Zonali yondashuv -
erkin iqtisodiy zonalarning (EIZ) mantiqiy
davomi bo`lib, turistik nuqtai nazardan diqqatga sazovor jug`rofiy
joylarda turizmni rivojlantirish maqsadida qo`llaniladigan tadbirlardir.
Ushbu yondashuv muayyan mamlakatning ma`lum hududlarini o`z
turistik salohiyatidan samarali foydalanishni ko`zda tutib, O`zbekiston
misolida esa nazariy jihatdan asoslangan turizmni rivojlantirish
yondashuvi bo`lib hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikriga ko`ra, hozirgi davrda O`zbekistonda
erkin turistik zonalarning amal qilinishi Samarqand, Buxoro va Xiva
xalqaro turizm maxsus ochiq zonalarida o`z aksini topishi mumkin.
-
Bu zonalarda chet el va mamlakat sarmoyalarini jalb qilish
uchun qulay sharoit yaratiladi, xalqaro turizm sohasida sarmoyalarni
kiritish loyihalari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
-
ularning eksport imkoniyatlari kengayadi, importning o`rnini
bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning
salmog`i oshadi;
-
zamonaviy turistik infratuzilma shakllanadi, ko`rsatiladigan
turistik xizmatlarning sifati oshadi;
-
xalqaro
kirish
turizmi
bo`yicha
ixtisoslashgan
mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirishning yagona majmui
yaratiladi;
-
turistik
potensialdan
samarali
foydalanish,
yangi
landshaftlarni
o`zlashtirish,
milliy
bog`lar,
muzeylar,
xalq
hunarmandchiligini rivojlantirish markazlari barpo qilinadi, yodgorlik
sovg`alar va turistik ehtiyojlarni qondiradigan xizmatlarni ko`rsatuvchi
va mahsulotlar bilan savdo qiluvchi tarmoqlar kengayadi.
11
Biroq, zonali yondashuvning afzalliklari bilan bir qatorda uning
quyidagi kamchiliklari ham mavjud:
Birinchidan, zonali yondashuv faqat
ma`lum
zonalarning
manfaatini ko`zlaydi. “Buxoro” erkin turistik zonasini olsak, u faqat shu
hududninggina turistik salohiyatini oshirib, unda xalqaro turizmning
rivojlanishiga ko`maklashadi-da, lekin bu yondashuv O`zbekistonning
boshqa boy turistik potensialidan samarali foydalanishga olib kelmaydi.
Ikkinchidan, turizmda
doimiy yashash joyidan turistik joygacha
bo`lgan masofani bosib o`tishning davomiyligi
nuqtai nazaridan,
sayohat uzoq, o`rta va kichik masofalilarga bo`linadi. Olti soat va undan
ortiq vaqt davomida samolyotda turistik joylarga yetib kelish “uzoq
masofali sayohat” turiga kiradi. Uch va undan ortiq soat davom etadigan
sayohat “o`rta masofali sayohat” turiga kiradi. Uch soatgacha
samolyotda uchish “kichik masofali sayohat” turiga mansubdir [104,
79]. O`zbekiston turistik bozori iste`molchilarining katta qismi
Yevropa mamlakatlaridan bo`lganligi sababli, binobarin 2005 yilda
O`zbekistonga kelgan xalqaro tashrif buyuruvchilarning 53,52%
Yevropa davlatlaridan bo`lgan [22, 23], sayohatning uzunligiga qarab
tunash kunlarining oshishini hisobga oladigan bo`lsak, unda
O`zbekiston turistik paketini tanlagan tashrif buyuruvchi uzoq masofali
sayohatga taalluqli tashrif buyuruvchi bo`lib, bir hafta va undan ortiq
muddat davomida dam olishga moyil kishilar hisoblanadilar. Shunday
ekan, erkin turistik zonalarning paydo bo`lishi faqat alohida hududlarda
turistik faoliyat olib borish huquqini beradi. Bunday yondashuv faqat
o`rta va kichik masofali tashrif buyuruvchilarni jalb qilishga qo`l keladi
xolos. Lekin uzoq masofali sayohat uchun zonali yondashuv uncha
samarali emas. Chunki sayohatning bu turi bir hafta va undan ortiq
muddat davom etadi.
Uchinchidan, turistik ehtiyojlarni qondirish jarayonida tashrif
buyuruvchining ehtiyoji, uning sayohat maqsadiga qarab yagona turistik
joyda (mehmonxonada) yoki bir nechta turistik joylarda, masalan
“O`zbekiston durdona shaharlari” bo`ylab sayohat, yoki bo`lmasa bir
davlat chegarasidan chiqib, boshqa davlatdagi turistik joylarni ham
qamrab olishi mumkin. Shunga binoan yuqorida ko`rib chiqilgan
turizmni rivojlantirishning zonali yondashuvi sayohatgohning nechta
jug`rofiy joylardan tashkil topganligi nuqtai nazaridan tor -
monojug`rofiy sayohatgoh bo`lib hisoblanadi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |