M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Aholi xo‘jalik-turmush maqsadlarida ishlatadigan suv quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi kerak



Download 422,93 Kb.
bet55/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Aholi xo‘jalik-turmush maqsadlarida ishlatadigan suv quyidagi gigiyenik talablarga javob berishi kerak:

  1. Yaxshi organoleptik xususiyatlarga va kishini tetik- lashtiruvchi temperaturaga ega bo‘lishi, tiniq, rangsiz, ta’msiz va hidsiz bo‘lishi.

  2. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra zaharsiz bo‘lishi.

  3. Tarkibida patogen mikroblar va boshqa kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari bo‘lmasligi, ya’ni kasallik manbayi bo‘lib qolmasligi lozim.

  4. Tarkibida radioaktiv moddalar ruxsat etilgan miqdordan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Suvning sifati ko‘p jihatdan suv manbayining sanitariya holatiga bog‘liq. Shuning uchun ham suv manbalariga baho




berishda uning atroflari sanitariya-topografik jihatdan tekshi- riladi. Bundan maqsad tuproqni ifloslovchi manbalarni aniqlash, suv olish inshootlarini tekshirish, laboratoriya tekshiruvi uchun suv oladigan joyni belgilash va b.lar. Bundan tashqari, bu suv manbayidan foydalanuvchilar orasida qanday kasalliklar uch- rashini aniqlash, tumandagi epidemiologik ahvol bilan tanishish lozim. Bunda, asosan, aholi va uy hayvonlari orasida uchray- digan, suv orqali tarqalishi mumkin bo‘lgan kasalliklar o‘rganiladi. Shunday qilib, sanitariya-topografik tekshirishlar natijasi bilan laboratoriya natijalari qiyoslanib, suv manbayi va suv gigiyenik nuqtayi nazardan baholanadi.
Aholiga vodoprovod bilan tarqatiladigan ichimlik suviga qo‘yiladigan gigiyenik talablar amaldagi standartda o‘z ifodasini topgan. Suv sifatining standarti belgilangan me’yorga muvofiqligi vodoprovod tarmog‘idan olingan suvni sanitariya nuqtayi nazaridan tekshirish yo‘li bilan aniqlanadi.

    1. §. SUV IFLOSLANISHINING KIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI

Suvning kimyoviy sifati suv manbalarining organik moddalar va ularning parchalanish mahsulotlari (ammoniy tuzlari, nitritlar, nitratlar) bilan ifloslanishining kimyoviy ko‘rsatkichlari deb ataladigan ko‘rsatkichlarda aniqlanadi. Bu birikmalarning suvda bo‘lishi suv yo‘lidagi tuproqning ifloslanganini va ana shu moddalar bilan bir qatorda suvga patogen mikroorganizmlar tushib qolishi mumkinligini bildiradi.
Ayrim hollarda har bir ko‘rsatkich o‘ziga xos tabiatga ega bo‘lishi, masalan, organik moddalar o‘simliklardan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun suvda bitta emas, balki bir nechta kimyoviy ifloslanish ko‘rsatkichlari bo‘lsa hamda bakterial ifloslanish ko‘rsatkichlari, masalan, ichak tayoqchasi topilsa va bu suv manbayi sanitariya jihatdan tekshirilganda tasdiqlansa, bunday suv manbayini organik birikmalar bilan ifloslangan deb hisoblash mumkin.
Suvning oksidlanish xususiyati uning tarkibida organik birik- malar borligini bildiradi. 1 litr suvdagi organik moddalarning oksidlanishiga ketgan kislorodning mg dagi miqdoriga qarab, suvda organik moddalar bor-yo‘qligi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Artezian suvi birmuncha kam oksidlanuvchanlikka ega.




Odatda, 1 1 suvga 2 mg gacha, shaxta quduqlari suviga 3—4 mg kislorod to‘g‘ri keladi. Suv oksidlanishining shu raqam- dan oshishi ko‘pincha suv manbayi ifloslanganligini ko‘rsatadi.
Suvda ammonitli azot va nitritlar paydo qiladigan asosiy manba — bu oqsil qoldiqlari, hayvonlar jasadi, siydik va najasning chirishi, buzilishidir.
Bunday ko‘rsatkich «oqsil uchligi» deb ataladi. Suv yangigina organik chiqindilar bilan ifloslanganda, unda ilgari bo‘lmagan ammoniy tuzlarining miqdori 0,1—0,2 mg/1 dan oshib ketadi. Nitritlarning 0,002—0,005 mg/1 dan oshiq bo‘lishi ifloslanishning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Nitratlar ammoniy tuzlari oksidlanganda hosil bo‘ladigan oxirgi mahsulotdir. Suvda am­moniy tuzlari va nitratlarning bo‘lishi unga oldinroq azot tutuvchi moddalar tushib, allaqachon minerallashishga ulgurganligini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda azot tutuvchi o‘g‘itlar mo‘l-ko‘l ishlatilayotganligi sababli quduq suvlarida nitratlar miqdorining yuqori bo‘lishi ko‘p kuzatilmoqda.
Suvning sifatini «qiya» kimyoviy usul bilan aniqlashga «oqsil uchligi» bilan bir qatorda, suv tarkibidagi xloridlar miqdorini aniqlash ham kiradi. Suv manbalari ferma va aholi chiqindilari bilan ifloslanganda suv tarkibidagi xloridlar miqdori oshib ketishi mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, xloridlarning suvdagi miqdori sho‘rxok tuproqlar, ya’ni noorganik xloridlar hisobiga ham ko‘tarilishi mumkin. Aslida suvdagi xloridlarning miqdori 250—350 mg/1 dan oshmasligi kerak.

    1. §. SUVNING SIFATINI BELGILOVCHI GIGIYENIK ME’YORLAR

Yuqorida keltirilgan gigiyenik ma’lumotlarga asoslanib, ichimlik suvlariga ikkita ГОСТ
qabul qilingan.
ГОСТ 950—2000 «Ichimlik suv» vodoprovod suvi bo‘lib, u aholi ehtiyoji, uy-ro‘zg‘or, madaniy-maishiy, davolash-profi- laktika korxonalari, bolalar muassasalari, ovqatlanish tarmoqlari, shaxsiy gigiyena va boshqa ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan.
Ichimlik suvining xavfsizligini ta’minlovchi standart ГОСТ 950—2000 bo‘yicha uch qismdan iborat.

  1. Organoleptik xususiyatlari:


  1. Download 422,93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish