Tafakkur
turlari
|
Ko‘rgazmali harakat. Nazariy, amaliy. Ko‘rgazmali-obrazli. Konvergent, divergent. Mavhum. Reproduktiv, produktiv.
|
Tafakkur
shakllari
|
Hukm — tasdiqlovchi, inkor qiluvchi, juziy, yakka, xususiy, umumiy, shartli, ayiruvchi, qat’iy, taxminiy, chin, xato, ehtimollik, voqelik, zarurlik.
Tushuncha — yakka, umumiy, to‘planma. Xulosa — induktiv, deduktiv, analogik — chin, taxminiy, yolg‘on.
|
Tafakkur
sifatlari
|
Mazmundorligi, mustaqilligi, kengligi, chuqurligi, sertashabbusligi, pishiqligi, tanqidiyligi, ixchamligi, tezligi, samaradorligi...
|
Tafakkur
operatsi-
yalari
|
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiya, umumlashtirish, konkretlashtirish, tasniflash, sistemalashtirish.
|
153
Aqlning muhim xossalari
Fikrlash faoliyati shaxsning aqliy xossalarini tavsiflab beradi. Aqlning eng muhim sifatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:
fikrning chuqurligi, ya’ni nazariya va praktikaning eng qi- yin masalalari mohiyatiga kirib bora olish, ularni bilib, voqealar sabablarini tushunib olish, hodisalarning bundan keyingi jara- yonini oldindan ko‘rish. Aqlga teskari chuqurlik sifati, ya’ni odam arzimagan narsalarga e’tibor berib, asosiy narsalarni ko‘rmagan vaqtda chiqarilgan hukm va xulosalarning yuzakiligidir;
fikr, ya’ni kengligi odamning muayyan ishining mo- hiyatiga tushunibgina qolmasdan, balki u nima bilan bog‘liq ekanligi haqida ham o‘ylaydigan, ayni vaqtda jarayon yoki hodisalarning ikir-chikirlarini nazardan ham qochirmaydigan, umuman masalani qamrab olish qobiliyatidan iboratdir;
aqlning o‘tkirigi, ya’ni o‘zgargan sharoitga qarab o‘z xulosa va qarorlarini qayta ko‘rib chiqa olish, olingan flkr- lardan tashkil topgan masalani yechishda tayyor andazalar- ning yo‘qligi. Ana shu sifati bilan ajralib turmaydigan kishilar faqat bir andaza asosidagina o‘ylay va ishlay oladilar, fikrlarida sustkashlik bo‘ladi, yangiliklardan qo‘rqadilar;
aqlning tanqidiyligi, ya’ni har bir fikrga ishonavermas- lik, balki unga tanqidiy qarash, uning uchun va unga qar- shi hamma dalillarni o‘lchab ko‘rish, ana shundan keyingina muayyan fikrga rozi bo‘lish yoki uni rad etish.
Tafakkurni rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlar:
16-rasm, a. 9 ta nuqtadan o‘tuvchi 4 ta kesma o‘tkazing.
16-rasm, b. Tasavvur qiling, Siz rasmdagi odamsiz. Sizning vazifangiz shiftdan osilib tushgan ikki arqonni bir- lashtirish. Arqonlar shunday turibdiki, uning bir uchini ush- lasangiz, ikkinchi uchini ushlolmaysiz. Xona bo‘m-bo‘sh, cho‘ntagingizda esa har doimgi narsalar — tanga, kalit, pullar. Qanday qilib arqonni ushlash mumkin?
16-rasm, d. Original fikrlash uchun hamma ko‘rayotgan narsani ko‘ribgina qolmasdan, ma’lumotlarga yangilik kirita olish kerak. Bu faol fikrlash deb ataladi.
154
16-rasm, e. Zinapoyadan har qancha chiqishga harakat qilmang na tepaga, na pastga harakat qila olmaysiz. Agar odam o‘z ustida ishlamas, o‘z bilimini boyitmas ekan uning fikrlash darajasi ham «qotib» qoladi.
16-rasm, f 6-3=4 hosil qilish mumkinmi?
16-rasm, g. Rasmdagi javob to‘g‘rimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |