M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

16.5.
 
16.5. Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari 
1948-yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar 
Xeksher-Olin konsepsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi 
bo‘yicha xalqaro savdo – ishlab chiqarish omillari bilan 
ta’minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga 
mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi 
kabi sharoitlarda mamlakatlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish omillari 
narxlari tenglashadi. 
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, 
P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to‘ldirilgan savdo 
konsepsiyasiga nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro foydali 
savdoni 
yo‘lga qo‘yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o‘rtasidagi farqlarni 
kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi 
Shuningdek M.Pozner, G.Xufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham 
nisbiy ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi 
nisbatan qimmat turadigan mamlakatlarda ilg‘or texnologiyaga 
asoslangan mehnattalab mahsulot ishlab chiqarish baribir daromadli 
bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnattalab sintetik 
gazlamalarni dastlab fakat ilmiy-texnikaviy salohiyati yuqori bo‘lgan 
mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So‘ngra, bu 
texnologiyani o‘zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik 
gazlamalarni 
ishlab 
chiqarish 
ishchi 
kuchi 
arzon 
bo‘lgan 
rivojlanayotgan mamlakatlarga xam ko‘cha boshladi. Buning 
natijasida G‘arb ilmiy- texnikaviy omil tufayli o‘zi ega bo‘lgan nisbiy 
ustunlikni qullay boshladi. 
M. Porterga o‘z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va 
firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga 
bo‘ladi: 
1.Asosiy omillar: 
- zarur sifatga ega va yetarlicha miqdordagi ishlab chiqarish 
omillarining mavjud bo‘lishi; 
- mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo‘lgan talabning 
xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari; 
- mamlakatda ushbu tarmoqqa yo‘ldosh va uni ta’minlab turuvchi, 
jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan tarmoqlarning mavjudligi; 


203 
- firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat 
xarakteri.
2.Qo‘shimcha omillar: 
- tasodifiy hodisalar; 
- tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash 
bo‘yicha hukumat faoliyati. 
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, 
mamlakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor 
infratuzilmasini 
rivojlantirish, 
bojxona 
bojlarining 
pasaytirilishi, 
subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar 
tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlardagi faoliyati uchun 
qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini 
oshirishga xizmat qiladi. 
O‘zbekistonda 2018-yilda ichki iqtisodiy shart-sharoitlar milliy 
iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi 
xarakterga ega bo‘lgan bo‘lsa, tashqi shart-sharoitlar birmuncha noqulay 
shakllandi. 
Xalqaro valuta jamg‘armasining 2019-yil yanvar oyida e’lon qilgan 
jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari bo‘yicha qayta ko‘rib 
chiqilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018-yil yakuni bo‘yicha jahon 
iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 3,7 foizni tashkil qilgan holda, 2017-yildagi 
ko‘rsatkichga (3,8 foiz) nisbatan 0,1 foiz bandga sekinlashgan. 
Iqtisodiy o‘sish sur’atining pasayishiga asosan: 
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlarida tanglikning 
yuzaga 
kelishi 
hamda 
ularning 
tashqi 
savdo 
siyosatlaridagi 
noaniqliklarning saqlanib qolinishi; 
Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishi natijasida jahon 
bozorida asosiy xomashyo tovarlariga talabning sust shakllanishi 
hisobiga ayrim xomashyo tovarlari narxlarining pasayishi; AQSh federal 
fond stavkalarining bir necha marta ko‘tarilishi natijasida 
rivojlanayotgan 
mamlakatlardan 
kapitalning 
chiqib 
ketishining 
kuchayishi va oqibatda, aksariyat davlatlarda pul-kredit siyosatining 
qat’iylashtirilishi sabab bo‘ldi. 
Bu holat, o‘z navbatida, xalqaro miqyosda sanoat ishlab 
chiqarish o‘sish sur’atlarining sekinlashishiga, xalqaro savdo 
hajmlari o‘sishining sustlashishiga hamda jahon bozorlarida 
xomashyo narxlarining pasayishi natijasida ko‘plab rivojlanayotgan 
mamlakatlar eksport daromadining qisqarishiga olib keldi. 


204 
Xususan, 2018-yilda O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari 
hisoblangan aksariyat davlatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining 
2017-yilga 
nisbatan sekinlashganligi O‘zbekistonda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarga tashqi talabni susaytirib, 
eksport hajmining oshishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekistonning 
asosiy savdo hamkorlari hisoblangan davlatlardan Xitoyda AQSh 
bilan "savdo urushlari"ning kuchayishi va jahon miqyosida iqtisodiy 
faollikning nisbatan susayishi natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlari 
6,9 foizdan 6,6 foizgacha pasaygan. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish