Jahon narxlari mohiyati, turlari va tuzilish omillari
Jahon narxlarini jamiyat uchun ishlab chiqarilgan sifatli tovarning jahon bozoridagi qiymatining puldagi ifodasi bilan aniqlash mumkin.
Agar tovar quyidagi talablarga javob bersa, tovar narxini jahon narxiga tenglashtirish mumkin:
xalqaro savdoda doim yirik-yirik kelishuvning bo’lishi;
kelishuvlar maxsus emas, tijoratga oid bo’lishi lozim;
kelishuvlarni faqat erkin konvertirlanuvchi valyutada tu-zish;
kelishuv yo eksport, yoki import kelishuvi bo’lishi lozim;
barcha operatsiyalar bozorda erkin tartibda amalga oshiri-lishi zarur.
Amaliyotda narx darajasiga va dinamikasiga har qanday o’zga- rishlar, chunonchi, ishlab chiqarishda, taqsimlashda, ayirboshlashda va ma’lum bir tovarni iste’mol qilishda yuz bergan hamda ko’zda tutilgan o’zgarishlar ta’sir ko’rsatadi. Jahon narxi turli omil-lar ta’siri ostida tashkil topadi, bu omillarning eng muhimlari quyidagilar hisoblanadi:
qiymat va iste’mol qiymati ta’siri;
talab va taklifning nisbati;
valyuta kursi (nominal va real) ta’siri;
yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektlari va hukumat institut-lari ta’siri;
muayyan kelishuvlarni tuzishdagi shartlarning o’ziga xos tomonlari.
Qiymatning paydo bo’lishida qiymatning texnologik asosi: fan- texnika taraqqiyotining (FTT) ning konstruktorlik tarmog’i – uzoq muddatga mo’ljallangan tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’satish samaradorligini oshirishning asosi bo’lib, mahsulot bir-ligi uchun sarflanadigan resurslar sarfini kamaytirishni shart qilib qo’yadi.
FTT konstruktorlik tarmog’i nomenklaturadagi mahsulot-larni ishlab chiqarishni kengaytirishni va xillarini ko’pay-tirishni, funktsional xossalarini yaxshilashni ta’minlaydi. Bu qoidaga ko’ra, ilmiy-tadqiqot ishlari va echimlariga sarflanayot-gan xarajatlar idan o’sib boradi. Bu sifatliroq va qimmat-roq resurslardan foydalanish hisobiga bo’ladi.
Yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy etish bosqichida mah-sulot birligiga sarflanadigan xarajatlar oshadi, lekin ishlab chiqarish jadal (intensiv) rivojlana boshlagandan keyin, yangilik orqasida tejamkorlikka erishilgandan keyin mahsulot birligiga sarflanadigan xarajatlar keng miqyosda kamayadi. Mahsulot bir-ligiga sarflanadigan resurslar sarfi
fizik me’yorining kamay-tirilishi resurslar narxining ko’tarilishiga olib keladi.
Inflyatsiya sharoitida mahsulot birligi uchun belgilangan xarajatlar va mahsulot narxi jismoniy me’yor xarajat omil-larini kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish omillari narxiga nisbatan sekin o’sadi. Boshqacha qilib aytganda, barcha omillar ishga solingan ishlab chiqarish sur’ati qancha yuqori bo’lsa, ya’ni mahsulot birligiga mehnat va kapital sarfi tez kamayib borsa, mahsulotga qo’yiladigan narx shuncha sekinlik bilan o’sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |