasavvurlar undan keyin esa umumiy tasavvurlar yuzaga keladi. Chunki umumiy tasavvurlar bir qancha bir-biriga o‘xshash narsani qayta-qayta idrok qilish natijasida hosil bo‘ladi.
Xotira turlari. O‘zlashtirish va esga tushirish xususiyatlari- ga ko‘ra xotira bir necha turlarga ajratiladi. Masalan: muzeyga uyushtirilgan sayohatni eslar ekanmiz, o‘zimiz ko‘rgan narsalarning obrazini va o‘zimiz guvohi bo‘lgan hodisalarni fikran ko‘z oldimizda gavdalantiramiz. Bu obraz xotirasidir. Bunda birinchi signal sistemasi katta o‘rin egallaydi. Ekskursiya rah- barining tushuntirishlarini, ular bilan o‘tkazilgan suhbatlarni, ekskursiyaga birga borilgan o‘rtoqlar bilan o‘zaro fikr almashuv- larni eslash chog‘ida biz ma’no xotirasidan yoki so‘z-mantiq xotirasidan foydalanamiz. Bu xotira ikkala signal sistemasining o‘zaro bir-biriga ta’sir ko‘rsatishiga tayanadi, bunda ikkinchi signal sistemasi dominantlik (ustunlik, yetakchilik) rolini o‘ynaydi. Agar biz o‘z do‘stimizning boshiga tushgan baxtsiz- likni eslasak, bunda biz yana yangidan g‘amginlik yoki hatto musibat hissini kechiramiz, bu esa emotsional xotiraning yoki his-tuyg‘ular bilan aloqador xotiraning ko‘rinishidir. Harakatlar bilan aloqador motor yoki harakat xotirasi (sportchi, raqqo- sa, suzuvchi va h.k.) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |