M. Mirsaidov


Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar



Download 0,66 Mb.
bet59/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

Inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi omillar. XX asrning ik-kinchi yarmida dunyo bozorida narxlarning ko’tarilishi «taklif inflyatsiyasi» deb nomlangan holat bilan bog’liq bo’lgan. Ushbu holatda umumiy narxning o’sishi tabiiy resurslarga bo’lgan xara-jatlarning o’sib ketganida ifodalanadi: neft va boshqa energiya manbalarini qazib olish
va ancha qimmat bo’lgan energiya manba-laridan foydalanish munosabati bilan ularning bahosi oshib ketgan.
Klassik nazariyada inflyatsiya - davlat byudjeti taqchilligi na- tijasida sodir bo’lib, jahon bozorida dollarda ifodalangan narxlarga kamroq ta’sir etadi.
Inflyatsiyani tiyib turish omili – ishlab chiqarish samara-dorligini oshirish bo’lib, «taklif inflyatsiyasi» ishlab chiqarishda material va energiya hajmi sarfini kamaytirish yo’li bilan bosib turiladi, klassik inflyatsiya mehnat va kapital sarfini kamay-tirish orqali tiyib turiladi.
Yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va hukumat institutlari ta’siri. Jahon hamjamiyati dunyo bozorida narxlarni barqaror bo’lishidan manfaatdor bo’lib, bu quyidagilarda ifodalanadi:

  • barqaror narxlar jahon xo’jaligining muvozanatlashgan va jadal intensiv rivojini ta’minlovchi qulay investitsion muhit-ni tashkil etish va saqlashga imkon tug’diradi;

  • narxlarning keskin o’zgarishi tovar ishlab chiqaruvchilar hamda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar manfaat-lariga zarari tegishi bilan ijtimoiy munosabatlarni bevosita keskinlashuviga olib keladi.

Ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning jahon narxlari ikki asosiy darajada, ya’ni milliy va xalqaro darajada tartibga solinadi. Narxlar iqtisodiy va ma’muriy usullar yordamida tartibga solinadi.
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish deyilganda butun tizimning barqaror rivojlanishiga yordam berish maqsadida narx-larga qonunchilik, ma’muriy va moliya-byudjet ta’siri o’tkazish tushuniladi. Narxni davlat tomonidan tartibga solish shakllari turlicha bo’ladi:

  • ishlab chiqarishda sohasida va tovar muomalasida davlat-ning bevosita ishtiroki;

  • tovar bozorining talab ehtiyojini va taklif muvozanatiga ta’sir o’tkazish;

  • monopoliyaga qarshi qonunchilik vositasida ta’sir etish;

  • daromadlar siyosatini olib borish;

  • pul muomalasi orqali bozor kon’yunkturasini tartibga so-lish;

  • pul muomalasi aniq holatini hisobga olgan holda mazkur usullarni uyg’unlashtirish;

  • narxlarni tartibga solishda bevosita va bilvosita usul-lardan foydalanish.

Bevosita tartibga solish usulidan asosan jamiyatga xizmat qi-luvchi tarmoqlarda (energetika, transport, aloqa, suv ta’minoti va h.k.) foydalaniladi.
Narxlar va tariflar qoidaga ko’ra, monopoliyalarga nisbatan daromadning katta bo’lmagan normasi va ularning aholiga reali-zatsiya qilingan tovarlaridan kelgan daromadning yuqori norma-sidan kelib chiqib o’rnatiladi.
Davlat narxlari ham aholiga xizmat qiluvchi tarmoqlarni rag’- batlantirish hamda milliy iqtisod rivojlanishining yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida tartibga soluvchi vosita hi-soblanadi.
Tartibga solishning bevosita usuli sifatida (AQSh, Frantsiya, Belgiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlarda) ma’muriy narx o’r- natish usulidan foydalaniladi.
Narxlarni tartibga solishning bu usuli yirik monopoliyalar uchun juda qo’l keladi, ular tovarlar va xizmatlarni ancha past bo’l-gan ma’muriy narxlarda sotib olib, foyda ko’radilar.
Narxlarni bilvosita tartibga solish usulida qiymatning shakllanishini aniqlanib beruvchi omillarning ta’siri ko’zda tu-tiladi. Eng avvalo, yalpi talab va taklifni fiskal - pul kredit va valyuta siyosati orqali tartibga solish ko’zda tutiladi. Bu ishlab chiqarish va bandlikni rag’batlantirish va shu orqali iste’mol bozorini tartibga solish imkonini beradi. Bundan tashqari, dav-latning investitsiya, amortizatsiya, tabiiy rentalar, ish haqi siyo-satlari chora-tadbirlaridan ham narxlarni bilvosita tartibga solishda foydalaniladi.
Davlat tomonidan narxlarni tartib solish, ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarish va sotishda keng qo’llaniladi. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solib turish fermerlar ish-lab chiqargan mahsulotlar narxlarini bir xil darajada ushlab turish bilan ma’lum miqdorda daromad olishlari va jamg’arma jamg’arishlarini ta’minlashga ham qaratilgan. Bu, o’z navbatida, qishloq xo’jaligida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayo-nini ta’minlash imkonini beradi. Shuning uchun AQShda qishloq xo’jalik mahsulotlarining kafolatlangan narxi darajasidan bo-zor narxi pasayib ketgudek bo’lsa, davlat fermerlarga federal byudjetdan subsidiyalar beradi.
Hukumat yoki yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (TNK, mono- poliya va boshqalar) jahondagi narx darajasiga demping orqali ta’sir o’tkazishlari mumkin. Bundan kuzatilgan maqsad ma’lum bir tovarlarga yoki tovarlar guruhini jahon bozorida ichki bozor-dagi narxga nisbatan arzonroq sotish bilan tashqi bozorni egal-lashdan iborat. Bundan ko’riladigan zarar tashqi bozordagi narxni ko’tarish hamda import- mamlakatlari iqtisodiyotiga suqilib ki-rish bilan qoplanadi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish