90
samara
bersa-da, uzoq muddatga, oxir-oqibat bozor iqtisodiyotining
tabiiy harakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy
oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi. 1936-yili
ingliz iqtisodchisi
Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik
nazariyasini kiritadi. U o‘zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning
umumiy
nazariyasi»
asarida
yangicha
iqtisodiy
muvozanat
nazariyasini izohlab berdi.
Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to‘liq bo‘lmagan bandlik
sharoitida ham erishish mumkinligini, to‘la ish bilan bandlik qonuniy
holat emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro‘y
berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Shuningdek,
bu nazariyada
iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi
vaziyatlargagina bog‘liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki
omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan.
Ishsizlik va inflatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg‘ar-
malarga bevosita bog‘liq. Narxlarning oshishi va ish haqining
pasayishi boshqa salbiy omillar
bilan birga iqtisodiyotning
beqarorligiga olib keladi.
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va
jamg‘armalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro‘y beradi
(7.2- rasm).
Bunga sabab birinchidan, jamg‘arish va investitsiyalash
to‘g‘risidagi qarorlarni har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda
qabul qilishi bo‘lsa.
Ikkinchidan, jamg‘aruvchilar va investorlarni
jamg‘arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar
fikricha, jamg‘arma va investitsiyalar bitta omilga bog‘liq bo‘lmagan
holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar
qiymati o‘zining ish haqi miqdoridan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni sotib
olish uchun, masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun
jamg‘arishadi. Jamg‘armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi
iste’molini
qondirish maqsadida, ya’ni, uy xo‘jaliklari oila
boshlig‘ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari
kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari jamg‘armalar tasodifiy vaziyatlarda foydalanish
maqsadida ham amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz
stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
91
Klassiklar nazariyasi bo‘yicha jamg‘arma va investitsiyalar
miqdorini aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda,
u oshsa, uy xo‘jaliklari kamroq iste’mol qilib, ko‘proq jamg‘arishga
harakat qilishadi. Uy xo‘jaliklarida jamg‘armalarning ko‘payishi kredit
narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o‘z
vaqtida
investitsiyaning o‘sishini ta’minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining
ixtiyoridagi daromadi iste’mol va jamg‘arish dinamikasini belgilab
beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns o‘zining
makroiqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: