Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


-rasm. Turli hissiy holatlarning mimikada ko‘rinishi



Download 2,28 Mb.
bet76/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

24-rasm. Turli hissiy holatlarning mimikada ko‘rinishi.

Yuksak hislar va ularni tarbiyalash


Praksik his-tuyg‘ular mehnat faoliyati davomida kechirilib, unda shaxs biror maqsadni anglaydi, uni e’tirof yoki inkor qiladi, maqsadga erishish yo‘llarini baholaydi, unga tatbiq etish usullari va qurol vositalarini ma’qullaydi yoki ma’qullamaydi, ularning tanlanganligiga shubhalanadi, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyat- sizlik va hokazo hislarini boshdan kechirilishi tushuniladi.

Intellektual his-tuyg‘ular. Aqliy faoliyat jarayonida vujudga ke­ladi va bilish jarayonlari hamda ijod bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu biror masalani hal qilish vaqtidagi izlanish quvonchi ba’zan esa uni hal qilish mumkin bo‘lganda qanoatlanmaslikdan iborat og‘ir his-tuyg‘udir. Har qanday ijodiy ish intellektual his-tuyg‘ular bilan bog‘liq bo‘ladi. Bilim olishga qiziqish va uning qondirilishi ham shunday emotsiyalarni vujudga keltiradi. Ular faqat katta yosh- dagi o‘quvchilar uchun emas balki kichik bolalarda ham bo‘ladi. Ajablanish yoki ruhlanish va keyin masalani yechish vaqtida pay­do bo‘ladigan ishonch, faxrlanish, bilimlarini oshirishga yanada intilish tuyg‘usi ham intellektual tuyg‘ularga kiradi.


187





Estetik his-tuyg‘ular. Bu biz tabiatda, san’atda va umuman hayotda idrok qiladigan go‘zal yoki xunuk narsani his qilish- dir. Ular jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi. Mu- siqa, tasviriy san’at, she’riyat, teatr va kino estetik didni tarbi- yalashda ma’lum ahamiyat kasb etadi.

Nazorat savollari:

  1. His-tuyg‘ular deb nimaga aytiladi? Shaxs hayotida qan- day ahamiyatga ega?

  2. His-tuyg‘ularning fiziologik asoslari nimalardan iborat?

  3. Hissiy kechinmalarning shakllarini aytib bering? Hissiy ton nima?

  4. Kayfiyatning inson hayotidagi ahamiyati nimadan iborat?

  5. Affekt qanday holat?

  6. Stress nima?

  1. Iroda.

Iroda to‘g‘risida tushuncha. Tavakkalchilik

Faoliyatni ma’lum yo‘nalishda tashkil qilish, muammolarni yechish uchun bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayoni- dagi qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordamida amalga oshi- riladi. Odatda, ixtiyorsiz harakatlar anglangan yoki anglanmagan istak, xohish, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki- si ta’sirida ro‘yobga chiqadi. Ular impulsiv (lot. impulses — ix­tiyorsiz qo‘zg‘alish) xususiyatga ega bo‘lib, anglanilmagan, re- jalashtirilmagan bo‘ladi. Masalan, bolalar bir-birini turtib biri yiqilib tushdi, tarbiyachi ularga beixtiyor baqirib yubordi-yu keyin o‘zi afsuslandi. Bunday harakatlar kutilmaganda bexos- dan bo‘lgan refleksiv harakatlar deyiladi. Kishining hamma ta’sirlanishilari reflektor xarakterga ega bo‘ladi. Lekin yuqori- da tasvirlangan harakatlarlar ongning nazoratisiz yoki uning yetarli ishtirokisiz maxsus niyatni ko‘zlamay amalga oshiril- gan bo‘ladi va shu sababli ixtiyorsiz harakatlar yoki ataylab qi- linmagan harakatlar deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko‘p od- diy harakatlarni amalga oshiradiki ular batamom ongli ravishda maqsadni ko‘zlab bajariladi. Bunday harakatlar ixtiyoriy yoki ataylab qilingan harakatlar deyiladi. Ularning atalishining o‘zi bu harakatlarda irodaning ishtirok etishini ko‘rsatadi.


188





Ongli ravishda amalga oshiriladigan va maqsadni ko‘zda tutgan barcha ixtiyoriy harakatlar irodaviy harakatlar deb ata- ladi. Kishi suv ichgisi kelib stakanga qo‘l uzatdi va unga suv quyib ichdi. Bu garchi bajarish qiyin bo‘lsa ham aniq maqsad- ga qaratiladi shu sababali irodaviy harakatdir. Har bir kishi- ning qandaydir qiyinchiliklarni, qo‘yilgan maqsad yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan to‘siqlarni yengishi, lozim bo‘ladigan harakat­larni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Bu harakat chinakam irodaviy harakatlar deyiladi. Ularda ongning ishlashi bilan bog‘liq shaxsiy faollik namoyon bo‘ladi. Kishining o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishish uchun ichki va tashqi to‘siqlarni yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayon iroda deb ata­ladi. Kishi yengadigan tashqi to‘siqlar deganda ishning o‘ziga xos qiyinchiliklari, uning murakkabligi, har xil xalal berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko‘rsatishi, ishning og‘ir sharoit- lari va shu kabilar tushuniladi.

Ichki to‘siqlar kishi o‘zini ishlashga, charchoqni, bajari- lishi kerak vazifasiga aloqasi bo‘lmagan boshqa biror narsa bi­lan shug‘ullanish istagini yengishga majbur qilish, qiyin vaqtda belgilangan narsani bajarishga xalal beradigan shaxsiy mayl- lardir. Ichki to‘siqlarga zararli odatlar, mayllar, istaklar kira- di. «Iroda» termini deganda shaxsning qiyinchiliklarni yen- gib aniq maqsadni ko‘zlab harakat qilish qobiliyati tushuniladi. Zo‘r iroda bu biror narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas balki zarur bo‘lib qolganda o‘zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir. Iroda shunchaki istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to‘xtatilishi, ayni vaqtda undan voz kechish hamdir.

Kishi hayotida irodaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Iro- da oddiy kundalik hayotda, ayniqsa, katta qiyinchiliklarni yen- gishga to‘g‘ri keladigan qiyin paytlarda zarur bo‘ladi. Irodaning o‘ziga xos ko‘rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi xatti-harakatida ko‘rinadi. O‘ziga mahliyo qiluvchi maqsadga erishish yo‘lida xavf-xatar, yo‘qotish dahshati, muvaffaqiyatsiz- lik bilan hamohang, ogoh, dadil harakat tavakkalchilik deyila- di. Tavakkalchilikda yutuq bilan yo‘qotish uyg‘unlashib keladi, yutuq quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy


189





va ma’naviy yo‘qotishni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, insonlar tavakkal qilish harakatidan voz kechmaydilar. Tavak- kalchilik harakatining ikki sababi farqlanadi:

  1. yutuqqa umidvorlik hissi, ya’ni ehtimol tutilgan mag‘lubi- yat oqibati ko‘rsatkichidan yuksakroq bo‘lishiga ishonch;

  2. xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilish yoki «ta- vakkalchining tavakkalchiligidir». Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr degan asbobda o‘lchash mumkin.

Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tur- sin kundalik hayotda uchraydigan vazifalarning ham ud- dasidan chiqa olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo‘lmaydilar, boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Ularda ana shu xu- susiyatlarni yengish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuch- sizligining patalogiyasi mavjud bo‘lib u abuliya (yunon. abuli- ya — qat’iyatsizlik) miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatda intilishning mavjud emasligi, harakat qilish, amal- ga oshirish uchun qaror qabul qilish zarurligini anglagan hol- da shunday qila olmaslikdan iborat inson ojizligidir. Apraksiya

  • (yunon. apraxiya — harakatsizlik) miya tuzilishining shikast- lanishi tufayli yuzaga keladigan harakatlar maqsadga muvofiqli- gining murakkab buzilishidir. Abuliya va apraksiya psixikasi xasta insonlarga xos noyob fenomenal psixopatologik hodisadir.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish