M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

17.1.
 
Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari. 
17.2.
 
Importga ta’riflar. Importga tariflar kiritilishining 
iqtisodiy oqibatlari. 
17.3.
 
Ishlab chiqaruvchilarga 
subsidiyalari 
va 
importni 
kvotalar orqali tartibga solish. 
17.4.
 
Eksportsubsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni 
ixtiyoriy cheklash. 
17.5.
 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining 
xususiyatlari. 
 
17.1.
 
Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari 
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita 
aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko‘rsatish 
orqali ichki bandlilikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish, 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, to‘lov balansini yaxshilash 
hamda valuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko‘zda tutadi. Davlat 
tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb 
yuritiladi. Savdo siyosati – budjet-soliq siyosatining tashqi savdo 
hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valuta nazorati va import yoki eksportni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklashlar orqali tartibga solishni o‘z ichiga olgan 
nisbatan mustaqil yo‘nalishidir.Tashqi savdoni cheklash borasida olib 
borilayotgan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. 
Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali 
joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko‘pgina mutaxassis-
iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajani 
yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi 
savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan 
samarali foydalanishga ko‘proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi. 
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali 
bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti 
manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali 
bo‘lavermaydi. 
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud.
Ularning ayrimlari davlat g‘aznasini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 


208 
ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni 
cheklashga yoki rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Amaliyotda tashqi 
savdoni 
tartibga 
solishning 
ta’rif 
va 
nota’rif 
usullaridan 
foydalaniladi.Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish 
kirsa, nota’rif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga 
subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi. 
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. 
Import bojlari davlat budjetini to‘ldirish maqsadida va ichki bozorlarga 
tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. 
Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko‘p bo‘lgan mahsulotlar 
taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi. 
Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib 
kelish va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona 
bojlari stavkasi, ya’ni, ularning tartibga solingan ro‘yxati bojxona 
tariflari deb ataladi

Bojxona tariflarini ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va 
o‘simlik dunyosi), qayta ishlash darajasiga (xomashyo, yarim tayyor 
mahsulotlar, tayyor buyumlar) ko‘ra, taqsimlangan mahsulotlar ro‘yxatini 
o‘z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida 
qurilgan. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish