TAQRIZ
Said Ahmad ning “ Ufq ” trilogiyasiga taqriz
Uch davrni o`z ichiga olgan bu asar insonni hozirgi hayotidan olib ketib olis davrdagi insonlar bilan ro`baro qiladi. Ular bilan suhbatlashishga va ularning dunyo qarashlari, fe`l- atvorlari va yashash muhitini o`ziniki bilan solishtirishga imkon beradi.
Inson har qanday holatda ham inson bo`lib qolishi kerak ekanligini uqtiradi bu roman.
Asarda har xil qahramonlar tqadiri hikoya qilinadi. Unda ota -ona mehridan juda erka bo`lib o`sgan faqat o`zini o`ylaydigan Tursunboy ham , farzandlariga yetarli mehr bera olmay faqat va fqat mol-dunyo tashvishida yuradigan juda ham ziqna ota obrazi ham, farzandi qilgan gunohlaridan butun umri yuzi qora bo`lib qolgan va uni o`ldirishni xoxlab borib lekin ota olamgan Ikromjon ham, butun umr “bolam ” deb yashagan Jannat xola ham, ziqna va bemehr bol`gan ota qo`lida vijdonli va mehnatkash bola bo`lib o`sgan Nizomjon ham o`z o`rniga ega.
Qismda o`zbek xalqining hech qaysi millatda topib bo`lmaydigan eng buyuk insoniy fazilatlarga ega millat ekanligi, o`zbek erkaklarining juda mard va jasur ekanligi so`zlanadi.
Qismda urush davridagi insonlar chekka azob va uqubatlar , urush butun dunyo boshiga solgan g`am tashvishlar tilga olinadi.
Qismda urushdan keying insonlar o`zini o`zi tiklash jarayonidagi qiyinchliklar haqida yoziladi.
Taqrizchi
Toshkent Axborot Texnologiyalari
Universiteti 1-kurs talabasi
Axatov Asadbek.
TEZIS
O`tkir Hoshimovning “ Ikki eshik orasi” asariga tezis
Annotatsiya:
O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimovning “ Ikki eshik orasi ” romani adibning eng salmoqli asarlaridan biri hisoblanadi. Romanda o`zbek xalqning fazilatlari- mardligi, har qanday vaziyatda ham imonini yo`qotmasligi, mehridaryoligi, teran tuyg`ular, yorqin bo`yoqlarda tasvirlangan. Asarda adib qariyb qirq yillik davrni o`z ichiga olgan bir qancha murakkab taqdirlar misolida o`zbek xalqining urush davridagfi hayoti, umr yo`lidagi chigalliklarni mahurat bilan qalamga olgan. Asarda zamonning tuganmas azob toshlariga uchragan, insoniy qadr-qimmatni yo`qotmagan insonlar, o`z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog`langan xalq qismati, tasvirlangan . Asarni o`qigan kitobxon ijodkorning o`sha davr ruhini asarda to`liq mujassam ettira olganligiga guvoh bo`ladi.
Kalit so`z: Urush, xiyonat, front ortida xizmat, to`rt enlik, duma, zakunchi, front, oqsoqol, paxta, lavlagi , matonat, sabr, ocharchilik, brigada;
Lug`at deganda shuni tushundim 😊
Xulosa: Asarni “ Ikki eshik orasi” deb nomlanishiga sabab ko`pchilik tug`ilish va o`lishgacha bo`lgan oraliqni tushunadi. Lekin asar nomi buni anglatmaydi. Asardagi ikki eshik bu “ xiyonat ” va “ vafo” ni ifodalab keladi. Chunki ikki eshikdan xoh unisiga xoh bunisiga ochib kirish qanchalik oson bo`lsa xiyonat va vafo orasi ham shunchalar oson deb tasvirlangan!;
Foydalanilgan adabiyotlar:
O`tkir Hoshimovning “ Ikki eshik orasi” asari, Said Ahmadning “ Ufq” asari.
Do'stlaringiz bilan baham: |