M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri



Download 422,93 Kb.
bet52/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

O‘rta Osiyo aholisi yozning issiq kunlarida har xil mevalardan tayyorlangan sharbatlar qatori ko‘k choyni xush ko‘radi. Ko‘k




choyning qora choyga nisbatan afzalligi shundaki, u me’daning sharbat ajratish faoliyatiga kuchli qo‘zg‘ovchi ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘k choy me’dada uzoqroq saqlanib, keyinchalik asta-sekin buyrak orqali chiqib ketadi.
Odam bir kecha-kunduz mobaynida yoshiga qarab 100 ml dan 3000 ml atrofida suv iste’mol qiladi, jumladan, 1200— 1300 ml (48 %) suvni suyuqlik ko‘rinishida, 1000—1100 ml suvni esa ovqat tarkibida iste’mol qiladi. Oziq moddalarining endogen oksidlanishi natijasida organizmda 300 ml (12%) atrofida suv hosil bo‘ladi.
Organizmdagi suv doimo yangilanib turadi: katta yoshli odamda 15 kun mobaynida, bolalarda esa 3—5 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib oladi. Buyrak, o‘pka, me’da-ichak yo‘li, teri suv almashinuvida faol ishtirok etadi. Atrofdagi havo temperaturasi baland bo‘lib turganida 4—5 litrcha suv ter bilan birga teri orqali chiqib ketadi, shuning uchun suvga ehtiyoj yanada ortadi. Normal temperaturada teri orqali 300—400 ml suv ajralib chiqadi. Tashqi muhit sharoiti va ichilgan suyuqlik miqdoriga qarab, bir kecha-kunduzda buyrak orqali 0,5 1 dan

  1. 1 gacha suv ajralib chiqadi. Bir kecha-kunduzda chanqoqni bosish uchun iste’mol qilinadigan suv miqdori kishi sarflaydigan energiyaga bog‘liq tarzda 2,5—4 1 ni tashkil etadi.

Yo‘qotilgan suv miqdorining ortib borishi bilan odam o‘zini yomon his qila boradi. Organizm tarkibidagi 10% suvni yo‘qotish modda almashish jarayonlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Havo harorati 30 ° C va undan yuqori bo‘lganda 15—20% suvning organizmdan chiqib ketishi esa o‘limga olib kelishi mumkin.
Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati darajasi suv bilan ta’minlanish sifati va miqdoriga qarab belgilanadi. Aholi jon boshiga suv sarfi qishloq joylarda 40—60 litr, vodoprovod va kanalizatsiya bor, lekin vannasi yo‘q binolarda 125—160 litr, vanna bor bo‘lsa 160—230 litr, markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti tizimi bor binolarda 230—350 litr, yirik shaharlarda 500—1000 litr atrofida bo‘ladi.
Toza suv tanqis bo‘lgan joyda aholining salomatligi xavf ostida qolishi tabiiy. Demak, suv organizmning fiziologik, gigiyenik talablariga va xo‘jalik ehtiyojlariga sifat va miqdor jihatidan to‘la javob beradigan bo‘lishi kerak. Ichimlik suvining sifati orga- noleptik xossasi, kimyoviy tarkibi, kasallik tarqatuvchi mikroblar hamda radioaktiv nurlarning bor yoki yo‘qligi bilan ifodalanadi.




Suvning organoleptik xossasi — bu suvni organizmning sezgi a’zolari orqali aniqlanadigan bir qancha belgilari, ya’ni uning tiniqligi, rangi, ta’mi, harorati, qattiqligi va hidi bilan baholanadi.
Iste’mol uchun mo‘ljallangan suv ichida organoleptik jihatidan gigiyenik talablarga javob bera olmaydigan, jumladan, loyqa, rangli, badbo‘y hidli, achchiq, nordon, taxir suv manbalari bor. Bunday suv ko‘ngilni ozdiradi, chanqoqni bosmaydi, garchi salomatlik uchun xavfli bo‘lmasa ham aholi undan foyda- lanmaydi. Suvning kimyoviy tarkibiga ko‘ra, suv manbalaridagi suv bir-biridan farq qilishi mumkin. Mineral tuzlar miqdori ortgan sari suvning ta’mi buzilib, me’da-ichak yo‘li hamda boshqa a’zolar faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zi tuzlar, masalan, nitrit, ftorid ma’lum miqdorda zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Shuni alohida qayd etish muhimki, o‘tgan asrning 80-yillari suv manbalarining ifloslanishi bilan ajralib turadi. Unga sanoat chiqindilari, oqava suvlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligida keng ko‘lamda ishlatilgan pestitsid hamda mineral o‘g‘itlar qoldiqlarining suv manbalariga oqizilishi sabab bo‘lgan.
Bu jihatdan tashqi muhit ta’siriga chidamli, kuchli, turg‘un, zaharli xususiyatlarga ega, aksariyati xlororganik guruhlarga kiruvchi birikmalarning suvga tushishi katta xavf tug‘dirishi mumkin.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish