Emotsional
Motor-harakat
ш
XOTIRA TURLARI
Xayoliy
tassavurlar
Xotira
tasavvurlari
Tasavvurlar
Ixtiyorsiz
Sekin-tez
Sekin-sekin
Tez-tez
Tez-sekin
XOTIRA
JARAYONI
— Xotiradagi individual farqlar
Operativ
Fenomenal
Esga
tushish
(tanish)
|
Esda olib qolish
|
Esda saqlab turish
|
Unutish
|
1 1 1 1
|
Ixtiyoriy
1
|
Ixtiyoriy
1
|
Ixtiyorsiz
1
|
Qisman
1
|
Ma’nosiga
tushunish
Mexanik
Batamom
141
Xotiradagi individual farqlar:
materiallarni tez va puxta esda qoldiruvchi, sekin unutuv- chi kishilar;
materialni tez, ammo bo‘sh o‘zlashtiruvchi, tez unutib qo‘yuvchi kishilar;
materialni sekin esda qoldiruvchi, ammo o‘zlashtirgan materialni xotirasida uzoq vaqt esda saqlovchilar;
materialni sust o‘zlashtiruvchi va tez unutuvchi kishilar.
Amaliy mashg‘ulot: Tanib esga tushirish.
142
Xotirani baholash testi
Savollarga «ha» yoki «yo‘q» deb javob bering.
Beshta telefon raqamini eslay olasizmi?
Uchrashuvga borish esingizdan chiqib, bormay qolgan- misiz?
Uch kun oldin ertalabki nonushtaga nima eganingizni eslay olasizmi?
Birinchi uchrashuv esingizdami?
Birinchi sevgingizni unutganmisiz?
Maktabga borgan birinchi kunni eslay olasizmi?
Bolalikda yodlangan biror she’rni ayta olasizmi?
O‘n beshta kiyimingiz yodingizdami?
Qo‘ng‘iroq qilishdan oldin daftarga qaray olasizmi?
Birinchi uchrashuvga qanday kiyim bilan borganingizni eslay olasizmi?
Birinchi o‘rtog‘ingizni ismi esingizdami?
Ayrim hidlar sizga tanish joyni eslatadimi?
Maktabga borgan yo‘l esingizdami?
O‘rtoqlaringizni tug‘ilgan kunini yoddan bilasizmi? Natija: «ha» javoblar uchun o‘zingizga «1» balldan qo‘ying.
va undan yuqori — xotirangiz kuchli;
6 dan 10 gacha — xotirangiz yaxshi;
5 dan past — o‘rtacha.
Nazorat savollari:
Xotira nima? Odam hayotida xotiraning qanday ahami- yati bor?
Xotiraning nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi?
Xotira va xayoliy tasavvurlarning farqi nimada?
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishning farqi nimada?
Xotira sifatiga ko‘ra odamlar qanday tiplarga ajratiladi?
Tafakkur.
Tafakkur haqida tushuncha
Tashqarida ob-havo qanday ekanligini bilish uchun men uy- dan hovliga chiqishim va sovuq yoki issiqligini bevosita yu- zim, qo‘llarim terisi, butun tanam bilan sezishim mumkin.
143
Bu tevarak-atrof olamni sezgilar hamda idrok orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita bilish yo‘lidir. Ammo biz ob-havo masalasini uydan tashqariga chiqmay turib ham yecha olamiz. Chunon- chi, hovli, tomda osig‘liq turgan termometrga derazadan qarash orqali biz tashqari ancha sovuq ekanligini, daraxt shoxlarining tebranayotganligini ko‘rib, shamol esayotganligini bilamiz. Bu xildagi bilishni bevosita bilish yo‘li deb ataladi, chunki bu yer- da bilim to‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) yo‘l bilan emas, balki vosi- tali ravishda (bavosita), ayrim hodisalarni (termometr nayidagi simobning balandligini, daraxt shoxlarining shamolda tebrani- shini) kuzatish hamda bu hodisalar bilan ob-havo o‘rtasidagi aloqani tushunish orqali hosil bo‘ladi.
Astronom olim planetaning o‘zini hali ko‘rmasdan turib, uning qayerda bo‘lishi lozimligini matematik hisoblashlar orqali aniqlab bergan. Haqiqatdan ham oradan bir necha yil- lar o‘tgach olimlar juda kuchli teleskop yordamida bu plane- tani ko‘rganlar. Pluton planetasining kashf etilishi tarixi xuddi shunday bo‘lgan.
Yana bir misolni ko‘raylik: qaynoq suvni shisha stakanga so- lishim zarur bo‘lib qoldi, deb faraz qilaylik. Bunda stakan yo- rilib ketmasligi uchun men avvaliga suvni stakanga asta-sekin quya boshlayman. Qaynoq suv solingan paytda stakan yorilib ketishini ilgari o‘zim ko‘p marta ko‘rganman va shu sabab- dan ham hozir qilgan ishim nima bilan tugashini oldindan bi- la olmayman. Bu sifatni (issiqqa chidamliligini) men hamisha shisha stakanlarga xos deb umumlashtirdim. Ammo umum- lashtirish uchun «qaynoqlik», «mayda bo‘laklarga parcha- lanish» yoki «sovuqlik», «o‘z holatini saqlab qolish» kabi sifat- larni avvalo ajratib olish, mavhumlashtirish zarur, bu xildagi ishlarni amalga oshirmasdan turib umumlashtirib bo‘lmaydi. Ana shu yo‘sinda mavhumlashtirish (abstraktlashdan) keyingi- na biz predmetning ajratib olingan xususiyatlarini ma’lum guruhdagi buyumlarga tatbiq etamiz, ya’ni umumlashtiramiz.
Tafakkur — bu atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon hamda ijtimoiy-sababiy bog‘lanishlarni anglangan, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.
144
Tafakkurning nerv-fiziologik asoslari. Katta yarimsharlar po‘stlog‘ida hosil bo‘luvchi muvaqqat nerv bog‘lanishlari (shartli reflekslar) tafakkurning fiziologik asosi hisoblanadi. Bu shartli reflekslar real voqelikni aks ettiruvchi ikkinchi sig- nallar (so‘zlar, fikrlar) ta’sirida maydonga keladi, ammo ular albatta birinchi signallar sistemasiga (sezgilar, idrok, tasav- vurlarga) asoslangan holda maydonga keladi. I.P. Pavlovning yozishicha: «Nutq organlaridan bosh miya po‘stiga o‘tuvchi maxsus kinestezik qo‘zg‘alishlar, ikkinchi signallardir, signal- larning signalidir. Ular voqelikdan, mavhumlashishdan iborat bo‘lib, umumlashtirishni taqozo qiladi, binobarin ular biz- ning ortiqcha maxsus insoniy, yuksak tafakkurimizdir...». Ikkinchi signal bog‘lanishlari narsa va hodisalar o‘rtasidagi tur- licha munosabatlarni aks ettiruvchi ancha murakkab sistema bo‘lib, ular shunisi bilan sezgilardan, idrok va xotiradan farq qiladi.
Tafakkur jarayonida har ikkala signal sistemasi bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Ikkinchi signal sistemasi teva- rak-atrofdagi olamni yaxshiroq bilib olish imkonini beradi, ana shu signal sistemasi vositasida «odamning yuksak darajada mos- lashuvi» ham yuzaga keladi (I.P. Pavlov). Ammo ikkinchi signal sistemasi birinchisiga tayanadi. Odam uchun muayyan real ma’nosini yo‘qotgan, odam ularni qandaydir konkret buyum- lar va hodisalar bilan bog‘lay olmaydigan so‘zlar voqeylikning signallari bo‘la olmay qoladi. Tafakkur har ikkala signal sis- temasi ishtirok etgan, lekin ikkinchi signal sistemasi yetakchi o‘rin egallagan taqdirdagina normal ishlaydi, chunki so‘z o‘z mazmuniga ko‘ra juda boy signal bo‘lib, mavhumlik va umum- lashtirish jarayonlari bilan bog‘lanib ketgan.
Tafakkur nutq bilan bog‘liqdir. Tafakkur tufayi biz fakt va hodisalarni faqat bilibgina qolmay, balki ular mavjudligining sababrarini ham tushuna olamiz. Tafakkur bizga bo‘lg‘usi vo- qealarni oldindan ko‘ra olish imkonini beradi: bulutni ko‘rib biz yomg‘ir yog‘adi deb hulosa chiqaramiz. Inson tafakkurini qanday shaklda rivojlantirilmasin, uni nutqsiz to‘liq rivojlan- tirib bo‘lmaydi. Har qanday fikr nutq bilan chambarchas bog‘- liq holda paydo bo‘ladi va rivojlanadi.
145
Agar bilish jarayoni faqatgina sezgilar va idrok orqali hosil qiluvchi bilimlar bilan chegaralanib qolgudek bo‘lsa, odam o‘zi uchun zarur ma’lumotlarni juda kam miqdorda qo‘lga kiritgan bo‘lur edi. Biz o‘tmishda bo‘lib o‘tgan hodisalarni idrok qila olmasligimiz tufayli ham tarixda bizga qadar yuz bergan vo- qea-hodisalarni bila olmagan bo‘lur edik.
Do'stlaringiz bilan baham: |