Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Nutq sifatlari va vazifalari



Download 2,28 Mb.
bet65/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nutq sifatlari va vazifalari

Nutq sifatlari ikki gruppaga ajratiladi. Nutqni leksika, fone- tika nuqtayi nazaridan to‘g‘ri qiladigan sifatlar, jumlalar- ning talaffuzi etilishi, tuzilishi, noaniq, noto‘g‘ri va keraksiz so‘zlarning yo‘qligi birinchi guruhga kiradi. Ikkinchi guruhga


161





nutqning shunday sifatlari kiradiki, ular tufayli so‘zlovchining fikrlari tinglovchining ongiga qadar yetib boradi va tinglovchi- ga kutilgan ta’sirni ko‘rsatadi, unda ishonch hosil qiladi. Nutqning mazmundorligi, aniqligi, tushunarliligi, bayon etish- ning to‘g‘ri shakli mantiqiylik, obrazlilik, emotsionallik shun- day sifatlar jumlasiga kiradi.


Tarbiyachining nutqiga ayniqsa katta talablar qo‘yiladi. Tar- biyachining nutqi tushunarliligi, aniqligi, jonliligi, ishonarlili- gi, to‘g‘riligi va hokazolar bilan ajralib turishi kerak, agar un­da hammadan qolgan, bir qolipdagi fikrlar ko‘p bo‘lsa, bu nutq natija bermaydi. Nutqning ta’sirchan bo‘lishi, uning bolalarga ta’sir etishida intonatsiya muhim ahamiyatga ega.

Tilning asosiy funksiyalari:

  1. til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan av- lodga uzatish, berish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi;

  2. til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlar- ning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi;

  3. til intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qila- di (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).

Odam o‘zi xoh amaliy xoh aqliy harakat qilishidan qat’i nazar uni rejalashtirib, buning yechimi uchun vosita qidirish- ning va umumiy fikriy masalalarini hal qilishning asosiy quro- li til hisoblanadi.

Nutq faoliyati odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajri- bani o‘zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki kommunikatsi- ya o‘rnatish, o‘z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.

Nazorat savollari:

  1. Nutq deb nimaga aytiladi?

  2. Nutqning tildan farqi nimada?

  3. Nutqning qanday turlaridan foydalaniladi?

  4. Nutqning qanday funksiyalari farqlanadi?


162



  1. Xayol.

Xayol tavsifi, fiziologik asoslari

Predmet va hodisalarning obrazlari garchi kishining xayo- liy tasavvurlarida (obrazlarida) ilgari u shu holda idrok qil- magan tarzda vujudga kelsa ham, biroq bu obrazlar hamisha kishi hayotida kuzatgan elementlar, qismlardan tashkil top­gan bo‘ladi. Kishi biror yangi predmetni, masalan, mashinani yaratar yoki ixtiro qilar ekan, uni o‘zi qayerdadir ko‘rgan, un- ga (nazariy yoki amaliy jihatdan) tanish qismlar va detallardan tuzilganligini fikran tasavvur qiladi. Hatto fantast yozuvchi- lar ham o‘z asarlarining g‘ayritabiiy, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan qahramonlarini hayotda kuzatgan narsalarning elementlaridan yaratadilar. Masalan, Gerbert Uells «Dunyolar kurashi» degan fantastik romanida boshi metall silindrga o‘xshagan, qushning tumshug‘i singari tumshug‘i, oyoqlari esa juda katta hasha- rotning qo‘l-oyoqlarini eslatuvchi Mars odamlarini tasvirlaydi. Bu narsa ertaklarda, dostonlarda va xalq fantaziyasi bilan yara- tilgan obrazlarga ham taalluqlidir. Shunday qilib, ijod jarayoni- da hamisha ilgari idrok qilingan narsalarning qayta ishlanishi ro‘y beradi. Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo‘lgan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarning) qaytadan tiklanish va bir-biri bilan yangicha qo‘shilishi orqali yangi narsa va hodi- salarning obrazlarini hosil qilishiga aytiladi.

Inson xayolining eng murakkab va eng fantastik obrazlari idrok qilingan obrazlarni qayta ishlashga asoslanadi. Chunon- chi, afsonaviy hikoyalardagi obrazlar — dev, pari, suv parisi va boshqalar ham inson xayolining mahsulidir. Bu afsonaviy hikoya va ertaklar juda katta mubolag‘alarga qaramay, xalq- ning hayoti, uni o‘rab olgan tabiiy muhit hamda manzaralar- ni yorqin obrazlar orqali aks ettiradi. Mana shunday afsonaviy, xayoliy ertaklarda xalqning orzu-umidlari ifodalanadi, masa- lan «Ur to‘qmoq», «Ochil dasturxon», «Uchar gilam» kabilar.

Xayolni ko‘pincha fantaziya deb ataydilar, holbuki, ba’zan «fantaziya» degan so‘z bilan haqiqiy hayotga kam aloqador xa- yolni tushunadilar. Xayolning boyligi idrok qilish ko‘nikmasiga, predmetlar va hodisalarning obrazlarini kuzatish va xotirada


163





saqlab qolishga bog‘liq bo‘lib, ular keyinchalik qayta ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tafakkur muhim rol o‘ynaydi. Tafak- kur fantaziya natijalariga tuzatishlar kiritadi, ya’ni tanqidiy ba- holaydi. His-tuyg‘ular ham xayolga ta’sir ko‘rsatadi va ularning o‘zlari ko‘p jihatdan xayolga bog‘liq bo‘ladi. Nihoyat kishining xayoli bilan yaratilgan ijodiy niyatlarni amalga oshirish uchun iroda zarur bo‘ladi.


Xayolning fiziologik asosi miyaning katta yarimshar- lar po‘stlog‘ida ilgari hosil bo‘lgan muvaqqat bog‘lanishlar o‘rtasida yangi birikmalarning paydo bo‘lishidir. Avval- gi bog‘lanishlarning tiklanishi bu xotira jarayonlaridir. Xa- yolning ishlashi uchun bu bog‘lanishlarning miya po‘stlog‘ida hali mavjud bo‘lmagan, lekin u yerda bor qo‘zg‘alishlarning qoldiqlaridan tashkil topadigan birikmali yangi sistemalari vu- judga kelishi zarur. Xayol ikkala signal sistemasining faoliya- ti bilan mustahkam bog‘langan. Agar kishi tegishli sezgilar, idroklarga ega, ya’ni atrofdagi voqelikning dastlabki signallari- ni olgan taqdirdagina, unda narsalar va hodisalar to‘g‘risidagi obrazlar, tasavvurlar hosil bo‘lishi mumkin.

Psixologiyada qo‘rqinch holati (yunon. «phobos» — qo‘rquv) fobiya deb nomlanadi. Fobiya muayyan sharoitlar va vaziyatlarda shaxsda vujudga keladigan kuchli asosga ega bo‘lmagan qo‘rqinch va tashvishlanishdan iborat, inson to­monidan yengish imkoniyati yo‘q muttasil psixopatologik ho- lat. Mazkur patologik holatning ba’zi birlari haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz:

  1. agarafobiya — shaxsning gavjum maydonlardan, shox- ko‘chalardan o‘tishga qo‘rqishi;

  2. kaustrofobiya — insonning eshigini qulflab yolg‘iz o‘tirishdan qo‘rqishi;

  3. monofobiya — shaxsning yakka-yu yolg‘iz, hech kimsiz qolishdan qo‘rqishi;

  4. atropofobiya — insonning ko‘pchilik davrasidan, xalo- yiqdan qo‘rqishi;

  5. nazofobiya — odamning kasal bo‘lib qolishdan qo‘rqishi;

  6. eyrotrofobiya — shaxsning ko‘pchilik davrasida izza bo‘lishdan, o‘zini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqishi;


164





  1. didaktofobiya—o‘quvchi yoki talabaning o‘qituvchidan qo‘rqishi;

  2. yatrofobiya — bemorning shifokordan qo‘rqishi va h.k..


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish