His-tuyg‘ularning nerv-fiziologik asoslari
Eng oddiy emotsiyalar asosida murakkab shartsiz refleks- lar, miya po‘stlog‘i ostida ro‘y beradigan jarayonlar yotadi. Lekin miya po‘stlog‘i ostining faoliyati, miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining ishi bilan nazorat qilib turiladi. U I.P. Pavlov- ning so‘zlari bilan aytganda, «...badanda ro‘y beradigan ham- ma hodisalarni o‘z ixtiyorida ushlab turadi». Bunda II signal- lar sistemasi katta o‘rin egallaydi. Aynan so‘z, fikr, noma’qul hislarni vujudga keltiruvchi biror hodis aga ongli munosabatda bo‘lish, kishiga ularni yechgish uchun, umuman his-tuyg‘ularni boshqarish uchun kuch bag‘ishlaydi.
Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi shartli reflekslarning muvaqqat aloqalari sistemasi murakkab his-tuyg‘ularning fiziologik asosidir.
His-tuyg‘ularning paydo bo‘lishi uchun dinamik stereotiplar katta ahamiyatga ega. «Menimcha, odatdagi yashash sharoiti o‘zgarganga, odat bo‘lib qolgan mashg‘ulotlar to‘xtab qolganda, yaqin kishilardan judo bo‘lganda ko‘pincha kechiriladigan og‘ir
176
his-tuyg‘ular, aynan eski dinamik stereotipning o‘zgarishida, buzilishida va yangi stereotipni vujudga keltirishning qiyinligida ma’lum darajada o‘zining fiziologik asosiga ega bo‘ladi». I.P. Pavlov: «To‘qnashuvlar, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining «turtkilari» yoqimsiz kechinmalarning sababchisi bo‘ladi. Agar men biror narsa bilan band bo‘lib turganimda, meni muayyan qo‘zg‘atuvchi jarayon yo‘lga solib turadi. Agar mana shu vaqtda menga «falon narsani qil!» desalar men o‘zimni noqulay seza- man. Bu meni band qilib turgan kuchli qo‘zg‘atuvchi jarayon- ni to‘xtatishim, so‘ngra boshqasiga o‘tishim kerak, degan gapdir. Injiq bolalar deb ataluvchi bolalar bu jihatdan klassik misol bo‘la oladi. Siz ularga biron narsa qilishni buyurasiz, ya’ni boladan bir qo‘zg‘atuvchi jarayonni to‘xtatib, boshqasini boshlashni talab qilasiz. Ahvol shu darajaga borib yetadiki bola o‘zini polga otib, oyoqlari bilan uni tepa boshlaydi va h.k.».
Katta yarimsharlar po‘stlog‘i tomonidan nazorat qilinadigan qo‘zg‘alishlar po‘stloq ostining, xususan ko‘rish bo‘rtmasi deb ataluvchi joyidan boshlanadi. Agar miya po‘stlog‘i tomonidan qilinadigan ana shu nazorat va tormozlanish zaiflashib qolsa, (kasallanish yoki boshqa sabab- larga ko‘ra) kishi har qanday sabablarga ko‘ra affekt ho- latiga keladi va o‘zini to‘xtatib qololmaydi. Sinpatik nerv sistemasi (ichki sekretsiya ishlarini boshqaradi) ham emotsiyalar uchun muhim ahamiyatga ega. Kuchli ta’sirlangan (qo‘rqqan, kuchli to‘lqinlangan, g‘azablangan) kishida buyrak usti bezlaridan alohida bir modda — adrenalin ajralib chiqadi. Uning ta’sirida qonga ko‘proq qand moddasi kela boshlay- di. Bularning hammasi qo‘zg‘alish vaqtida faol harakat qilish uchun zarur muskullar ishini kuchaytiradi.
Hal etilmagan hissiy raqobatlar tomirlarning qisqarishiga va tana haroratining pasayishiga olib keladi, hissiyotlarning erkin namoyon bo‘lishi, ya’ni ijobiy his-tuyg‘ular, tomirlarning kengayishi bilan tavsiflanadi. Og‘riq turganda va qo‘rquvda ko‘z qorachig‘ining kengayishi simpatik asab sistemasining qo‘zg‘alishiga bog‘liqdir. «Tovuq terisi»ning paydo bo‘lishi, kutish, qo‘rquv, g‘azab paytida og‘iz qurishi ham shular jum- lasidandir.
177
Do'stlaringiz bilan baham: |