M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Aholi yashaydigan joylarni suyuq chiqindilardan tozalash. Bu ish ikki yo‘l bilan olib boriladi



Download 422,93 Kb.
bet45/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Aholi yashaydigan joylarni suyuq chiqindilardan tozalash. Bu ish ikki yo‘l bilan olib boriladi:

  1. Kanalizatsiya orqali. Bunda suyuq chiqindilar maxsus quvurlar (oqizish tizimi) orqali maxsus joylarda to‘planadi, u yerda tozalanadi, zararsizlantiriladi.




  1. Suyuq chiqindilar aholi yashaydigan joylardan transport vositalari yordamida olib ketilib, maxsus ajratilgan joyga to‘kiladi va u yerda zararsizlantiriladi.

Ro‘zg‘ordagi suyuq chiqindilarni tashlash uchun o‘ralar kov- lanadi. Suyuq chiqindilarni tashib olib ketib, yo‘qotish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Chiqindilar yig‘iladigan joylar (hojatxonalar, yuvindi to‘kiladigan o‘ralar).

  2. Tashib ketish uchun transport.

  3. Chiqindilarni zararsizlantirish va qayta ishlash inshootlari.

Inson yashaydigan joyda birinchi navbatda havo, tuproq,
yerosti suvlari ifloslanmaydigan qilib hojatxona quriladi. Vodop- rovod va kanalizatsiya bo‘lmaganda, 1—2 qavatli binolarda lyuftklozetlar — havo yurib turadigan hojatxonalar quriladi. Hov- lida tozalab turiladigan hojatxona bo‘lsa, uni doimo ozoda saqlash kerak.
Hovlida hojatxona turarjoy binolaridan kamida 20 metr masofada quriladi. Hojatxona o‘rasi (har bir odamga sutkada

  1. litr atrofida) hojatxonaga kiradigan odamlar soniga, qancha muddatda tozalanishiga qarab quriladi. O‘ra devori suv o‘tkaz- maydigan narsalar (g‘isht, tosh, beton va b.lar)dan ishlanadi, tagiga 30—40 santimetr qalinlikda shibbalangan quyuq loy soli- nadi. Hojatxonaning devori va usti tirqishlarsiz, eshigi zich va o‘z-o‘zidan yopiladigan (prujinali, ilgakli), tegishli qopqoqli bo‘- lishi kerak. O‘raga havo tortadigan mo‘rkon o‘rnatiladi.

Patogen mikroorganizmlar yuvindida axlatga qaraganda kam bo‘ladi, biroq u chirib, sassiq hid chiqarishi mumkin. Yuvindi miqdori axlat miqdoriga qaraganda ko‘p bo‘ladi, shuning uchun ularni tashib ketib yo‘qotish qiyin. Yuvindini tashlash uchun kir o‘ra kovlab, ustiga to‘rli quti qo‘yiladi. To‘rda qolgan xas-cho‘p, axlat olib tashlanadi, o‘radagi yuvindi esa vaqt-vaqti bilan tashib olib ketiladi.
O‘rta Osiyo xalqlari suyuq chiqindilarni yig‘ish va ularni zararsizlantirish uchun keng miqyosda tashnovdan foydalanish- gan. Tashnovda chiqindilar, iflos suvlar tuproq usulida tozala- nadi. O‘zbekiston sharoitida tashnov qadimiy shaharlar (Buxoro, Xiva, Samarqand)da keng qo‘llanilgan. Tashnov — o‘rtacha chuqurligi 2—4 metr, eni 1—1,5 metr bo‘lib, ustki qismi gumbaz shaklida g‘isht bilan ishlab chiqiladi. Shunda o‘ra xumsimon shaklda bo‘lib, og‘zi qopqoq bilan yopiladi.




Axlatni tuproqqa aralashtirib yuborish usuli bilan zarar- sizlantiriladi. Bu usulning afzalligi shundaki, tuproq tarkibi oziqlantiruvchi birikmalar: azot, fosfor, kaliy bilan ham boyi- tiladi. Hozirgi vaqtda, suyuq chiqindilarni zararsizlantirish ikki usulda olib boriladi:


  1. Download 422,93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish