Ibragimov nutfillo salimovich destinatsion menejment



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#397135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
Ibragimov D.M.-DESTINATSION MENEJMENT davlat miqyosida turizmni bozor usulida boshqarish san`ati

Polijug`rofiy  yondashuv
.  Bu  yondashuvning  asosiy  maqsadi  bir 
necha 
jug`rofiy 
joylarning 
turistik 
mahsulotlarini 
o`zida 
mujassamlashtirganligidan  iborat.  F.Kotlerning  fikricha  sayohatgoh 
(
turisticheskoe  naznachenie
)  bu  real  yoki  mavhum  chegaraga  ega 
bo`lgan  joylar,  ya`ni  orolning  jismoniy  chegarasi,  siyosiy  (ma`muriy) 
chegaralar,  yoki  bozorning  chegaralari    bo`lishi  mumkin  [86,  257]. 
Tashrif  buyuruvchi  o`zining  afzalliklari  va  iqtisodiy  imkoniyatlaridan 
kelib chiqqan holda o`z sayohatgohini shakllantiradi [81, 25], ehtiyojini 
qondiruvchi  mahsulotni tanlashga harakat qiladi. Shunday ekan, tashrif 
buyuruvchining  sayohatgohi  bir  nechta  ma`muriy  chegaralarni  bosib 
o`tishni  taqozo  etishi  ham  mumkin.  Masalan,  Buyuk  Ipak  Yo`lida 
joylashgan  davlatlarga  tashrif  buyurish  yoki  “Yevropa  7  kun  ichida” 
turistik paketlari polijug`rofiy sayohatgoh bo`lib hisoblanadi va ular bir 
nechta jug`rofiy joylarni qamrab oladi. 
O`lkamizning  Buxoro,  Samarqand,  Xiva  kabi  durdona  shaharlari 
uzoq  tarixga  ega  bo`lgan  “Buyuk  Ipak  Yo`li”ning  asosiy  shaharlaridan 
bo`lib  hisoblanadi.  Demak,  davlat  miqyosida  turizmni  ravnaq 
toptirishning yana bir yondashuvi aynan “Buyuk Ipak  yo`li”da turizmni 
rivojlantirishni ko`zda tutadi. 
Polijug`rofiy yondashuv quyidagi  afzalliklarga ega: 
-  global  turistik  maskanlar  shakllantiradi  va  ularga  kiradigan 
jug`rofiy 
joylarning 
bir-biriga 
integratsiyalashuv 
jarayonini 
tezlashtiradi; 
-  global  turistik  maskanlarning  paydo  bo`lishi  tovar  ayirboshlash 
ko`lamini  kengaytiradi  va  yagona  turistik  paketda  qatnashadigan 
davlatlarning boshqa sohalarda ham hamkorlik qilishlariga olib keladi; 
-    global  loyihalar  zamonaviy  infratuzilmaning  shakllanishiga  
turtki  bo`ladi  va  ular  nafaqat  turizm  sohasida,  balki  xalq  xo`jaligining  
boshqa tarmoqlarida ham keng qo`l keladi; 
-  xalqlar  tarixini  chuqur  o`rganish,  me`morchilik  obidalarini  qayta 
tiklash, madaniy qadriyatlarning muhimligini tan olish, xalqlar o`rtasida 
bag`rikenglikni shakllantirishga olib keladi. 
Qayd qilish kerakki, polijug`rofiy yondashuv kamchiliklardan ham 
xoli emas, bizning fikrimizcha, ular quyidagilardan iborat: 
Birinchidan,  turistik  kunlarning  davomiyligi  nuqtai  nazaridan 
polijug`rofiy sayohatgohlar uzoq davom etadigan sayohat turlaridan biri 
bo`lib hisoblanadi. “Buyuk Ipak Yo`li mamlakatlari” nomli paketlar 20 
kun  va  undan  ortiq  vaqt  davom  etadigan  turistik  paketlar  bo`lib,  ular 


 
 
 
13 
turistik  bozorning  barcha  segmentlarining  ehtiyojlarini    qondirishga 
qodir  emas.  Bu  paketni  tanlaydigan  iste`molchilar  maxsus  demografik 
qatlamga  taalluqli  insonlar  bo`lib,    ularning  katta  qismi  nafaqaxo`r  va 
jismonan  sog`lom  kishilardir.  Chunki,  20  kun  davomida  kamida  8  ta 
shaharga tashrif buyurish jismoniy toliqishga olib keladigan sayohatdir. 
Polijug`rofiy  sayohatgohlarni  tanlaydigan  yana  bir  segment  –    yil 
davomida  kam  ishlaydigan  va  katta  moliyaviy  imkoniyatlarga  ega 
bo`lgan  kishilardir.  Shunday  ekan,  polijug`rofiy  yondashuv  xalqaro 
turizmni  keng  ko`lamda  emas,  balki  turistik  xizmatlar  bozorining 
alohida segment namoyandalari ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. 
Ikkinchidan, 
polijug`rofiy 
turistik 
yo`nalishlar 
bir 
nechta 
hududlarni o`zida mujassamlashtirgan, siyosiy nuqtai nazardan suveren 
davlatlarning chegaralarini kesib o`tishni taqozo etadi. Tili, madaniyati, 
milliy valyutasi xilma-xil bo`lgan joylarda sayohat qilishni tashkil qilish 
katta  mahorat  talab  etadi  va  mahsulot  sifatini  nazorat  qilish  juda  ham 
murakkab  kechadi.  Ma`lumki,  turistik  mahsulot  xizmat  va  tovarlar 
majmui  bo`lib,  uni  ishlab  chiqarishda  xilma-xil  korxonalar  qatnashadi, 
shuning  uchun  polijug`rofiy  sayohatgohlarni  taklif  qiladigan  turistik 
paketlarning sifatini boshqarish murakkab kechadi. 
Turizm  rivojlanishining    boshlang`ich  bosqichidan  buyon    qo`l 
kelayotgan  yondashuvlar  borki,  ular  hozirgi  kungacha  o`z  kuchini 
yo`qotmay 
kelmoqda. 
Shunday 
yondashuvlardan 
biri 

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish