O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI TOShKENT MOLIYA INSTITUTI
M. Mirsaidov
XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR
O’quv qo’llanma
Toshkent,
«IQTISOD-MOLIYA» 2006
M.S. Mirsaidov. “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”. O’quv qo’llanma-T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006, 304 bet.
Ushbu o’quv qo’llanmasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning hozirgi zamondagi roli va mohiyati, tashkiliy-huquqiy asoslari, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish usullari, xalqaro savdo va jahon narxlari, xalqaro valyuta tizimi, kapitalning xalqaro aylanishi va ssuda bozorlari, O’zbekistonda chet el investitsiyalari, O’zbekiston xalqaro migratsiya jarayoni tizimida, hozirgi zamon xalqaro iqtisodiy munosabatlarda transmilliy korporatsiyalar, O’zbekistonda TMKlar faoliyati, xalqaro hududiy–iqtisodiy in-tegratsiya va boshqa iqtisodiy masalalar keng yoritilgan.
Shuningdek, kitobda xalqaro iqtisodiy munosabatlarga taal-luqli statistik ma’lumotlar, jadvallar, grafiklardan keng foyda-lanilgan.
«Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» kitobi oliy o’quv yurt-larining iqtisodiyot va huquqshunoslik mutaxassisliklari bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun o’quv qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Mazkur qo’llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy kengashning 2004 yil 15 dekabrdagi 3-sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
Mas’ul muharrir dots. B. Mahmudov Taqrizchilar: i.f.d., prof. Yo. Abdullaev,
i.f.d., prof. G. Nazarova, i.f.d., prof. M. Hakimova
ISBN – 978 – 9943 – 13 – 007 – 4
2
© “IQTISOD-MOLIYA” nashriyoti, 2006
SO’ZBOShI
Hozirgi sharoitda jahon xo’jalik aloqalari tizimida globalla-shuv va integratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari o’zaro aloqalarining va o’zaro bog’liqlikla-rining kuchayishi zamonamizning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylanmoqda. Globallashuv, ma’lumki, ishlab chiqarish, axborotlar almashinuvi, savdo, transport va boshqa xizmat ko’rsatish soha-laridagi mamlakatlararo aloqalarda namoyon bo’ladi. Bu jarayon-larda mustaqil O’zbekiston ham faol ishtirok etmoqda. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va isloh etish, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalarini jalb etish va xorijiy sarmoyalarga qulay inves-titsion muhit yaratish, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchi-lari bilan chet el firmalari o’rtasidagi uzoq muddatli barqaror sheriklik munosabatlarini shakllantirish O’zbekiston Respubli- kasida amalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning mohiyatini tashkil etadi.
Bu sohada yagona davlat siyosati yuritilishi O’zbekistonning xo-rijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy ins-titutlar, boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan o’zaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini yanada rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois, mamlakatimizda o’tkazayotgan iqtisodiy islohotlar O’zbekistonni qisqa muddatlarda jahon xo’jaligi tizimida o’z o’rniga ega bo’lishini va dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. Bu-gungi kunda O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sub’ekti sifatida jahon xo’jaligi aloqalariga tobora keng jalb qilinmoqda, dunyoning o’nlab rivojlangan va rivojlanayotgan mamla-katlari bilan mustahkam xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishgan, uning tashqi savdo aylanmasi hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Iqtisodiyotimizning real sektoriga kirib kelayotgan to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalar salmog’i oshmoqda, o’nlab xal-qaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi kuchaymoqda. Ay-niqsa, tashqi iqtisodiy faoliyatning turli sohalari bo’yicha mala-kali kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berilmoqda.
Ushbu o’quv qo’llanmada xalqaro iqtisodiy munosabatlarning hozirgi zamondagi roli va mohiyati, tashkiliy-huquqiy asoslari, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish usullari, xalqaro valyuta tizimi, kapitalning xalqaro harakati va ssuda bozorlari, O’zbekistonda chet el investitsiyalarining samaradorligi, ishchi kuchlarining xalqaro migratsiyasi hozirgi zamon xalqaro iqti-sodiy munosabatlarda transmilliy korporatsiyalarning ahamiyati va O’zbekistonda ularning
faoliyati, xalqaro iqtisodiy integra-tsiya va xalqaro iqtisodiyotning boshqa masalalari yoritilgan.
Shuningdek, qo’llanmada xalqaro iqtisodiy munosabatlarga taalluqli statistika ma’lumotlaridan, xorij va o’zbek tilidagi adabiyotlardan, iqtisodiy jurnallardan foydalanilgan.
«Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» nomli o’quv qo’llanma oliy ta’limning «Biznes va boshqaruv» sohasi bakalavr ta’lim yo’- nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, undan iqtisodiyot yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlari o’ quvchilari va boshqa qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |