Ibragimov nutfillo salimovich destinatsion menejment



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#397135
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
Ibragimov D.M.-DESTINATSION MENEJMENT davlat miqyosida turizmni bozor usulida boshqarish san`ati



 
 
 

IBRAGIMOV NUTFILLO SALIMOVICH 
 
 
 
 
 
 
 
DESTINATSION MENEJMENT: 
davlat miqyosida turizmni bozor usulida boshqarish san`ati 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 

Komila ayol, 
Fotima ayaga 
         bag`ishlanadi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 

Taqrizchilar: 
BuxDU, “Iqtisodiy ta`lim va turizm” kafedrasi professori 
i.f.d., B. N. Navro`zzoda  
 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 
“Menejment” kafedrasi dotsenti 
i.f.n.,  X.I. Mo`minov  
 
“O`zbekturizm” milliy kompaniyasi 
Buxoro mintaqaviy bo`limi boshqaruvchisi 
Sh.R. Maxmudov  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 

MUNDARIJA 
 
KIRISH 
 
1.BOB. 
TURISTIK  TAKLIF  VA  TALABNI  UYG`UNLASHTIRUVCHI 
VOSITA  SIFATIDAGI  “DESTINATSION    MENEJMENT”NING 
NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1  Davlat  miqyosida  turizmni  rivojlantirishdagi  yondashuvlarning 
qiyosiy tafsiloti 
1.2 “Destinatsiya” (sayohatgoh)ning menejment  ob`yekti sifatidagi 
tushunchasi, ichki tuzilishi va xususiyatlari 
1.3  “Destinatsion  menejment”ning  mohiyati,  funksional  va  virtual 
tabiati 
1. Bob bo`yicha xulosa 
2. BOB. 
O`ZBEKISTON 
TURIZM 
SOHASINI 
BOZOR 
IQTISODIYOTIGA 
MOSLASHTIRISHGA 
QARATILGAN 
“SAYOHATGOHLASHTIRISH” SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH 
2.1.  O`zbekiston  turizm  sohasining  bozor  iqtisodiyotiga  o`tish 
davridagi holati 
2.2. Sayohatgohlashtirish bosqichlari, omillari va  tamoyillari 
2.3. Sayohatgohlarning mezonlarini ishlab chiqish 
2. Bob bo`yicha xulosa 
3.BOB. 
O`ZBEKISTONDA  SAYOHATGOHLARNI    BOSHQARISH  
TIZIMINI YARATISH 
3.1.  O`zbekistonda  jozibador  sayohatgohlarni  shakllantirishning 
transformatsion va innovatsion yo`llari 
3.2.  O`zbekistonda  mahalliy  va  milliy  sayohatgoh  boshqaruvini 
tashkil etish 
3.3.  O`zbekistonda    destinatsion  menejmentning  elektron  va  mobil 
axborot tizimini joriy etish. 
3.bob bo`yicha xulosa. 
 
 
 


 
 
 

KIRISH 
 
Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  O`zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  I.A.  Karimov  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  tubdan  isloh  qilish 
masalasiga e`tibor qaratib: “Eksport masalasida chuqur o`zgartirishlarni 
amalga  oshirish  lozim.  Xom-ashyoni  eksport  qilishdan  ko`ra, 
O`zbekiston uchun ko`proq naf keltiradigan yo`nalishlarga o`tish zarur. 
Bular  jumlasiga  ...  xalqaro  turizmni  rivojlantirish  kiradi”  [6,  15],  deb 
ta`kidlagan edi. O`zbekiston maqtansa arzigulik boy tarixiy va madaniy 
o`tmishga  ega  bo`lib,  uning  jahon  sivilizatsiyasidagi  o`rni  beqiyosdir. 
Ushbu  boy  tarix  va  madaniyatni  o`zida  aks  ettirgan  4000  dan  ko`proq 
me`moriy va arxeologik obidalar, Imom al-Buxoriy, Al-Xorazmiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi mashhur insonlarning vatani bo`lganligi, 
qolaversa,  jannatmakon  tabiat  go`shalarining  mavjudligi  ko`pchilikda 
shu o`lkaga tashrif buyurish istagini uyg`otishi tabiiy hol. 
Ayni  paytda  O`zbekiston  turistik  o`lka  sifatida  xalqaro  turistik 
bozorlarda  o`zining  Buxoro,  Samarqand,  Termiz,  Toshkent,  Xiva, 
Shahrisabz  va  boshqalar  kabi  qadimiy  va  navqiron  durdona  shaharlari 
bilan  mashhur  bo`lib,  “O`zbekturizm”  milliy  kompaniyasining  (MK) 
ma`lumotlariga  qaraganda,  2013  yilda  1 977  600  xorijiy  tashrif 
buyuruvchiga  xizmat  ko`rsatilgan.  Jahon  turistik  tashkilotining 
ma`lumotlariga  ko`ra,  2012  yilda  dunyo  miqyosida  1,035  mlrd.  kishi 
turli  maqsadlarda  sayohat  qilib,    turistik  maqsad  uchun  950  mlrd. 
dollardan ko`proq mablag` xarajat qilgan. 
Sayohat  shunday  o`ziga  xos  tijorat  birligidirki,  uni  iste`mol  qilgan 
tashrif  buyuruvchi,  mustaqil  iqtisodiy  faoliyat  olib  boradigan 
mehmonxona,  restoran,  transport,  gid  va  hokazo  xizmatlarni  yetkazib 
beradigan  korxonalar  faoliyati  sifatiga  alohida  baho  bermay,  balki 
umumlashtirgan  holda  sayohat  faoliyati  amalga  oshgan  hudud  haqida 
ma`lum  xulosalarga  kelib,  qoniqish  hosil  qiladi  yoki  qilmaydi.  Ya`ni, 
sayohat 
faoliyati 
integratsiyalashgan 
mahsulot 
birligi 
sifatida 
iste`molchilar  tomonidan  qabul  qilinadi  va  uni  iste`mol  qilish  shu 
yondashuv  asosida  amalga  oshadi.  Shunday  ekan,  zamonaviy  turistik 
o`lkalar xalqaro bozorda boshqa turistik hududlar bilan munosib raqobat 
olib  boradigan,  turistik  oqimning  barqarorligini  ta`minlashga  qodir 
bo`lgan  va  undan  samarali  foydalanadigan,  turistik  hududning  sifatini 
kafolatlovchi  nufuzga  ega  bo`lishiga  erisha  olgan  milliy
  turistik  taklif 
tizim 
(TTT)
  larini
  shakllantirishlari  kerak.  Bizning  fikrimizcha  turistik  


 
 
 

sohani samarali boshqarishda 

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish