Tuproqning ifloslanganligini kimyoviy usulda aniqlashda I.I. Xlebnikov tavsiya qilgan «Sanitariya soni»dan foydalanish mumkin.
Tuproqda tozalanish jarayoni oshgan sari gumusdagi azot miqdori ortib boradi, shu bilan bir qatorda sanitariya soni ham oshadi. Sanitariya soni deganda tuproqning gumus tarkibidagi oqsil azoti miqdorining tuproqdagi organik azot miqdoriga nisbati tushuniladi. Juda ifloslangan tuproqda sanitariya soni
70 dan kam, o‘rtacha ifloslangan tuproqda 0,85—0,86, deyarli toza tuproqda — 0,98 bo‘ladi.
Tuproqning ifloslanganligini undagi bakteriyalarning soni hamda ichak tayoqchasi titrini aniqlash usuli bilan ifodalash mumkin.
Juda ifloslangan tuproqning kolititri 0,001 va undan past, toza-ifloslanmagan tuproqda titr — 1,0 va undan yuqori bo‘ladi. Toza tuproqda gijja tuxumlari bo‘lmasligi kerak.
Tuproqning organik chiqindilardan tozalanishi quyidagicha kechadi:
Organik birikmalar mineralizatsiyaga uchraydi va mineral tuzlarga aylanadi.
Ichak guruhiga kiruvchi patogen mikroblar o‘ladi.
Gijjalar tuxumi yashash qobiliyatini yo‘qotadi va o‘ladi.
Tuproqning gijjalar tuxumidan bunday tibbiy usulda toza- lanishi katta ahamiyatga ega.
Tuproqda organik birikmalarning parchalanishi ikki bos- qichda sodir bo‘ladi: oldin mineralizatsiya, so‘ng nitrifikatsiya. Tuproqda organik birikmalarning mineralizatsiyaga uchrashi ikki xil sharoitda: yetarli darajada kislorod bo‘lganda hamda anaerob sharoitda kechadi. Bunday bioximik o‘zgarishlar jarayonida quyidagilar sodir bo‘ladi:
uglevodlar suvga va karbonat kislotaga parchalanadi;
yog‘lar glitserin, yog‘ kislotalariga va bular o‘z navbatida, suvlarga va karbonat kislotaga parchalanadi.
Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanishining ikkinchi bosqichida nitrifikatsiya jarayoni kislorod ishtirokida birinchi bosqichda hosil bo‘lgan kimyoviy elementlar, o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan yangi murakkab birikma — mineral tuzlariga aylanadi.
Tuproqdagi uzoq muddatli murakkab jarayonlar davomida tuproqqa tushgan organik moddalar mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, suv, uglerod (IV) oksidga, mineral tuzlar esa gu- musga aylanadi, patogen mikroorganizmlar esa nobud bo‘ladi.
Gumus asta-sekin parchalanib, o‘simliklarga zarur bo‘lgan oziq moddalarni beradi. Gumus organik moddalardan iborat bo‘lishiga qaramay, chirimaydi, sassiq hid chiqarmaydi, pash- shalar qo‘nmaydi (tarkibidagi patogen mikroblar bundan mus- tasno). Tuproq ko‘pgina zaharli birikmalardan ham tabiiy to- zalanish xususiyatiga ega. Zaharli birikmalar tuproqqa singib, mikroorganizm hamda havodagi kislorod ta’sirida oksidlanib, zaharsiz birikmalargacha parchalanadi.
Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanishi aeratsiyaga bog‘liq. Yirik, donador tuproq (qumli, qumloq) da suv va havo yaxshi singishi ma’lum. Shuning uchun ular quruq bo‘lib, yaxshi aeratsiyalanadi va o‘z-o‘zidan tozalanadi. Mayda, donador tuproq (loy tuproq, torfli tuproq) g‘ovaklari tor bo‘lib, suv hamda havoning yomon o‘tkazganligi uchun o‘z-o‘zidan tozalanishi sekin kechadi. Yerga organik chiqindilar ko‘p solib yuborilganda uning o‘z-o‘zidan tozalanishi sekinlashadi. Bunda anaerob chirish mikrof- loralarning rivojlanishi uchun sharoit vujudga keladi va to‘liq parchalanib ulgurmagan organik moddalar sasib, atmosfera havosini ifloslantiradi. Qattiq va suyuq chiqindilarni yo‘qotish va zararsizlantirish uchun tuproqning tabiiy tozalanish xususiyatiga to‘sqinlik qilmaslik kerak.
Chiqindi turlari, tarkibi, ularning to‘planish me’yorlari. Aholi yashaydigan joylarda chiqindi manbalari ham, turlari ham xilma- xildir. Chiqindining qattiq va suyuq turlari farqlanadi. Qattiq chiqindilarga turarjoy va jamoat binolaridan chiqadigan axlat, sanoat va oziq-ovqat korxonalarining chiqindilari, qozonxona- lardan chiqadigan shlak, kul, hovli va ko‘chadan chiqadigan axlatlar kiradi. Kanalizatsiya o‘tkazilmagan joylarda suyuq chiqindi — mag‘zava va yuvindidir. Aholi yashash joylarida hosil bo‘ladigan chiqindilarning miqdori va ularning tarkibi shaharning katta-kichikligiga, kanalizatsiya bor-yo‘qligiga, umumiy ovqatlanish tarmog‘ining rivojlanganlik darajasiga, iqlim sharoitlariga va boshqalarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Axlatxonalardagi uy-ro‘zg‘or chiqindilari kemiruvchilar va hasharotlarning ko‘- payishiga, yoqimsiz hid chiqishiga sabab bo‘ladi. Gigiyenik nuqtayi nazardan organik moddalar saqlagan chiqindilarga ko‘p- roq ahamiyat beriladi. Ular aholi yashash joyidan o‘z vaqtida tashib ketilmasa, havoni ammiak, vodorod sulfit, merkaptan va boshqa moddalarning parchalanish mahsulotlari bilan iflos- lantirishi mumkin. Bundan tashqari, axlatxonalar ichak infek- siyasini qo‘zg‘atuvchilar, gelmint tuxumlarining yashashi uchun qulay muhit hisoblanadi. Shahar va qishloqlarda chiqindilarning yillik umumiy hajmi g‘oyat kattadir. Chiqindilarning umumiy miqdori bir odamga bir yil ichida to‘planadigan qattiq va suyuq chiqindilarning o‘rtacha me’yorlariga va aholi yashash joyida yashovchilarning soniga qarab aniqlanadi. Shunga asoslanib, axlat yig‘uvchi transport vositalarining zarur miqdori hisoblab chiqiladi va chiqindilarni yig‘ish va zararsiz holga keltirishning eng maqsadga muvofiq tizimi belgilanadi.
Aholi yashash joylarini tozalash tizimi. Aholi yashash joylarini tozalash deganda chiqindilarni yig‘ish, tashib ketish va zararsiz- lantirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kompleksi tushuniladi. Aholi yashash joylarini tozalash faqat gigiyenik emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ham ega, chunki chiqindilardan o‘g‘itlar, issiqlik energiyasi olish uchun yoqilg‘i, mollarni boqishda ozuqa sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |