M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov


/ 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut. 
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni 
movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o‘rtasidagi farq 
vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab 
chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham 
yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 
11/8 
barrel vino (o‘zidagiga nisbatan 
5/6 
barrel) sotib olishi mumkin. 
Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug‘i: 
9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino. 
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 
9/8 
dona 
movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya 
uchun esa har bir barrel vinoga 
5/6 
dona movut almashganda savdo 


199 
foydali hisoblanadi. Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni 
rag‘batlantirib, quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat 
biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o‘tgan 
davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan 
bo‘ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda 
mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga 
olinmagan. Chunki, mamlakatlar o‘zaro hisob-kitoblarni amalga 
oshirish uchun valutalarini almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni 
ham tushuntirib bera olgan. U izohlaganidek yuqorida keltirilgan 
imkoniyat valutalarni almashtirish sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu 
vaziyatda eksport-import to‘lovlari o‘zaro balansga ega emas. Bunday 
vaziyat valuta kurslaridagi o‘zgarishlar hisobiga yoki biror bir 
mamlakatdagi barcha baholarni o‘zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. 
Yuqoridagi misol mavhum xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga 
asoslanishi uchun: 

mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o‘rtasida emas, balki 
mamlakat ichida harakatchan bo‘lishini; 

transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa 
cheklashlar hisobga olinmasligini; 

mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi 
texnika va texnologiyalarni qo‘llash hamda ularni ko‘p miqdorda 
seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o‘zgarishlar e’tiborga 
olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim. 
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro 
savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo‘llash mumkin. 
Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam 
narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik 
kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 
gacha) shunday tartibda sotilishi kerak. Mahsulotlar bahosi o‘rtasidagi 
o‘zaro nisbat aniqlab olingandan keyin «savdo sharoiti» (terms of 
trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish uchun esa “savdo 
sharoiti indeks” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula 
orqali aniqlangan: 


200 
Indeksning o‘sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo 
sharoitlarining yaxshilanayotganligini ko‘rsatadi. Ya’ni, ushbu 
miqdordagi importga hisob-kitob qilish uchun undan kam miqdorda 
eksport talab etiladi. Amaliyotda savdo sharoiti, birinchidan, tovarlar 
bahosi o‘zgarishi hisobiga, unga bo‘lgan talabning oshishi yoki 
kamayishiga bog‘liq. Ayrim mahsulot ishlab chiqaruvchilar (masalan, 
neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda bo‘layotgan 
o‘zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar. 
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib 
beruvchilarning bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog‘liq 
bo‘ladi. 
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki 
mahsulotlar iste’molidagi o‘zgarishlarga qarab o‘zgaradi. Savdo 
sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to‘g‘risida 
ma’lumotlar bersa-da, ko‘pgina kamchiliklardan xoli emas. Ularning 
eng asosiylaridan biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasa-da, 
sotilgan mahsulotlar miqdorini hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, 
savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi qisqarishi va import hajmi 
oshishiga olib keladi. Bu esa to‘lov balansini yomonlashtiradi. 
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta’sir 
qiladigan eng asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa 
ishlab chiqarish xarajatlariga bog‘liq.Keyingi tadqiqotlar ishlab 
chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, kapital kabi omillardan foyda 
olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor bahosi 
ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari 
ko‘rinishida, yerning bahosi renta miqdorida aniqlangan. 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish