M. N. Majidov. S. X. Nasimov


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Download 492,25 Kb.
bet4/40
Sana16.03.2022
Hajmi492,25 Kb.
#495273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
С.Насимов Монография123456

Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Mamlakatimiz olimlaridan E.G‘.G‘oziev, M.G.Davletshin, T.M.Adizova, SH.R.Samarova, Z.SH.SHeremetova, R.A.Mavlyanova, SH.R.Barotov, U.S.Jumaev, N.S.Jo‘raev kabilar o‘z tadqiqotlari doirasida o‘quv motivatsiyasining u yoki bu jihatlarini tadqiq qilganlar bulsalar, o‘quvchilarni maktabga moslashtirishda fikrlashini shakllantirish, bolalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning maqbul usullari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘quv-biluv faolligini oshirishda nutq o‘stirish bilan bog‘liq jihatlar S.Matchonov, U.Masharipova, R.Safarova, A.Hamroev, M.Hamdamova, B.Xodjaev, Q.Husanboeva, SH.Yusupova kabi olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Qoraqalpog‘istonlik olimlardan bilish faolligining falsafiy asoslari J.Bazarbaev, pedagogik va psixologik asoslari K.Erimbetov, G.Jumasheva, R.Nurjanova, A.Pazilov, Z.SHerimbetova va boshqalarning ilmiy izlanishlarida o‘z aksini topgan.
Ilmiy va nazariy darajada boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning maktabga moslashish jarayonidagi psixologik-pedagogik jihatlarini shakllantirish muammosini o‘rganishning dolzarbligi, shaxs ma’suliyatini shakllantirishni o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab ishlar MDH olimlari V.M. Safronova, A.G. Xripkovalar ijtimoiy adaptatsiya muammosini ilmiy izlanishlarida bayon etgan bo‘lsalar, V.S. Muxina, D.B.Elkonin, L.A. Vengerlar bolaning maktab ta’limiga tayyorligining ijtimoiy muammosini, L.I. Bojovich T. A. Nejnova, maktabda o‘qishga tayyorlikning aqliy faoliyat muammosini, A. Anastasi va J. Shvansara maktab etukligi tushunchasi muammosini, A.N.Leontiev, bolaning rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi uning "ichki pozitsiyadagi" o‘zgarishlar bilan haqiqiy faoliyati deb hisoblaydi. K. Yirasek bolaning intellektual imkoniyatlari muammosini o‘rganga. V. V. Davidov bola aqliy operatsiyalarni o‘zlashtirishi, V. N. Drujinin, L.S. Vigotiskiy, I. V. Dubrovinlar tadqiqotlarida yosh inqirozi ijtimoiy muammosiga alohida e’tibor qaratiladi. Bir qator mualliflar M. M. Bezrukix, I. N. Agafonova, L. M. Kovaleva, V. E. Kogon, E. M. Aleksandrovskaya, S. B. Semichev, V. V. Kovalyovlar moslasha olmaslik muammosini ilmiy izlanishlarida bayon etgan.
Xorijlik olimlar (L. Kolberg, J. Piaje, J. Rotter, F. Xayder va boshqalar) tadqiqot olib borishganligiga qaramay mazkur sifatni kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga moslashish metodikasini ishlab chiqish muammosi psixologiya tizim fanlarida haligacha o‘z echimini topmay qolmoqda. Ya’ni kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsini rivojlantirish, uning mustaqilligi, maqsad sari intiluvchanligi, intizomliligi, tashabbuskorligiga qaratilgan ta’lim kontekstidagi mas’uliyatlilikni shakllantirish metodikasining nazariy asoslari yaratilmaganligi aniqlandi.
Mazkur muammoning ilmiy-uslubiy jihatdan dolzarb ekanligi kichik maktab yoshidagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashning mavjud metodikasida boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarning maktabga moslashish ko‘rsatkichlarini o‘rganish uchun xizmat qiluvchi psixodiagnostik va psixokorreksion vositalar jamlanmasini amaliy tavsiya, ilmiy-uslubiy risola va umumiy to‘plam ko‘rinishida jamlash hamda amaliyotda foydalanish uchun hal etilmaganligi bilan izohlanadi. O‘qituvchilar, ota-onalar, shifokorlar va maktab psixologining birgalikdagi sa’y-harakatlari bolaning maktabdagi noqulayligi va o‘quv qiyinchiliklari xavfini kamaytirishi mumkin. Birinchi sinf o‘quvchilarini maktabga moslashtirish jarayonini tahlil qilib, uning ushbu shakllarini aniqlash tavsiya etiladi, ularning bilimlari maktabgacha ta’lim o‘qituvchisi va o‘rta maktab o‘qituvchisi ishida uzluksizlik g‘oyalarini amalga oshirishga imkon beradi.
Tadqiqotning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, birinchi sinf o‘quvchilarini maktabga moslashtirish jarayonida, unga o‘z harakatlarini his qilish va individual xususiyatlarini namoyon etish imkoniyatini beradi. Kichik maktab yoshidagi bola, dastlab kattalar yordamida, so‘ngra mustaqil ravishda real natija va unga erishishga qo‘shgan shaxsiy hissasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatadi. U o‘z xatti-harakatining natijalari uchun shaxsiy javobgarlik tajribasini to‘plab boradi. Kattalar bilan birgalikda faoliyatni tahlil qilish, so‘ngra o‘z-o‘zini tahlil qilish esa kerakli natijaga erishish ham unga bog‘liqligini anglashga yordam beradi. Bu o‘z navbatida bolaning maktabga moslashish noqulayligi va o‘quv qiyinchiliklari xavfini kamaytirishi mumkin.

Download 492,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish