M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Tuproq kattaligi bir necha mikrondan santimetrlargacha qattiq jinslardan tashkil topib, donadorligi, sochilib turishi, g‘ovakligi bilan sifatlanadi



Download 422,93 Kb.
bet41/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Tuproq kattaligi bir necha mikrondan santimetrlargacha qattiq jinslardan tashkil topib, donadorligi, sochilib turishi, g‘ovakligi bilan sifatlanadi.
Tuproqning katta-kichikligi 0,1 dan 3 mm gacha bo‘lishi— qumtuproqning asosini tashkil qiladi.
Tuproq tarkibida 90% qum, 10% loy bo‘lsa — qumloq, 10—30% loyligi — soztuproq, 50% dan ortig‘i loy bo‘lsa — loy tuproq deyiladi. Tuproqning g‘ovakligi uning donadorligiga bog‘- liq, tuproq qancha mayda bo‘lsa, g‘ovakligi shuncha kam bo‘ladi.
G‘ovak tuproq havo va suvni singdiruvchanligi bilan farqla- nadi. Tuproq havosi bilan atmosfera havosi orasidagi bog‘liqlik sanitariyaviy ahamiyatga ega. Toza tuproq tarkibida ko‘p miq- dorda uglerod (IV) oksid, suv bug‘i va kislorod bo‘ladi. Iflos-


4-M.A. Azizov


49


langan tuproq tarkibida 02 yetishmasligi natijasida ammiak, vodorod, boshqa gazlar yig‘ilishi mumkin. Chunki g‘ovak tup- roqda biokimyoviy jarayonlarning aerob usulda ro‘yobga chiqishi gigiyenik jihatdan bexavotir hisoblanadi.



  1. §. TUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI

Tuproq tarkibidagi organik birikmalar mikroorganizmlar yordamida chiritish xususiyatiga ega. Yer kurrasining bir-biridan farqlanuvchi barcha qit’alari tuprog‘i tarkibida har xil mikroblar bo‘lib, ularning miqdori 1 g tuproqda yuz, ming, hatto milliongacha yetishi mumkin. Hatto cho‘l mintaqasida 1 g namsiz qumtuproq tarkibida 1 milliongacha mikrob bo‘lishi mumkin. Yerning yuza qismida 1 sm dan 10 sm gacha mikroblar qatlami bo‘lib, chuqurlashgan sari mikrob miqdori kamayib boradi.
Bakteriyalar tuproqda ko‘payishiga qarab 3 turga bo‘linadi: kuchli, o ‘rtacha, kuchsiz-
Mikroblar faoliyatida mexanik ta’sirdan tashqari, tuproq- ning harorati ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Aholi yasha- maydigan joylarda tuproq saprofitlarga boy bo‘ladi.
Spora hosil qilmaydigan patogen mikroblar, asosan, odamlar najasi, murdalar, hayvon chiqindilari, oqava suvlar tushadigan tuproqlarda ko‘p uchraydi. Bunday mikroblar tuproqda o‘ziga qulay sharoit topa olmagani tufayli (noqulay harorat, kam namlik, tuproqdagi mikroorganizmlarning antagonistik ta’siri va boshqalar) qirilib ketadi yoki o‘zining virulentligini o‘zgar- tiradi. Lekin qirilib ketguncha qulay sharoitga tushsa, o‘zining patogen faoliyatini ko‘rsatishi mumkin. Patogen mikroorganizm­larning tuproqda uzoq vaqt yashab, spora hosil qiluvchilari guruhiga kuydirgi, botulizm va gazli gangrenaning qo‘zg‘atuvchi- lari kiradi. Kasallik jarohatlangan joyga shu kasallikni qo‘z- g‘atuvchilari bilan ifloslangan tuproq tushishi oqibatida vujudga keladi.
Kuydirgi tayoqchalari tuproqqa shu kasallik bilan og‘rigan hayvonlarning ajratmalari, o‘limtiklar, shuningdek, teri-kon zavodlari hamda jun yuvadigan joylardan chiqadigan oqava suvlardan tushishi mumkin. Kuydirgi bakteriyalarining sporalari tuproqda o‘n yillab yashaydi. Kuydirgi sporasi bilan ifloslangan o‘tni yegan qoramolga kuydirgi yuqishi mumkin.




Kasallik qo‘zg‘atuvchi gijjalar (gelmintozlar) ko‘pincha o‘z rivojlanish bosqichlarini tuproqda o‘tkazadi, bunda tuxum voyaga yetadi. Odam ichidagi bir dona urg‘ochi askarida 24000 gacha tuxum qo‘yishi va ular keyinchalik najas bilan tashqariga chiqishi mumkin. Yer sathida askarida tuxumi namgarchilik bo‘lmaganda, quyosh nuri ta’sirida 7 soatdan 5 kun ichida o‘lsa,

  1. 10 sm chuqurlikda o‘z faoliyatini bir yilgacha saqlashi mumkin. Tuxumning yetilishi, sharoitga qarab, 10 kundan 15 kungacha cho‘ziladi. Tuxumda hosil bo‘lgan chuval- changsimon embrion suv yoki ovqat bilan organizmga tushib, alohida jinsga aylanadi.

Nisbiy namligi yuqori, iqlimi iliq yoki issiq bo‘lgan sharoitda ro‘zg‘or chiqindilarini o‘z vaqtida tegishli joylarga olib ketil- masligi natijasida askaridoz va trixotsefallez kasalliklari tez tarqalib ketishi mumkin. Lekin quruq va jazirama issiq iqlim sharoitida yoki shimolning juda sovuq yerlarida gijjalar tuxumi tuproqda qirilib ketadi, shu sababli bu yerlarda aholi orasida gijja kasalligi ko‘p uchraydi.
Tuproq va o‘simliklar tarkibida lentasimon gijjalar bo‘lgan najas bilan ifloslanishi shu o‘simlikdan oziqlangan qoramol va cho‘chqalarning kasallanib, keyinchalik aholi o‘rtasida teniarin- xoz va tenioz kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston iqlimi sharoitida o‘z vaqtida yig‘ishtirib olib ketilmagan, yig‘ilib qolgan chiqindilar ichak kasalligini paydo qiluvchi mikroblarning tuproqda tez ko‘payishi va aholi orasida yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish