M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

7.4.
 
Avtonom xarajatlar multiplikatori 
 
Avtonom xarajatlarning har qanday o‘sishi, ya’ni
ΔA = Δ (a+I+G+Xn) 
multiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko‘proq 
miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi. 
Avtonom 
xarajatlar 
multiplikatori 
muvozanatli 
YaIM 
o‘zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti 
o‘zgarishiga nisbatini ko‘rsatadi

m = ΔY /ΔA: 
Bu yerda: m - avtonom xarajatlar multiplikatori; ΔY – muvozanatli 
YaIMning o‘zgarishi; 
ΔA 
– avtonom xarajatlarning Y o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan 
o‘zgarishi. 
Multiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki 
o‘sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o‘sganligini (kamayganligi) 
ko‘rsatadi. 
Avtonom iste’mol ΔCA miqdorga o‘ssa, bu yalpi xarajatlar va 
daromadlar (Y) ning o‘sha miqdorda o‘sishiga olib keladi. Bu esa, o‘z 
navbatida iste’molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) 
MPC x ΔCA miqdorda o‘sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi 
xarajatlar va daromadlar MPCxΔCA miqdorda yana o‘sadi. Shunday 
qilib, 
«daromad-xarajat» ko‘rinishidagi doiraviy aylanish bo‘yicha jarayon 
davom etaveradi. 
ΔCA↑ >AD↑ Y↑ C↑ AD↑ Y↑ C↑ AD↑ Y
↑ va hokazo. 
Ushbu oddiy vaziyatdan ko‘rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), 
avtonom iste’molning dastlabki o‘zgarishi ΔCA↑ ga nisbatan bir necha 
marta ko‘p o‘zgaradi. Bu shuni bildiradiki, C, I, G yoki Xn 
miqdorlardagi oddiy o‘zgarishlar ham ishlab chiqarish hajmi va 
bandlik darajalarida katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday 


95 
qilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning 
uchun ham davlatning budjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri 
bo‘lib, o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. 
Bu tizim iste’molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali 
multiplikatsiya samarasini pasaytiradi. 
Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko‘rib 
chiqamiz. Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 
mlrd. so‘mga ko‘paysin. Bu, o‘z navbatida ish haqi, renta, foyda 
ko‘rinishda uy xo‘jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste’molga 
chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy 
xo‘jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya’ni 3,75 mlrd. so‘mni 
iste’mol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so‘mni jamg‘aradi. 
Sarflangan 3,75 mlrd. so‘m boshqalar uchun daromad hisoblanadi. O‘z 
navbatida ular ham 3,75 mlrd. so‘mning 75 foizini iste’mol uchun 
sarflaydilar va 25 foizini jamg‘aradilar. Bu jarayon oxirgi so‘m 
jamg‘arilmaguncha davom etadi. 
Bunda: m = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 va m = 1 / (1-0,75) = 4 va bundan 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish