M. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov



Download 2,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/188
Sana23.06.2022
Hajmi2,24 Mb.
#697468
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   188
Bog'liq
Makroiqtisodiyot

16.4.
 
Xeksher – Olinning neoklassik konsepsiyasi 
Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved 
iqtisodchi-olimlari Eli Xeksher va Bertil Olinlarni (30-yillar) 
ko‘rsatish mumkin. 
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog‘liq 
holda narxlarni tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning 
ma’nosi shundan iboratki, milliy ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab 
chiqarishning mehnat, yer, kapital va shuningdek, u yoki bu 
mahsulotga ichki iste’moldagi o‘zgarishlar kabi omillarga bog‘liq. 


201 
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan: 
1.
Mamlakatlar o‘zlarida ortiqcha bo‘lgan ishlab chiqarish omilini 
ko‘p talab qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, 
o‘zlarida taqchil bo‘lgan ishlab chiqarish omillarini ko‘p talab 
qiladigan mahsulotlarni import qiladilar. 
2.
Xalqaro savdo yo‘lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning 
turli mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi 
o‘zgarishlar kuzatiladi. 
3.
Mahsulotlar eksporti o‘rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari 
eksporti egallaydi. 
Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan 
boshqa omillar miqdori o‘rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga 
nisbatan yuqori bo‘lsa shu omil bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb 
hisoblanadi. Xeksher-Olin konsepsiyasiga asosan tashqi savdo 
quyidagi ko‘rinishlarga ega: Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, 
ya’ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma’lum miqdorda 
ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha 
yer mavjud, ammo kapital yetishmaydi. Ayrim turdagi mahsulotlarni 
ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi. Masalan, neftni 
qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish 
sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan 
ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo‘lgan 
mamlakatlar aynan ushbu yo‘nalishlarga ixtisoslashadilar. Shu bilan 
birga, don etishtirish va chorvachilik bilan shug‘ullanadigan 
mamlakatlarda ko‘proq yer resurslari kerak bo‘ladi va ular shu 
yo‘nalishga ixtisoslash–gan bo‘ladilar. 
Xeksher–Olin konsepsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 
50-yillarda «Leontev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 
V.Leontev AQSh kapital ortiqcha bo‘lgan mamlakat bo‘lishiga qara–
masdan 1947-yilda kapital talabchan emas, balki mehnat talabchan 
mahsulot eksport qilganligini ko‘rsatib berdi. Ya’ni Xeksher-Olin 
konsepsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar 
esa AQSh da kapitaldan ko‘ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy 
ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarilishida aynan shu 
omillar ko‘proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo‘lib 
chiqdi. 


202 

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish